Shohlar (uchinchi kitob) 13 bob

11 Baytillik keksa payg‘ambar. 33 Yeribomning gunoh ishlari.

1 Yeribom qurbongohning yonida qurbonlik kuydirmoqchi bo‘lib turgan paytda, bir payg‘ambar, Egamizning amriga ko‘ra, Yahudodan Baytilga keldi.
2 Payg‘ambar Egamizning amri bilan qurbongohga nido qildi: — Qurbongoh, ey, qurbongoh! Egamiz shunday aytur: “Dovud xonadonida bir o‘g‘il farzand dunyoga kelar, Uning ismi Yo‘shiyo bo‘lur. Sajdagohlarda qurbonlik kuydiradigan ruhoniylarni sening ustingda qurbon qilur. Sening ustingda inson suyaklarini yoqar.”
3 Payg‘ambar o‘sha kuniyoq buning alomati to‘g‘risida aytdi: — Egamiz aytgan alomat quyidagicha bo‘ladi: Qurbongoh yorilib ketar, ustidagi kul to‘kilar.
4 Yeribom payg‘ambarning Baytildagi qurbongohga aytgan so‘zlarini eshitgach, qurbongohdan unga tomon qo‘lini uzatib: “Ushlanglar uni!” — dedi. Yeribomning payg‘ambarga qarshi cho‘zilgan qo‘li esa qurib, yog‘ochday qotib qoldi. Uning qo‘li bukilmaydigan bo‘lib qoldi.
5 Egamizning payg‘ambar orqali aytgan alomati bajo bo‘ldi: qurbongoh yorilib, ustidagi kul to‘kilib ketdi.
6 Shunda shoh payg‘ambarga dedi: — Iltijo qilaman, Egangiz Xudoga men uchun yolvorib, ibodat eting, toki qo‘lim avvalgi holiga kelsin. Payg‘ambar Egamizga ibodat qilgan edi, shohning qo‘li avvalgi holiga kelib, bukiladigan bo‘ldi.
7 Shoh payg‘ambarga yana aytdi: — Men bilan yur uyimga, tamaddi qilib ol, senga hadyalar beray.
8 Payg‘ambar shohga dedi: — Boyligingning yarmini bersang ham, sen bilan bormayman, bu yerda non ham yemayman, suv ham ichmayman.
9 Egamiz menga: “Non yemaysan, suv ichmaysan, borgan yo‘lingdan qaytmaysan”, deb amr bergan.
10 Shundan keyin payg‘ambar Baytilga kelgan yo‘lidan qaytmay, boshqa yo‘ldan ketdi.
11 Baytilda keksa bir payg‘ambar yashardi. Uning o‘g‘illari kelib, Yahudolik payg‘ambarning shu kuni Baytilda qilgan ishlari haqida otalariga aytib berdilar. Payg‘ambarning shohga aytgan so‘zlarini ham otalariga bayon qildilar.
12 Otasi o‘g‘illaridan: “O‘sha odam qaysi yo‘ldan ketdi?” — deb so‘radi. Yahudodan kelgan payg‘ambarning qaysi yo‘ldan ketganini unga o‘g‘illari ko‘rsatdilar.
13 Shunda keksa payg‘ambar o‘g‘illariga: “Eshagimni egarlanglar!” — dedi. O‘g‘illari payg‘ambarning eshagini egarlab berdilar, u eshagiga minib jo‘nadi.
14 Keksa payg‘ambar Yahudolik payg‘ambarning izidan ketdi va nihoyat uni topdi. Yahudolik payg‘ambar eman daraxti ostida o‘tirgan ekan. Keksa payg‘ambar undan: — Yahudodan kelgan payg‘ambar senmisan? — deb so‘radi. — Ha, menman, — deb javob berdi u.
15 Keksa payg‘ambar unga: — Men bilan yur uyimga, tamaddi qilib ol, — dedi.
16 Yahudolik payg‘ambar unga aytdi: — Sen bilan birga qaytib borolmayman. Bu yerda sen bilan birga non ham yemayman, suv ham ichmayman.
17 Egamiz menga: “U yerda non ham yemaysan, suv ham ichmaysan, borgan yo‘lingdan qaytmaysan”, deb amr bergan.
18 Payg‘ambar esa unga shunday dedi: — Men ham senga o‘xshagan bir payg‘ambarman, Farishta menga Egamizning shu so‘zlarini aytdi: “Uni yo‘ldan qaytarib, o‘zing bilan birga uyingga olib kel, non yeb, suv ichib olsin.” Lekin keksa payg‘ambar yolg‘on gapirayotgan edi.
19 Shunday qilib, Yahudolik payg‘ambar keksa payg‘ambar bilan birga qaytib keldi, uning uyida tamaddi qildi.
20 Ular dasturxon atrofida o‘tirganlarida, keksa payg‘ambarga Egamiz shu so‘zlarni ayon qildi.
21 Keksa payg‘ambar esa Yahudolik payg‘ambarga shunday dedi: — Egamiz shunday aytmoqda: “Sen Mening so‘zimga itoat qilmading! Men, Egangiz Xudoning amriga qarshi chiqib
22 orqangga qaytding. Men senga non yema, suv ichma, deb aytgan yerda yeb– ichding. Endi sening jasading ota–bobolaring xilxonasiga dafn qilinmaydi.”
23 Yahudolik payg‘ambar tamaddi qilib bo‘lishi bilanoq, keksa payg‘ambar uning eshagini egarlab berdi.
24 Yahudolik payg‘ambar yo‘lda ketayotgan edi, oldidan bir sher chiqib qoldi. Sher uni tilka– pora qilib, jasadni yo‘lning ustiga tashladi. Eshak ham, sher ham jasadning oldida turardi.
25 Shu yerdan o‘tib ketayotgan odamlar yo‘l o‘rtasidagi jasadni va jasad yonida turgan sherni ko‘rdilar. Odamlar keksa payg‘ambar yashaydigan shaharga borib, ko‘rganlarini aytdilar.
26 Yahudolik payg‘ambarni yo‘ldan qaytarib kelgan keksa payg‘ambar ham shu voqeani eshitdi va shunday dedi: — Egamizning amriga itoat etmagan payg‘ambar o‘shadir. Shuning uchun Egamiz sherni yubordi va sher uni tilka–pora qilib tashladi. Egamiz, aytganiga binoan, uni o‘ldirdi.
27 Keksa payg‘ambar o‘g‘illariga: “Eshagimni egarlanglar!” — dedi. O‘g‘illari eshakni egarlab berdilar.
28 U borib, yo‘l o‘rtasida yotgan jasadni topdi. Eshak ham, sher ham jasadning yonida turar, sher jasadni yemagan, eshakka hech qanday zarar yetkazmagan edi.
29 Keksa payg‘ambar Yahudolik payg‘ambarning jasadini yerdan ko‘tarib olib, eshakka ortdi va orqasiga qaytarib, olib ketdi. “Uni dafn qilib, unga aza ochay”, deb shaharga keldi.
30 Jasadni o‘zining qabriga qo‘ygach: “Voy, jigarim, voy jigarim!” deb qabr ustida faryod chekdi.
31 Yahudolik payg‘ambarni dafn qilgach, keksa payg‘ambar o‘g‘illariga: — Vafot etganimdan so‘ng meni ham Yahudolik payg‘ambar dafn qilingan xilxonaga qo‘yinglar, — dedi. — Suyaklarim uning suyaklari yonida tursin.
32 Egamizning amriga ko‘ra, Baytildagi qurbongoh va Samariya shaharlaridagi hamma sajdagohlar haqida uning aytgan so‘zlari albatta bajo bo‘ladi.
33 Bu hodisadan keyin ham Yeribom qabih yo‘ldan qaytmadi. Yana sajdagohlarga oddiy xalqdan ruhoniylar tayin etdi. Kimni xohlasa, o‘shani ruhoniy qilib tayinlayverdi.
34 Bu gunoh ishlar Yeribom naslining yer yuzidan qirilib, yo‘qolib ketishiga sababchi bo‘ldi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак