Shohlar (uchinchi kitob) 15 bob

1 Yahudo shohi Abiyo. 9 Yahudo shohi Oso. 25 Isroil shohi Nadov. 33 Isroil shohi Basho.

1 Isroil shohi Yeribom hukmronlik qilayotganiga o‘n sakkiz yil bo‘lganda, Abiyo Yahudoga shoh bo‘ldi.
2 U Quddusda uch yil shohlik qildi. Onasining ismi Maxo bo‘lib, u Absalomning qizi edi.
3 Abiyo ham otasining ilgari qilgan gunohlarini davom ettirdi. U o‘zining Egasi Xudoga chin dildan bog‘langan bobosi Dovud singari emas edi.
4 Parvardigor Egamiz Dovudning haqi–hurmati uchun Dovuddan keyin uning o‘g‘lini taxtga o‘tqazdi. Shunday qilib, Quddusni mustahkam qilib, shu shaharda unga so‘nmas bir chiroq berdi.
5 Dovud Egamiz oldida doim to‘g‘ri ish qildi. Umrining oxirigacha, Xet xalqidan bo‘lgan Uriyoga qilgan nomunosib xatti– harakatini hisobga olmaganda, Egamizning amridan zinhor bo‘yin tovlamadi.
6 Raxabom bilan Yeribom o‘rtasida boshlangan urush Abiyoning umri oxirigacha davom etdi.
7 Abiyoning boshqa ishlari, butun faoliyati “Yahudo shohlari tarixi” kitobida yozib qoldirilgan. Abiyo bilan Yeribom o‘rtasida urush muttasil davom etgan edi.
8 Abiyo olamdan o‘tdi. Uni Dovud qal’asida ota–bobolari yoniga dafn qildilar, uning o‘rniga o‘g‘li Oso shoh bo‘ldi.
9 Yeribom Isroilga hukmronlik qilayotganiga yigirma yil bo‘lganda, Oso Yahudo hukmdori bo‘ldi.
10 U Quddusda qirq bir yil shohlik qildi. Buvisining ismi Maxo bo‘lib, u Absalomning qizi edi.
11 Oso, bobosi Dovud kabi, Egamiz oldida to‘g‘ri ishlar qildi.
12 Sajdagohlardagi fahshbozlarni bu yurtdan quvdi. Ota–bobolari yasagan hamma butlarni yo‘q qildi.
13 Buvisi Maxo Asheraning makruh tasvirini yasatgan edi, shuning uchun buvisini ham malikalik martabasidan mahrum qildi. Oso buvisi yasagan butni yorib, Qidron soyligida yoqib yubordi.
14 Oso sajdagohlarni yo‘q qila olmagan bo‘lsa–da, umr bo‘yi Egamizga chin ko‘ngildan bog‘landi.
15 Otasi nazr etgan narsalarni ham, o‘zi nazr etgan narsalarni — oltin, kumushlarni, idishlarni ham Egamizning uyiga olib keldi.
16 Oso bilan Isroil shohi Basho umrlarining oxirigacha bir–birlari bilan urishib o‘tdilar.
17 Isroil shohi Basho Yahudoga hujum qildi. Odamlar Yahudo yurtiga osonlikcha kirib chiqa olmasligi uchun, u Rama shahrini mustahkamladi.
18 Oso esa Egamiz uyining xazinasida qolgan hamma oltin va kumushni hamda shoh saroyi xazinalarini oldi. Xazinalarni a’yonlari orqali Oram shohi Banhadad huzuriga jo‘natdi. Xeziyonning nabirasi Banhadad Tavrimmo‘nning o‘g‘li edi. Oso Damashqda o‘tirgan Banhadadga shu gaplarni yetkazishni buyurdi:
19 “Sening otang bilan mening otam o‘rtasida ittifoq bo‘lgani kabi, sen bilan mening o‘rtamda ham ittifoq bo‘lsin. Senga hadya qilib kumush va oltin berib yuboryapman. Isroil shohi Basho bilan ittifoq tuzgan eding, endi o‘shani bekor qil, toki u ro‘paramdan daf bo‘lsin.”
20 Banhadad shoh Osoning taklifini qabul qildi, lashkarboshilariga: “Isroil shaharlariga hujum qilinglar”, deb ularni o‘sha yoqqa yubordi. Ular Iyxon, Dan, Ovil–Bayt–Maxo shaharlarini, butun Naftali yerlari bilan birga Jalila ko‘li atroflarini bosib oldilar.
21 Basho bu voqeani eshitgach, Ramani mustahkamlash fikridan voz kechib, Tirzaga qaytib keldi.
22 Shoh Oso Yahudo xalqining bittasini ham qoldirmay chaqirdi. Ularga Rama shahrini mustahkamlashda Basho ishlatgan tosh va yog‘ochlarni tashittirdi. Oso o‘sha tosh va yog‘ochlar bilan Benyamin yerlaridagi G‘ibo hamda Mispax shaharlarini mustahkamladi.
23 Osoning boshqa ishlari, kahramonliklari, butun faoliyati, mustahkam qilgan shaharlari haqida “Yahudo shohlari tarixi” kitobida yozib qoldirilgan. U ham keksayib, oyoqlari og‘riydigan bo‘lib qoldi.
24 Nihoyat, Oso olamdan o‘tib, bobosi Dovudning qal’asida ota–bobolari yoniga dafn qilindi. O‘rniga o‘g‘li Yohushafat shoh bo‘ldi.
25 Oso Yahudoda shohlik qilayotganiga ikki yil bo‘lganda, Nadov Isroil shohi bo‘ldi va ikki yil hukmronlik qildi. Nadov Yeribomning o‘g‘li edi.
26 U ham Egamiz oldida qabihliklar qildi. Isroilni gunohga botirgan otasidan namuna oldi.
27 Issaxor xonadonidan Oxiyo o‘g‘li Basho Nadovga qarshi suiqasd uyushtirib, Filistlarning Gibiton shahrida uni o‘ldirdi. O‘shanda Nadov va butun Isroil lashkari Gibiton shahrini qamal qilib turgan edi.
28 Oso Yahudoda uchinchi yili shohlik qilayotganda, Basho Nadovni o‘ldirdi. Basho Nadovning o‘rniga shoh bo‘ldi.
29 U shoh bo‘lgandan keyin Yeribomning butun oilasini bitta qo‘ymay qirib tashladi. Shunday qilib, Egamizning o‘z quli, Shilo‘lik Oxiyo orqali aytgan so‘zlari bajo bo‘ldi.
30 Yeribomning o‘zi ham gunoh qilib, Isroil xalqini ham gunohga botirib, Isroil xalqining Xudosi — Egamizni g‘azablantirgani uchun, shu voqealar yuz berdi.
31 Nadovning boshqa ishlari, butun faoliyati “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozib qoldirilgan.
32 Oso bilan Isroil shohi Basho umrlarining oxirigacha bir–biri bilan urishib o‘tdilar.
33 Yahudo shohi Oso shohlik qilayotganiga uch yil bo‘lganda, Basho Tirzada butun Isroil xalqi ustidan hukmdor bo‘ldi va yigirma to‘rt yil shohlik qildi.
34 U ham Yeribomning yo‘lidan ketib, Egamiz oldida qabihliklar qilib, Isroilni gunohga botirdi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак