Shohlar (uchinchi kitob) 2 bob

1 Dovudning Sulaymonga vasiyati. 10 Dovudning o‘limi. 13 Odoniyoning o‘limi. 26 Abuatarning badarg‘a qilinishi va Yo‘abning o‘ldirilishi. 36 Shimaxning o‘limi.

1 Dovudning umri oxirlab borayotgan edi. U o‘g‘li Sulaymonga shunday deb vasiyat qildi:
2 — Endi mening ham umrim oxirlab boryapti. Sen qat’iy irodali, mardonavor bo‘l.
3 Egangiz Xudo qo‘ygan talablarni bajar. Musoning Tavrotida yozilganiday, Uning yo‘lidan yurib, farmon va amrlariga, qonun–qoidalari va shartlariga rioya qil. Shunda nima qilsang ham, qayerga borsang ham, har doim baraka topasan.
4 Egamiz men haqimda aytgan mana bu va’dasini ado etadi: “Agar o‘g‘illaring Mening oldimda o‘z yo‘llaridan adashmay, butun qalbi bilan, jonu dili bilan sodiq bo‘lib yursalar, sening naslingdan bo‘lgan erkak zoti to abad Isroil taxtida o‘tiradi.”
5 Yana Zeruya o‘g‘li Yo‘ab menga nima qilganini sen bilasan. U Isroilning ikkita lashkarboshisini — Nar o‘g‘li Abnur bilan Eter o‘g‘li Emosani o‘ldirib, tinchlik paytida urush davridagiday qon to‘kdi. Chorig‘idan tortib beligacha urushdagiday qonga bulg‘andi.
6 Yo‘ab ajalidan besh kun burun o‘lsin, o‘liklar diyoriga tinchgina kirmasin. Shunga aqlingni ishlat.
7 Giladlik Borzulayning o‘g‘illariga sadoqatli bo‘l. Ular sening dasturxoningdan taom yeydiganlar orasida bo‘lsin. Chunki men akang Absalomdan qochib yurganimda, ular mening oldimda hoziru nozir bo‘lishdi.
8 Esingda bo‘lsin: yoningda Benyamin qabilasidan Boxurimlik Gera o‘g‘li Shimax ham bor. Moxanayimga qochib o‘tayotganimda, u meni yomon qarg‘agan edi. Lekin keyinroq u meni kutib olish uchun Iordan daryosi bo‘yiga chiqdi. Men Egamiz nomi bilan ont ichib, unga: “Seni o‘ldirmayman”, degan edim.
9 Lekin sen uni aybsiz deb bilma. Sen aqlli odamsan, nima qilishni o‘zing bilasan. U qarib qolgan bo‘lsa ham, o‘ldirilishi kerak.
10 Nihoyat, Dovud olamdan o‘tib, Dovud qal’asida ota–bobolari yoniga dafn qilindi.
11 Dovud Isroilda qirq yil shohlik qildi: shundan yetti yili Xevronda, o‘ttiz uch yili Quddusda o‘tdi.
12 Shunday qilib, Sulaymon otasi Dovud o‘rniga taxtga o‘tirdi. Uning shohligi mustahkam bo‘ldi.
13 Xaggitdan tug‘ilgan Odoniyo Sulaymonning onasi Botsheva huzuriga keldi. — Tinchlikmi, bu yerga yaxshilik bilan keldingmi? — deb so‘radi Botsheva. — Ha, yaxshilik bilan, — dedi Odoniyo.
14 — Sizda gapim bor edi. — Gapiraver, — dedi Botsheva.
15 Odoniyo gap boshladi: — Yaxshi bilasiz, men shoh bo‘lishim kerak edi. Butun Isroil xalqi menga, bo‘lajak shoh, deb ko‘z tikib turgan edi. Lekin shohlik qo‘ldan ketdi, Egamizning xohishi bilan ukamga nasib qilgan ekan.
16 Endi sizdan bir o‘tinchim bor, faqat yo‘q demang. — Gapir, — dedi Botsheva.
17 — Iltimosim shuki, — dedi Odoniyo, — shoh Sulaymon bilan gaplashsangiz, Shunamlik Obishani menga xotinlikka bersa. Siz aytsangiz, yo‘q demaydi.
18 — Yaxshi, men shohga sen to‘g‘ringda aytib ko‘ray–chi, — dedi Botsheva.
19 Botsheva, Odoniyo haqida gaplashay, deb shoh Sulaymon huzuriga ketdi. Shoh unga peshvoz chiqib, ta’zim qildi, keyin yana taxtiga o‘tirdi. Shohning onasi uchun ham taxt qo‘yib berishdi. Botsheva shohning o‘ng tomoniga o‘tirdi.
20 — Senga bitta kichkina iltimosim bor, qaytarmagin, — dedi Botsheva. — So‘rang, onajon, tilagingiz bajo bo‘lur, — dedi shoh.
21 — Shunamlik Obishani akang Odoniyoga xotinlikka bersang, — dedi Botsheva.
22 Sulaymon kinoyali ohangda onasiga dedi: — Nimaga Odoniyo uchun siz faqat Shunamlik Obishani so‘rayapsiz? Odoniyo akam bo‘lgandan keyin, u uchun shohlikni ham so‘rayvering. Axir, ruhoniy Abuatar, Zeruya o‘g‘li Yo‘ab uning tarafini olishlarini bilasiz–ku!
23 Shoh Sulaymon Egamiz nomi bilan ont ichib, shunday dedi: — Agar Odoniyoni shu gapi uchun o‘ldirmasam, Xudo meni har qanday jazoga mubtalo qilsin, undan ham battarrog‘iga duchor qilsin.
24 Otam Dovudning taxtiga meni o‘tqazib, kuch–qudratimni oshirgan va O‘zi aytganiday, mening sulolamni yaratgan Xudo shohid! Odoniyo shu bugunoq o‘ldiriladi!
25 Shoh Sulaymon Binayoni jo‘natdi. Binayo Odoniyoni o‘ldirdi.
26 Ruhoniy Abuatarga esa Sulaymon shu gaplarni aytdi: — Sen Onoto‘tga — o‘zingning yeringga jo‘nab qol! Sen aslida o‘limga loyiqsan! Lekin sen otam Dovudning oldida Egamiz Rabbiyning sandig‘ini olib borgan eding, otam bilan birga har narsaga bardosh bergan eding. Shuning uchun hozir seni o‘ldirmayman!
27 Sulaymon Abuatarni Egamizning ruhoniyligidan mahrum qildi. Shunday qilib, Egamizning Shilo‘da Elax xonadoni haqida aytgan so‘zlari bajo bo‘ldi.
28 Bu xabarni Yo‘ab ham eshitdi. Absalomga ergashmagan bo‘lsa ham, Odoniyo isyon ko‘targanda, Yo‘ab qo‘shilgan edi. Odoniyoning o‘limi haqida eshitgan Yo‘ab Egamizning chodiriga qochib bordi va qurbongohning burchagidan ushlab oldi.
29 “Yo‘ab Egamizning chodiriga qochib ketibdi, qurbongoh yonida ekan”, degan xabarni Sulaymonga yetkazishdi. Sulaymon o‘sha zahoti Binayoni jo‘natib “Bor, uni o‘ldirib kel”, deb buyurdi.
30 Binayo Egamizning chodiriga kelib, Yo‘abga: “Shohimiz seni, chodirdan chiqsin, deyaptilar”, deb xabar berdi. Yo‘ab esa: “Yo‘q, men shu yerda o‘lishni istayman”, deb javob qildi. Binayo: “Yo‘ab menga shunday–shunday dedi”, deb shohga yetkazdi.
31 Shoh Binayoga: — U nima degan bo‘lsa, aytganini qil, — dedi, — uni o‘ldirib, dafn qil, toki Yo‘ab to‘kkan begunoh qonlarning javobgarligi mening va otam xonadonining gardanimizda qolmasin.
32 Egamiz uning qonini o‘zining boshiga yetkazsin. U otam Dovudga bildirmasdan, ikkita solih, o‘ziga qaraganda yaxshi insonni o‘ldirgan edi. Ulardan biri Isroil lashkarboshisi, Nar o‘g‘li Abnur, ikkinchisi esa Yahudo lashkarboshisi Eter o‘g‘li Emosa edi.
33 Ikkovining qoni to abad Yo‘abning gardanida, uning nasli gardanida qolsin. Egamiz Dovudni, uning naslini, xonadonini va toj–taxtini to abad salomat qilsin!
34 So‘ng Binayo borib, Yo‘abni ham o‘ldirdi. Yo‘ab cho‘l yaqinidagi o‘z uyida dafn qilindi.
35 Shoh Sulaymon Yo‘abning o‘rniga Binayoni lashkarboshi, Abuatarning o‘rniga Zodo‘xni ruhoniy qilib tayinladi.
36 Shundan so‘ng shoh odam yuborib, Shimaxni chaqirtirib keldi va unga shunday dedi: — Quddusda o‘zingga bir uy qur va o‘sha yerda o‘tir. U yerdan hech qayerga chiqma.
37 Shuni bilib qo‘yki, o‘sha yerdan chiqib, Qidron soyligidan o‘tgan kuningoq o‘liming muqarrardir. O‘zingning boshingni o‘zing yeysan.
38 — Xo‘p bo‘ladi, shoh hazratlari, gapingiz to‘g‘ri, — dedi Shimax shohga. — Nima buyursalar, men, qulingiz, bajo aylarman. Shunday qilib, Shimax uzoq vaqt Quddusda yashab qoldi.
39 Lekin oradan uch yil o‘tib, bir voqea yuz berdi: Shimaxning ikki quli Gat shohi Oxishning yoniga qochib ketdi. Shoh Oxish Maxo deganning o‘g‘li edi. Shimaxga: “Qullaring Gatda ekan”, deb xabar berdilar.
40 Shimax eshagini egarladi va qullarini izlab Gatga — Oxish huzuriga yo‘l oldi. U yerga borib, qullarini qaytarib olib keldi.
41 Shundan keyin Sulaymonga “Shimax Quddusdan Gatga borib, yana qaytib kelibdi”, deb xabar berdilar.
42 Shoh Shimaxni chaqirtirib kelib, unga shunday dedi: — Senga: “Bilib qo‘y, Quddusdan chiqib, biror yerga borgan kuningoq o‘lishing muqarrar”, deb Egamiz nomi bilan ont ichdirib, qattiq ogohlantirmaganmidim?! Sen esa: “Xo‘p bo‘ladi! Gapingiz to‘g‘ri” degan eding.
43 Nega Egamizga ichgan ontingga va mening amrimga itoat qilmading?
44 Shoh yana Shimaxga aytdi: — Otam Dovudga qilgan yomonliklaringni o‘zing bilasan, yuragingda muhrlanib qolgan. Qilgan yomonliklaring uchun senga Egamizdan qaytsin!
45 Shoh Sulaymon esa Egamizning marhamatidan bahramand bo‘lsin, Dovudning toj– taxti Egamizning oldida to abad mustahkam tursin!
46 So‘ng shoh Sulaymon Binayoga amr berdi, u chiqdi–yu, Shimaxni o‘ldirdi. Shunday qilib, Sulaymonning shohligi xavf–xatardan xoli bo‘lib, mustahkamlandi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак