Shohlar (uchinchi kitob) 18 bob

1 Ilyos va Baalning payg‘ambarlari. 41 Qurg‘oqchilik tugaydi.

1 Oradan ancha kunlar o‘tdi. Nihoyat, qurg‘oqchilikning uchinchi yili Ilyosga Egamiz shu so‘zlarni ayon qildi: — Axabning huzuriga bor. Men yer yuziga yomg‘ir yog‘diraman.
2 Ilyos Axabga ko‘ringani ketdi. Bu vaqtda Samariyada dahshatli ocharchilik hukm surardi.
3 Axab saroy boshqaruvchisi Obodiyoni chaqirdi. Obodiyo Egamizdan juda qo‘rqardi.
4 Izabel Egamizning payg‘ambarlarini o‘ldirayotganda, Obodiyo yuzta payg‘ambarni g‘orga olib ketgan va ellikta–ellikta qilib o‘sha yerda yashirgan, ularni non–suv bilan ta’minlab turgandi.
5 Axab Obodiyoga dedi: — Yurtdagi hamma buloqlar va soyliklarga bor, o‘t–o‘lan topib, otlarni, xachirlarni boqaylik, mol– holdan ayrilib qolmaylik tag‘in.
6 Ikkovi aylanib chiqish uchun yurt hududini taqsimlab olishdi. Axab bir yo‘ldan o‘zi alohida ketdi. Obodiyo ham o‘zi alohida boshqa yo‘ldan ketdi.
7 Obodiyo yo‘lda ketayotganda, ro‘parasidan Ilyos chiqib qoldi. Obodiyo Ilyosni tanidi va yetti bukilib ta’zim qilib: — Sizmisiz, to‘ram Ilyos? — deb so‘radi.
8 — Ha, menman, — deb javob berdi Ilyos unga. — Bor, xo‘jayiningga: “Ilyos shu yerda”, deb ayt.
9 — Mening qanday aybim borki, siz men, qulingizni Axabning qo‘liga topshiryapsiz?! — dedi Obodiyo. — Meni o‘ldirish uchunmi?!
10 Egangiz Xudo shohid! Birorta shohlik yoki xalq yo‘qki, xo‘jayinim sizni axtarib topish uchun o‘sha yerlarga biror odamni jo‘natmagan bo‘lsin. O‘sha shohliklar, xalqlardan: “Ilyos bu yerda yo‘q”, deb javob kelgandan keyin ham ularga sizni topa olmaganlari haqida qasam ichdirdi.
11 Endi esa siz: “Bor, xo‘jayiningga, Ilyos shu yerda, deb ayt”, deyapsiz.
12 Yoningizdan ketishim bilanoq, Egamizning Ruhi sizni biror joyga olib ketadi. Qayergaligini esa men bilolmay qolaman. Men Axabning huzuriga borib xabar berdim ham deylik. U esa sizni topa olmay, o‘sha zahoti meni o‘ldiradi. Lekin men, qulingiz, bolaligimdan Egamizdan qo‘rqaman.
13 Izabel Egamizning payg‘ambarlarini o‘ldirayotganda, men Egamizning payg‘ambarlaridan yuztasini ellikta–ellikta qilib g‘orlarda yashirdim, ularga non–suv berib turdim. Nahotki, mana shu qilgan ishlarim haqida to‘ram eshitmagan bo‘lsalar?!
14 Endi esa siz menga: “Bor, xo‘jayiningga, Ilyos shu yerda, deb ayt”, deyapsiz. U meni o‘ldiradi–ku!
15 — Men xizmat qilayotgan Sarvari Olam shohid! Bugun men unga albatta ko‘rinaman, — dedi Ilyos.
16 Shundan keyin Obodiyo Axabning yoniga borib, uni voqeadan xabardor qildi. Axab esa Ilyosni kutib olish uchun ketdi.
17 Axab Ilyosni ko‘rdi–yu: “Isroilga balo keltiradigan senmisan hali?!” deb do‘q urdi.
18 — Isroilga balo keltiradigan men emas, — deya javob berdi Ilyos. — Aksincha, sen va otangning xonadoni Egamizning amrlaridan yuz o‘girdingizlar, Baalga sajda qilib, Isroilga balo keltirdingizlar.
19 Endi birortasiga buyur: butun Isroil xalqini, Baalning Izabel dasturxonidan taom yeydigan 450ta payg‘ambarini, Asheraning 400ta payg‘ambarini menga Karmil tog‘i yoniga to‘plab bersin.
20 Axab jamiki Isroil xalqini, payg‘ambarlarni Karmil tog‘i yoniga to‘pladi.
21 Ilyos xalqning ro‘parasiga chiqib, ularga tanbeh berdi: — Qachongacha ikki kemaning uchini tutib yurasizlar?! Agar Egamiz Xudo bo‘lsa, Unga ergashinglar. Bordi–yu, Baal Xudo bo‘lsa, unga sajda qilinglar. Xalqdan sado chiqmadi.
22 Ilyos yana xalqqa qarab gapira boshladi: — Egamizning payg‘ambari bo‘lib yolg‘iz men qoldim, Baalning payg‘ambarlari esa 450 kishi.
23 Endi bizga ikkita buqa keltiringlar. Baalning payg‘ambarlari bitta buqani tanlab olib nimtalasin, keyin o‘tinlarning ustiga qo‘yishsin, lekin olov yoqishmasin. Men ham buqaning bittasini tayyorlab o‘tinlarning ustiga qo‘yaman, lekin olov yoqmayman.
24 Baalning payg‘ambarlari iltijo qilib, Baalni chaqirishsin. Men ham iltijo qilib, Egamizni chaqiraman. Kimning Xudosi alanga orqali javob bersa, Xudo O‘shadir. Xalqqa bu gap juda ma’qul keldi.
25 Ilyos Baalning payg‘ambarlariga dedi: — Sizlar ko‘pchiliksiz, bitta buqani tanlab olib, avval sizlar nimtalanglar. Keyin xudoyingizga iltijo qilib, chaqiringlar, lekin olov yoqmanglar.
26 Baalning payg‘ambarlari o‘zlari tanlab olgan buqani nimtalab, tayyorlab qo‘ydilar. Keyin ertalabdan peshingacha: “Ey, Baal, bizga javob ber!” deb o‘zlarining xudosiga iltijo qilib, chaqirdilar. Lekin na biron sado keldi, na birortasi javob berdi. Ular o‘zlari qurgan qurbongohning atrofida sakrayverdilar.
27 Peshin vaqti bo‘ldi. Ilyos endi ularning ustidan kula boshladi: — Balandroq ovoz bilan chaqiringlar. Axir, u xudo, balki xayol surib o‘tirgandir, yo biror narsa bilan mashg‘uldir, yoki yo‘lda kelayotgandir, yoki uxlab yotgan bo‘lsa, uyg‘otish kerakdir.
28 Xullas, ular baland ovoz bilan baqiraverdilar. Keyin, odatlariga ko‘ra, o‘zlariga pichoq va nayza sanchib, qon oqizdilar.
29 Peshin vaqti o‘tib ketdi. Kechki qurbonlik paytiga qadar ular jazavaga tushib baqiraverdilar. Lekin na bir sado bo‘ldi, na birorta alomat, na bir javob bo‘ldi.
30 Ilyos: “Menga yaqinroq kelinglar”, — deb hamma odamlarni chaqirdi. Xalq Ilyosning yoniga keldi. Shu payt Ilyos Egamizning buzilgan qurbongohini qayta tiklay boshladi.
31 Ilyos o‘n ikkita tosh oldi. Bu toshlar Yoqubning o‘g‘illaridan kelib chiqqan qabilalarni anglatardi. Yoqubga Egamiz: “Sening noming Isroil bo‘ladi”, degan so‘zlarni ayon qilgan edi.
32 Ilyos o‘sha toshlarni ishlatib, Egamizga atab qurbongoh qurdi. Qurbongoh atrofida bir tog‘ora bug‘doy sig‘adigan xandaq kavladi.
33 So‘ng o‘tinlarni qalashtirdi, buqani nimtalab, o‘tinlar ustiga qo‘ydi. — To‘la to‘rt ko‘za suv olib kelinglar, — dedi Ilyos odamlarga. — Suvni kuydirishga atalgan qurbonlikning va o‘tinlarning ustidan to‘kinglar.
34 Keyin: “Yana takrorlanglar!” deb buyurdi Ilyos odamlarga. Odamlar yana to‘rt ko‘za suv quydilar. “Uchinchi marta ham takrorlanglar!” — dedi. Uchinchi marta ham to‘rt ko‘za suv quydilar.
35 Endi qurbongohning atrofida suv oqa boshladi, xandaq ham suvga to‘ldi.
36 Kechki qurbonlik payti bo‘lganda, payg‘ambar Ilyos qurbongohga yaqin kelib, xitob qildi: — Ey, Ibrohimning, Is’hoqning va Yoqubning Xudosi — Egamiz! Bugun sening Isroilda Xudo ekanliging, Men esa Sening quling ekanligim ayon bo‘lsin. Bularning hammasini sening amringga binoan bajo qilganim ayon bo‘lsin.
37 Menga javob ber, ey, Egamiz! Menga javob ber: mana bu xalq Sening Xudo ekaningni, ularning dilini Sen O‘zingga moyil qiluvchi ekaningni bilsin.
38 O‘sha zahoti Egamiz olov yubordi. Olov kuydirishga atalgan qurbonlikni, o‘tinlarni, toshlarni va tuproqni yamlamay yutib yubordi. Xandaqdagi suvni ham olov tortib ketdi.
39 Bu hodisani kuzatib turgan xalq yuz tuban muk tushib: “Egamiz — Xudodir, Egamiz — Xudodir”, — dedi.
40 Shundan so‘ng Ilyos odamlarga: “Baalning payg‘ambarlarini ushlanglar, birortasi ham qochib ketmasin!” deb buyurdi. Odamlar Baalning payg‘ambarlarini ushladilar. Ilyos ularni Xishon soyligiga olib tushib, o‘sha yerda o‘ldirdi.
41 Shu voqeadan keyin Ilyos Axabga: “Bor, endi yeb–ichaver, qattiq yomg‘ir yog‘adi, yomg‘ir yaqinlashayotganini eshityapman”, dedi.
42 Axab tamaddi qilib olish uchun ketdi. Ilyos esa Karmilning tepasiga chiqdi. Yerga engashib, yuzini tizzalari orasiga qo‘ydi.
43 Keyin xizmatkoriga: “Bor, dengiz tomonga qara–chi”, dedi. Xizmatkor ketdi. — Hech narsa yo‘q ekan, — dedi u qaytib kelib. Ilyos xizmatkoriga yetti marta: “Dengizga qara!” deb buyurdi.
44 Xizmatkor yettinchi marta ham borib qaradi. — Ana, dengizdan kichkina bir bulut chiqib kelyapti, kattaligi odamning kafticha keladi, — dedi u, nihoyat. Ilyos xizmatkoriga buyurdi: — Tez borib, Axabga ayt, aravasini qo‘shib jo‘nasin. Tag‘in yomg‘irda qolib ketmasin.
45 Shu payt birdan osmonni qop–qora bulut qopladi, shamol esib, shiddat bilan yomg‘ir boshladi. Axab esa aravasiga o‘tirib, Yizrilga yo‘l oldi.
46 Egamiz Ilyosga alohida kuch–qudrat ato qildi. U to‘nining etagini beliga qistirdi–da, Axabdan ilgari Yizrilga qarab yugurib ketdi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак