Shohlar (uchinchi kitob) 14 bob

1 Yeribomning o‘g‘li vafot etadi. 19 Yeribomning o‘limi. 21 Yahudo shohi Raxabom.

1 O‘sha paytda shoh Yeribomning o‘g‘li Abiyo kasal bo‘lib qoldi.
2 Yeribom xotiniga: — Qani, tur, kiyimlaringni o‘zgartir, toki mening xotinim ekanligingni hech kim bilib qolmasin, — dedi. — Shilo‘ga jo‘na. Payg‘ambar Oxiyo o‘sha yerda. Isroil xalqining shohi bo‘lishim haqida u bashorat qilgan edi.
3 O‘nta non, bir nechta kulcha, bir xumcha asal olib, payg‘ambar Oxiyoning huzuriga bor. O‘g‘limizga nima bo‘lishini u senga aytadi.
4 Xotini Yeribom aytganiday qildi, o‘rnidan turib, Shilo‘ga yo‘l oldi. Oxiyoning uyiga yetib ham keldi. Oxiyo qartayganidan ko‘zlari ko‘rmaydigan bo‘lib qolgan edi.
5 Egamiz Oxiyoga dedi: — Ana, Yeribomning xotini kelyapti, qara, qiyofasini o‘zgartirib olgan, o‘g‘li kasal, unga nima bo‘ladi — shuni sendan so‘ramoqchi. Unga shunday–shunday deb ayt.
6 Yeribomning xotini eshikni ochib, ostona hatlashi bilanoq, Oxiyo uning qadam tovushlarini eshitdi. Shu zahoti Oxiyo ayolga dedi: — Kel, Yeribomning xotini, ichkari kir. Meni birov tanib qolmasin, deb boshqacha kiyinib olibsanmi?! Ammo senga sovuq xabarlarim bor.
7 Izingga qaytib bor, Yeribomga shu gaplarni yetkaz: “Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday aytmoqda: seni xalqing orasidan yuksaltirib, xalqim Isroil ustidan hukmdor qildim.
8 Shohlikni Dovud xonadonidan tortib olib, senga berdim. Biroq sen qulim Dovudga o‘xshagan bo‘lmading. U mening amrlarimga rioya qilib, butun qalbi bilan Menga ergashar, oldimda to‘g‘ri ishlarnigina qilardi.
9 Sen o‘zingdan oldin o‘tganlarning hammasidan ham ko‘p yomon ishlar qilding. O‘zing uchun boshqa xudolarning tasvirlarini yasab, Meni g‘azablantirding. Mendan yuz o‘girding.
10 Ana shu qilmishlaring evaziga xonadoningga balo–ofat keltiraman. Xoh qul bo‘lsin, hoh ozod bo‘lsin, Isroildagi har bir erkak urug‘ingni qirib yuboraman. Xonadoningni, xuddi supurindini qirtishlab uloqtirganday, ildizidan quritib tashlayman.
11 Shaharda vafot etgan oilang a’zosi ko‘ppaklarga yem bo‘lar, qirda vafot etgani ko‘kdagi qushlarga yem bo‘lar. Zotan, bu so‘zlarni Egamiz aytgan.”
12 Endi o‘rningdan tur, uyingga jo‘na. Shaharga qadam qo‘yishing bilanoq, bolang nobud bo‘ladi.
13 Butun Isroil xalqi bolangni dafn qiladi, unga aza tutadi. Isroil xalqining Xudosi — Egamiz Yeribom xonadonidan faqat shu bolanigina xush ko‘rdi. Yeribom xonadonidan qabrga kiradigani faqat shu boladir.
14 Shundan keyin Egamiz O‘zi uchun Isroil ustiga bir shoh qo‘yadi. U shoh Yeribom xonadonini o‘sha kuni — o‘sha zahotiyoq qirib bitiradi.
15 Egamiz Isroil xalqini shunday uradiki, Isroil suv ichida o‘sgan qamishga o‘xshab titraydi. Egamiz Isroil xalqini ota– bobosiga bergan bu hosildor yurtdan yulib olib, Furot daryosining narigi tomoniga sochib yuborardi. Chunki bu xalq Asheraga atab ustunlar yasab, Egamizni g‘azablantirdi.
16 Yeribom gunoh qildi, Isroil xalqini ham gunohga botirdi, shuning uchun Egamiz Isroilni tark etadi.”
17 Yeribomning xotini o‘rnidan turib, uyiga jo‘nadi. U Tirzaga yetib kelib, uyining ostonasidan hatlashi bilanoq, bolasi jon berdi.
18 Egamizning o‘z quli Oxiyo payg‘ambar orqali aytgan so‘zlari bajo bo‘ldi, butun Isroil xalqi bolani dafn qilib, unga aza tutdilar.
19 Yeribomning boshqa ishlari — qanday jang qilgani, qay tarzda hukmronlik qilgani — hammasi “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozilgan.
20 Yeribom yigirma ikki yil shoh bo‘ldi. U ham olamdan o‘tdi. O‘rniga o‘g‘li Nadov shoh bo‘ldi.
21 Sulaymonning o‘g‘li Raxabom esa Yahudoda hukmronlik qildi. U taxtga o‘tirgan paytda qirq bir yoshda edi. Onasi Ommonlik bo‘lib, ismi Namax edi. Raxabom Quddusda o‘n yetti yil shohlik qildi. Egamiz hamma Isroil qabilalarining shaharlari orasidan Quddus shahrini O‘zi ulug‘lanishi uchun tanlab olgan edi.
22 Yahudo xalqi ham Egamiz oldida qabihliklar qilib, gunoh ishlari bilan Xudoni ota–bobolaridan ham qattiqroq g‘azablantirdi.
23 Ular har bir tepalik joyda, har bir yashil daraxt ostida o‘zlariga sajdagohlar, butsimon toshlar, Asheraning ustunlarini yasadilar.
24 Bu yurtdagi sajdagohlarda fahshbozlar ham bor edi. Ular shunchalik ko‘p qabih ishlar qildilarki, ularning qilmishlari Kan’on yurtidan Egamiz quvib yuborgan hamma xalqlarning jirkanch ishlariga barobar edi.
25 Raxabom shohligining beshinchi yilida Misr shohi Shishax Quddusga bostirib keldi.
26 U Egamizning uyidagi va saroydagi xazinalarni tortib oldi, qo‘liga nima ilinsa, hammasini oldi. Sulaymon yasattirgan oltin qalqonlarni ham oldi.
27 Shoh Raxabom oltin qalqonlar o‘rniga bronza qalqonlar yasatdi va ularni shoh saroyi darvozasini qo‘riqlaydigan soqchilar boshliqlari qo‘liga berdi.
28 Shoh Egamizning uyiga kirganda, soqchilar qalqonlarni ko‘tarib borishar, keyin esa qalqonlarni joyiga eltib qo‘yishardi.
29 Raxabomning boshqa ishlari, butun faoliyati “Yahudo shohlari tarixi” kitobida yozilgan.
30 Raxabom bilan Yeribom butun umri davomida urishib keldilar.
31 Nihoyat, Raxabom ham olamdan o‘tib, Dovud qal’asida ota–bobolari yoniga dafn qilindi. Onasi Ommonlik bo‘lib, ismi Namax edi. Raxabomning o‘rniga o‘g‘li Abiyo shoh bo‘ldi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак