Shohlar (uchinchi kitob) 17 bob

1 Ilyos va qurg‘oqchilik. 8 Ilyos va Zorafatlik beva ayol.

1 Giladning Tishba shahridan bo‘lgan Ilyos Axabga dedi: — Men xizmat qilayotgan Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shohid! Men aytmagunimcha, shu yillarda na shudring tushadi, na yomg‘ir yog‘adi.
2 Ilyosga Egamiz shu so‘zlarni ayon qildi:
3 — Bu yerdan ket, sharq tomonga bor. Iordan daryosi sharqidagi Xarit jilg‘asi yonida berkinib ol.
4 Sen o‘sha jilg‘aning suvidan ichasan, qarg‘alarga amr berdim: ular seni boqishadi.
5 Ilyos Egamizning amriga binoan, bu yerdan ketdi. Iordan daryosining sharqidagi Xarit jilg‘asiga borib, o‘sha yerda qoldi.
6 Qarg‘alar unga ertalab ham, kechqurun ham non va go‘sht olib kelishar, o‘zi esa daryochaning suvidan ichardi.
7 Butun yurt bo‘ylab yomg‘ir yog‘madi, oradan bir necha kun o‘tgach, daryocha ham qurib qoldi.
8 Keyin Ilyosga Egamiz shu so‘zlarni ayon qildi:
9 — Tur o‘rningdan! Sidondagi Zorafat shahriga borib, o‘sha yerda yasha. Shu shaharda yashaydigan bir beva ayolga amr etdim, u seni boqadi.
10 Ilyos Zorafatga jo‘nadi. Shahar darvozasi oldiga yetib borgach, qarasa, bir ayol o‘tin terib yuribdi. Ilyos ayolni chaqirib, unga dedi: — Iltimos, menga ichgani idishda ozgina suv bersangiz.
11 Ayol suvga ketayotgan edi, uni yana chaqirib aytdi: — Iltimos, menga bir burda non ham ola keling.
12 Ayol dedi: — Egangiz Xudo shohid! Uyimda non uvog‘i ham yo‘q, faqat xumda bir hovuch un va xurmachada ozgina zaytun moyi bor, xolos. Ikki– uchta tarasha o‘tin terib olsam, borib, o‘zim va o‘g‘lim uchun nimadir tayyorlagan bo‘lardim. Bu oxirgi yeguligimiz bo‘ladi. Balki keyin o‘lib ketarmiz.
13 Ilyos ayolga dedi: — Qo‘rqmang, boravering, yegulikni tayyorlayvering. Faqat oldin o‘sha un va moydan kulcha qilib, menga olib kelib bering. O‘zingizga va o‘g‘lingizga esa keyin qilarsiz.
14 Binobarin, Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday aytmoqda: “Men yer uzra yomg‘ir yog‘dirmagunga qadar, xumdagi un tamom bo‘lmas, xurmachadagi moy ham tugamas.”
15 Ayol borib, Ilyosning aytganlarini qildi. Shundan keyin Ilyos bilan birga, ayolning oilasi uchun ko‘p kunlarga yetadigan yegulik bo‘ldi.
16 Egamizning Ilyos orqali aytganlariga binoan, xumdagi un ham tamom bo‘lmadi, xurmachadagi moy ham tugamadi.
17 Oradan bir qancha vaqt o‘tgach, xonadon sohibasi — ayolning o‘g‘li kasal bo‘lib qoldi. U shunchalik og‘ir dardga yo‘liqdiki, oxiri jon berdi.
18 Ayol Ilyosga dedi: — Mendan nima istaysiz, ey, Xudoning odami? Siz gunohlarimni Xudoga eslatgani va o‘g‘limning o‘limiga sababchi bo‘lgani kelibsiz– da?!
19 Ilyos ayolga: “Menga bering o‘g‘lingizni!” — deb bolani ayolning quchog‘idan oldi, uni o‘zi istiqomat qiladigan boloxonaga olib chiqib, to‘shakka yotqizdi.
20 So‘ngra Egamizga xitob qildi: — Ey, Egam Xudo! Men shu beva ayolning mehmoniman. Nahot, uning o‘g‘lini nobud qilib, boshiga kulfat yog‘dirsang?!
21 Ilyos bolaning ustiga uch marta cho‘zilib, keyin Egamizga yana xitob qildi: — Ey, Egam Xudo! Iltijo qilaman, bu bolaga qaytadan jon ato et!
22 Egamiz Ilyosning iltijosini eshitdi. U bolaga qaytadan jon ato etib, tiriltirdi.
23 Ilyos bolani boloxonadan uyga olib tushdi, uni onasiga berib: “Qarang, o‘g‘lingiz tirik!” — dedi.
24 Ayol esa Ilyosga: — Endi bildim: siz Xudoning odami ekansiz, — dedi. — Egamiz chindan ham siz orqali gapirar ekan.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак