Solnomalar (birinchi kitob) 16 bob

7 Dovudning shukrona qo‘shig‘i. 37 Quddus va Givonda sajda qilish.

1 Levilar Xudoning sandig‘ini Dovud qurdirgan chodirning ichkarisiga olib kirib qo‘ydilar. Keyin Xudoga kuydiriladigan qurbonliklar va tinchlik qurbonliklari keltirdilar.
2 Dovud qurbonliklar qilib bo‘lgandan keyin, Egamizning nomidan xalqni duo qildi.
3 So‘ng Isroil jamoasidagi har bir odamga — erkagu ayolga, bir donadan gardish non, bir hovuchdan xurmo va bir hovuchdan mayiz tarqatdi.
4 U levilardan ba’zilarini Egamizning sandig‘i oldida xizmat qilish uchun tayinladi. Ular Isroil xalqining Xudosi — Egamizni ulug‘lab, Unga shukronalar aytishlari va madhlar kuylashlari kerak edi.
5 Osif ularning rahnamosi edi, uning yordamchilari esa: Zakariyo, Yaviyol, Shamiromo‘t, Yoxiyol, Mattitiyo, Eliyob, Binayo, Obidadom va Yaviyol edilar. Ular arfa va lira sozandalari, Osifning o‘zi zang sozandasi,
6 ruhoniylar Binayo bilan Yaxaziyol esa karnay sozandalari bo‘lib, ular har kuni Xudoning ahd sandig‘i oldida musiqiy asboblarini chalishlari kerak edi.
7 O‘sha kuni Dovud birinchi marta Osif bilan uning qarindoshlari zimmasiga Egamizga hamdu sanolar aytish mas’uliyatini yuklagan edi.
8 Egamizga shukr ayting, Unga sajda qiling, Boshqa xalqlar orasida Uning ishlarini bildiring.
9 Tarannum qilib Uni, hamdu sano ila qo‘shiq ayting, Uning jamiki ajoyib ishlarini so‘zlab bering.
10 Egamizning muqaddas nomi ila faxrlaning, Egamizga yuz burganlarning qalbi shodlikka to‘lsin.
11 Egamizga yuz buring! Uning qudratiga, Uning huzurida bo‘lishga intiling.
12 -
13 Ey, sizlar, Egamizning quli Isroil nasli, Ey, Yoqub o‘g‘illari — Egamizning tanlaganlari, Esda tuting Egamiz qilgan ajoyibotlarni, Uning mo‘jizalarini, chiqargan hukmlarini.
14 U Egamiz Xudodir, U chiqargan hukmlar butun yer yuzidadir.
15 O‘z ahdini U to abad yoddan chiqarmas, Minglab nasllarga bergan va’dasini aslo unutmas.
16 Rioya qilar U Ibrohim bilan qilgan ahdiga, Is’hoqqa qasam ichib bergan va’dasiga.
17 Yoqub uchun bu ahdni bir qonun qildi, Ha, Isroil uchun abadiy bir ahd qildi.
18 Aytdiki: “Kan’on yurtini senga beraman, Uni mulk uchun ulush qilib beraman.”
19 U zamon ularning soni kam edi, Ha, juda kam edilar. Ular bu yurtga kelgindi edi.
20 Kezardi bir xalqdan boshqasiga, Bir shohlikdan boshqa yurtga.
21 Hech kim ularni ezishlariga Egamiz yo‘l qo‘ymadi, Ularni deb shohlarga tanbeh berdi.
22 Aytdiki: “Men tanlaganlarga tegmanglar, Payg‘ambarlarimga zarar keltirmanglar.”
23 Ey olam, Egamizni tarannum eting! Har kun Uning najotidan so‘ylang.
24 E’lon qiling elatlar orasida Uning shuhratini, Jamiki xalqlar orasida Uning ajoyibotlarini.
25 Egamiz buyukdir, ko‘p maqtovga loyiqdir, Jamiki xudolardan U izzatlidir.
26 Zotan, xalqlarning hamma xudolari butlardir, Egamiz esa samolarni yaratgandir.
27 Shuhratu ulug‘vorlik Uning huzuridadir, Qudratu shodlik Uning maskanidadir.
28 Egamizga hamdlar ayting, ey zamin xalqlari! Egamizning qudratiyu shuhratiga hamdlar o‘qing!
29 Egamizning sharafiga hamdlar o‘qing! Nazrlar keltirib, Uning huzuriga kiring! Muqaddas libosda Egamizga sajda qiling!
30 Ey, zamin ahli, Uning oldida titrab turing! Olam mustahkam o‘rnashgan, hech qachon tebranmaydi.
31 Samolar shod bo‘lsin, zamin quvonsin, Elatlar orasida aytishsin: “Egamiz shohdir!”
32 Dengizu undagi hamma jonzot guvullasin. Dalalaru undagi har narsa sevinch ila jo‘shsin,
33 Shunda o‘rmondagi hamma daraxt shodlikdan qo‘shiq aytsin. Egamiz oldida ular qo‘shiq aytar, Ana, Zaminni boshqarmoq uchun U kelayotir.
34 Egamizga shukrona ayting, U yaxshidir! Uning sodiq sevgisi abadiydir.
35 Yana shunday deb aytinglar: “Ey najotkorimiz Xudo, bizlarni qutqar, Xalqlar orasidan bizni to‘plab ol, O‘zing muqaddassan, Senga shukr aytaylik, Sening madhlaring bilan faxrlanaylik.
36 Isroil xalqining Xudosi — Egamizga To abad olqishlar bo‘lsin.” Shundan keyin jamiki xalq: “Omin!” deb Egamizga hamdu sanolar aytdi.
37 Dovud Osifni va uning qarindoshlarini Egamizning ahd sandig‘i oldidagi doimiy xizmatga tayinladi. Ular har kuni o‘sha yerda o‘z vazifalarini bajarar edilar.
38 Ularga bu xizmatda Obidadom va uning oltmish sakkizta qarindoshi yordam berishlari kerak edi. Yodutun o‘g‘li Obidadom va Xo‘sax darvozabon edilar.
39 Dovud ruhoniy Zodo‘xni va uning ruhoniy qarindoshlarini Givondagi sajdagohda, Egamizning Muqaddas chodirida xizmat qilishga tayinladi.
40 Ular, Egamizning Isroil xalqiga bergan qonuniga muvofiq, har kuni ertalab va kechqurun qurbongoh ustida qurbonliklar kuydirishlari lozim edi.
41 Ularning yonida Xaman, Yodutun va nomma–nom aytib tanlangan boshqa odamlar ham xizmat qilib, Egamizga: “Uning sodiq sevgisi abadiydir”, deya hamdu sano aytishlari kerak edi.
42 Xaman bilan Yodutun hamdu sanoning kuyi uchun mas’ul bo‘lib, karnay, zang va boshqa musiqa asboblarini chalishlari kerak edi. Yodutunning o‘g‘illari darvozabon qilib tayinlangan edi.
43 Shundan keyin hamma odamlar uylariga qaytib ketdilar, Dovud ham o‘z oilasini duo qilgani uyiga qaytdi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак