Shohlar (uchinchi kitob) 20 bob

1 Oram shohi bilan urush. 23 Banhadad yana hujum qiladi. 35 Bir payg‘ambar Axabga qarshi gapiradi.

1 Oram shohi Banhadad hamma lashkarini to‘pladi. O‘ttiz ikkita shoh o‘z otlari, jang aravalari bilan unga madad berdi. Banhadad Samariyani qamal qilib, bu shaharga urush boshladi.
2 Banhadad shaharga — Isroil shohi Axab huzuriga choparlar jo‘natib, ular orqali shu xabarni yetkazdi: — Banhadad aytmoqda:
3 “Sening oltin– kumushlaring, eng sara xotinlaring, o‘g‘illaring meniki bo‘ladi.”
4 — Siz aytganday bo‘la qolsin, shoh hazratlari, — deb javob yo‘lladi Isroil shohi, — o‘zim ham, mening hamma narsam ham siznikidir.
5 Banhadadning choparlari yana qaytib kelib, Axabga shu xabarni yetkazdilar: — Banhadad aytmoqda: “Senga, oltiningni, kumushingni, xotinlaringni va bolalaringni menga berasan, deb xabar bergan edim.
6 Ertaga shu paytda qullarimni jo‘nataman: ular saroyingni, a’yonlaringning boshpanasini birma–bir ko‘rib, ko‘zingni quvnatib turgan qimmatbaho hamma narsalaringni olib ketadilar.”
7 Isroil shohi yurt oqsoqollarini chaqirib, ularga aytdi: — O‘ylab bir qaranglar, u odam qanday yomonlikni o‘ylab topadi–ya. U xotinlarimni, o‘g‘illarimni, oltin–kumushlarimni so‘rab chopar jo‘natganda, men rad qilmagandim.
8 Hammalari shohga: — Quloq solmang uning gaplariga, rozi bo‘lmang! — deb maslahat berdilar.
9 Isroil shohi Banhadadning choparlariga shu gapni aytdi: — Shoh hazratlariga shunday deb yetkazinglar: u oldin mendan nima istagan bo‘lsa, hammasini ado etaman, faqat keyingi talabiga rozi emasman. Choparlar Banhadadga Axabning shu gapini olib keldilar.
10 Banhadad Axabga yana choparlarini jo‘natib, quyidagi gapni yetkazdi: — Samariyani yer bilan yakson qilaman, agar Samariyaning kuli orqamda yurgan mana shu odamlarimning har biriga bir hovuchdan yetib ortib qolsa, xudolar meni har qanday jazoga mubtalo qilsin, undan ham battarrog‘iga duchor qilsin.
11 Isroil shohi ham Banhadadning gaplariga munosib javob berdi: — Aytib qo‘ying, shohingiz sovutini kiyishdan oldin emas, yechgandan keyin maqtansin.
12 Banhadad shohlari bilan chodirda kayfu safo qilib o‘tirgan edi. U Axabning gapini eshitishi bilanoq: “Shaharga hujum qilgani tayyorlaning!” deb amr berdi. Uning odamlari shu zahoti shaharni qurshab oldi.
13 O‘sha payt Isroil shohi Axabning oldiga bir payg‘ambar kelib, shu gaplarni aytdi: — Egam shunday demoqda: “Ey, Axab, anavi katta qo‘shinni ko‘ryapsanmi? Bugun o‘shalarni sening qo‘lingga beraman. Ana o‘shanda Egangiz Men ekanligimni bilasan.”
14 — Kim orqali beradi? — deb so‘radi Axab. — Viloyat hokimlarining pahlavonlari orqali beraman, deb aytmoqda Egam, — gapida davom etdi payg‘ambar. — Jangni kim boshlaydi? — yana so‘radi Axab. — Sen, — dedi payg‘ambar.
15 Axab viloyat hokimlarining pahlavonlarini chaqirdi: ular 232ta ekan. Keyin Isroil lashkarining hammasini chaqirdi, ular yetti ming kishi chiqdi.
16 Peshin vaqtida Isroil lashkari hujum qilib qoldi. Banhadad va shohlar, ya’ni unga yordam berayotgan o‘ttiz ikki shoh chodirlarda ichib mast bo‘lib yotgan ekan.
17 Isroil lashkari tomonidan avval viloyat hokimlarining pahlavonlari chiqdilar. Banhadad choparlar jo‘natgan edi, choparlar: “Samariyadan odamlar chiqib kelyapti”, deb unga xabar yetkazdilar.
18 — Agar sulh tuzish uchun kelayotgan bo‘lsalar, tiriklayin ushlanglar, — deb amr berdi Banhadad. — Bordi–yu, jang qilish uchun otlangan bo‘lsalar ham, tiriklayin ushlanglar.
19 Viloyat hokimlarining pahlavonlari, ularning orqasidan esa lashkar shahardan chiqib kelib,
20 har biri qarshisida turgan Oram lashkarini o‘ldirdi. Bir payt Oram lashkari qochib qoldi, Isroil lashkari esa ularni quvlab ketdilar. Oram shohi Banhadad ot ustida, otliqlar bilan birga qochib qutuldi.
21 Isroil shohi kelib, otlarni, jang aravalarini yakson qilib tashladi. Shunday qilib, Oram lashkari qattiq mag‘lubiyatga uchradilar.
22 Shundan keyin payg‘ambar yana Isroil shohi yoniga kelib dedi: — Bor, yana kuch to‘pla, nima qilishingni ko‘rib–bilib ol. Yanagi bahorda Oram shohi senga xavf soladi.
23 Ayni paytda Oram shohiga ham a’yonlari uqtirdilar: — Ularning xudolari — tog‘lar xudolaridir. Shuning uchun bu safar ularning qo‘li baland keldi. Agar ular bilan tekislikda jang qilsak, albatta biz g‘olib kelamiz.
24 Endi shohimiz shunday qilsinlar: hukmdorlarning hammasini vazifalaridan chetlatsinlar. Ularning o‘rniga lashkarboshilarini tayinlasinlar.
25 Qancha lashkar, ot, jang aravasi yo‘qotgan bo‘lsalar, o‘shancha lashkar, ot, jang aravalari to‘plab, qo‘shin tashkil qilsinlar. Keyin Isroil lashkarlari bilan tekislikda jang qilib, albatta ularni mag‘lub etamiz. Oram shohi a’yonlarining maslahatini inobatga olib, ular aytganday qildi.
26 Yanagi yil bahorda Banhadad Isroil bilan urishish uchun otlandi. U Oram lashkarlarini yig‘ib, Ofoq shahriga olib chiqdi.
27 Isroil lashkari ham yig‘ilib, oziq–ovqat to‘plashdi. So‘ng Oram lashkari bilan jang qilish uchun jo‘nab ketishdi. Isroil lashkari Oram lashkarining ro‘parasida qarorgoh qurdilar. Oram lashkarlari yurtni bosib ketgan, Isroil lashkari esa ularning oldida ikkita kichkina echki galasichalik kelardi, xolos.
28 Payg‘ambar Isroil shohi yoniga kelib, unga shu xabarni bayon qildi: — Egam shunday aytmoqda: “Modomiki Oram lashkari, Isroil xalqining Xudosi — Egamiz — tog‘lar xudosidir, tekislik xudosi emas, deb aytayotgan ekanlar, Men mana shu katta qo‘shinning hammasini sening qo‘lingga beraman. Shunda Egangiz Men ekanligimni bilasizlar.”
29 Bir–biri bilan dushmanlashgan ikkala tomon yetti kun qarorgohda kutib yotdilar. Nihoyat, yettinchi kuni jang boshlandi. Isroil lashkari bir kunda Oram lashkaridan 100.000 kishini qirib tashladi.
30 Qolganlari Ofoqqa — shahar ichkarisiga qochib kirgan edilar, 27.000tasini devor bosib qoldi. Banhadad ham shaharga qochib borib, bir uyning eng ichkari xonasiga kirib oldi.
31 A’yonlari unga: — Isroil shohlari rahmdil shohlardir, deb eshitgan edik, — dedilar. — Qani, endi egnimizga qanor kiyib, bo‘ynimizga arqon bog‘laylik–da, keyin Isroil shohi huzuriga boraylik. Shoyad u sizning bir qoshiq qoningizdan kechsa.
32 Hamma a’yonlar egnilariga qanor kiyib, bo‘yinlariga arqon bog‘lab, Isroil shohi huzuriga keldilar. — Qulingiz Banhadad: “O‘tinaman, shoh meni o‘ldirmasin”, deb iltijo qilyapti, — dedilar. — U hozir tirikmi? Axir, u mening akam–ku! — dedi Axab.
33 Bu odamlar bir alomat kutayotgan edilar. Uning gapini darrov og‘zidan ilib olib: — Ha, Banhadad — akangiz, — dedilar. — Boringlar, uni olib kelinglar, — deb buyurdi Axab. Banhadad Axabning yoniga keldi. Axab uni aravaga o‘tqazdi.
34 — Mening otam sening otangdan tortib olgan shaharlarni qaytarib beraman, — dedi Banhadad Axabga. — Otam Samariyada bozorlar barpo qilgan edi, sen, xuddi shu singari, Damashqda o‘zing uchun bozorlar barpo qilasan. — Sulh tuzganimizdan keyin men seni ozod qilaman, — dedi Axab ham o‘z navbatida. U Banhadad bilan sulh tuzgach, Banhadadni ozod qildi.
35 Payg‘ambarlar guruhidan bittasi boshqasiga: — Meni ur! — dedi. Payg‘ambar Egamizning amri bo‘yicha ish tutayotgan edi. O‘sha odam payg‘ambarni urishni istamadi.
36 Payg‘ambar unga shunday dedi: — Modomiki, sen Egamizning amriga quloq solmadingmi, endi ko‘rasan, yonimdan ketishing bilanoq, seni sher g‘ajib tashlaydi. U odam payg‘ambarning yonidan ketib, sherga duch kelib qoldi. Sher uni tilka–pora qilib tashladi.
37 Payg‘ambar boshqa bir odamni uchratib qolib, unga ham: — Meni ur! — dedi. U odam payg‘ambarni urib, jarohat yetkazdi.
38 Payg‘ambar nariroq borib ko‘zlarini yopinchiq bilan to‘sib, qiyofasini o‘zgartirdi va yo‘l bo‘yida shohni kuta boshladi.
39 Shoh o‘tib ketayotgan edi, payg‘ambar unga qarab baqirdi: — Ey, shohim, men, qulingiz, jangga borgan edim. Qarangki, orqadan bir odam mening yonimga boshqa odamni boshlab kelib: “Bu asirni mahkam ushla, qochib ketmasin, boshing bilan javob berasan yoki evaziga ikki pud kumush berasan”, dedi.
40 Men, qulingiz, u–bu ishlar bilan mashg‘ul bo‘lib turganimda, asir g‘oyib bo‘ldi. — Sen o‘zingga o‘zing hukm chiqarib qo‘yibsan–ku, — dedi Isroil shohi payg‘ambarga.
41 Payg‘ambar shu zahoti ko‘zidan yopinchiqni oldi. Shoh bildiki, u payg‘ambarlardan biri ekan.
42 Payg‘ambar shohga dedi: — Egamiz shunday aytmoqda: “Modomiki Men o‘limga mahkum etgan odamni sen qo‘lingdan chiqarib yuborgan ekansan, uning joni evaziga sen joningdan judo bo‘lasan. Uning xalqi boshiga keladigani sening xalqing boshiga tushadi.”
43 G‘azablangan Isroil shohi xafahol uyiga jo‘nab, Samariyaga yetib keldi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак