Solnomalar (birinchi kitob) 7 bob

1 Issaxor nasli. 6 Benyamin va Dan nasli. 13 Naftali nasli. 14 Manashe nasli. 20 Efrayim nasli. 30 Osher nasli.

1 Issaxorning To‘lo, Puvax, Yoshuv va Shimron degan to‘rtta o‘g‘li bor edi.
2 To‘loning oltita o‘g‘li bor edi: Uzzi, Rafiyo, Yoriyol, Yaxmay, Yibsam va Shomuil. Ular o‘z xonadonlarining urug‘boshilari edilar. Shoh Dovud davrida To‘loning nasabnomasida 22.600 ta jangchi qayd etilgan edi.
3 Uzzining Yizraxiyo degan o‘g‘li bor edi. Yizraxiyoning to‘rtta o‘g‘li bo‘lib, ismlari Mikoyil, Obodiyo, Yo‘el va Ishshiyo edi. Yizraxiyo va uning o‘g‘illari urug‘boshilar edi.
4 Ularning xotinlari va bolalari nihoyatda ko‘p bo‘lgani uchun, nasabnomasiga ko‘ra, jang qilishga qodir 36.000 ta odami bor edi.
5 Issaxor qabilasining nasabnomasida hammasi bo‘lib 87.000 ta jangchi qayd etilgan edi.
6 Benyaminning Belax, Boxir va Yodiyol degan uch o‘g‘li bor edi.
7 Belaxning Ezbo‘n, Uzzi, Uziyol, Yarimo‘t va Iri degan beshta o‘g‘li bor edi. Ularning beshovi ham urug‘boshilar bo‘lib, nasabnomasida 22.034 ta bahodir jangchi qayd etilgan edi.
8 Boxirning Zomiro, Yo‘sh, Eliazar, Eliyo‘nay, Omri, Yorimo‘t, Abiyo, Onoto‘t va Elimat degan o‘g‘illari bor edi. Bularning hammalari Boxirning o‘g‘illari edi.
9 Ularning nasabnomasida urug‘boshilardan tashqari 22.200 ta jangchi qayd etilgan edi.
10 Yodiyolning Bilxan degan bitta o‘g‘li, Bilxanning esa Yoush, Benyamin, Ehud, Xanano, Zaton, Tarshish va Oxishar degan yetti o‘g‘li bor edi.
11 Ularning hammasi urug‘boshilar bo‘lib, nasabnomasiga ko‘ra, jang qilishga tayyor 17.200 ta odami bor edi.
12 Shupim va Xupim xalqlari Irdan, Xushim xalqi esa Oxerdan kelib chiqqandi.
13 Naftalining Yaxziyol, Go‘no, Izar va Shallum degan to‘rtta o‘g‘li bor edi. Ular Bilxaxning naslidan edi.
14 Manashe Oramlik cho‘risidan Osriyol va Moxir ismli ikki o‘g‘il ko‘rdi. Moxir Giladning otasi edi.
15 Moxir Xupim va Shupimga xotinlar olib berdi. Moxirning Maxo ismli bir singlisi bor edi. Zalofoxod Moxirning avlodlaridan biri bo‘lib, faqat qizlar ko‘rgan edi.
16 Moxirning xotini Maxo ikki o‘g‘il tug‘di. Ularning ismini Parash va Sharash qo‘ydilar. Parash Ulom va Rahem ismli ikki o‘g‘il ko‘rdi.
17 Ulomning Badon degan o‘g‘li bor edi. Manashe nevarasi Moxir o‘g‘li Giladning nasli mana shulardan iboratdir.
18 Giladning singlisi Xammalekadan Ishxo‘d, Abuazar va Maxlo tug‘ildi.
19 Shamidoning Oxiyon, Shakam, Lixi va Oniyom degan o‘g‘illari bor edi.
20 Efrayimning Shutalax degan o‘g‘li bor edi. Shutalaxdan Barid tug‘ildi, Bariddan Taxat, Taxatdan Eladax, Eladaxdan Taxat,
21 Taxatdan Zobod, Zoboddan Shutalax tug‘ildilar. Efrayimning Shutalaxdan tashqari yana Eyzar va Elad ismli ikki o‘g‘li ham bor edi. Ular Gat shahrining tub aholisiga qarashli chorvani o‘g‘irlamoqchi bo‘lganlarida Gatliklar ularni o‘ldirgan edilar.
22 Ularning otasi Efrayim ko‘p kunlar aza tutdi. Qarindoshlari unga tasalli bergani keldilar.
23 Efrayim xotini bilan yana qovushgan edi, xotini homilador bo‘lib, o‘g‘il tug‘di. Efrayim, uyimda baxtsizlik yuz bergan edi, deb o‘g‘lining ismini Bariyo qo‘ydi.
24 Efrayimning Shero degan bir qizi bor edi. Shero tepadagi Bayt–Xo‘ron va pastdagi Bayt– Xo‘ron shaharlarini hamda Uzan–Shero shahrini qurdi.
25 Efrayimning Refax ismli bir o‘g‘li ham bor edi. Refaxdan Rashaf tug‘ildi, Rashafdan Telax, Telaxdan Taxan,
26 Taxandan Laden, Ladendan Omihud, Omihuddan Elishama,
27 Elishamadan Nun, Nundan Yoshua tug‘ildilar.
28 Efrayim nasli janubdagi Baytil shahri, sharqdagi Naron shahri va g‘arbdagi Gezer shahrigacha cho‘zilgan hududni qo‘lga kiritib, o‘sha yerga o‘rnashib olgan edilar. Ularning hududiga o‘sha shaharlar atrofidagi barcha qishloqlar, Shakam va Oya shaharlari hamda ular atrofidagi qishloqlar kirgan edi.
29 Manashe qabilasi Bayt–Shan, Tanax, Maxido‘ va Do‘r shaharlari va o‘sha shaharlar atrofidagi qishloqlarida o‘rnashib olgan edi. Bu joylarda Yoqubning o‘g‘li Yusuf avlodlari yashagan edi.
30 Osherning o‘g‘illari quyidagilardir: Yimnax, Yishvo, Yishvi va Bariyo. Osherning Serax ismli bir qizi ham bor edi.
31 Bariyoning Xaber va Malxiyol ismli ikki o‘g‘li bo‘lib, Malxiyol Birzayit shahrini qurgan edi.
32 Xaberning Yaflet, Sho‘mer va Xo‘tam ismli uch o‘g‘li va Shuva ismli bir qizi bor edi.
33 Yafletning o‘g‘illari — Po‘sax, Bimxal va Oshvot.
34 Sho‘merning o‘g‘illari — Oxi, Roxgax, Xubbo va Oram.
35 Sho‘merning ukasi Xo‘tamning o‘g‘illari — Zo‘fax, Yimno, Shalash va Amal.
36 Zo‘faxning o‘g‘illari — Suvax, Xarnatar, Shuvol, Beri, Yimra,
37 Bazer, Xo‘d, Shammo, Shilsho, Yitron va Bera.
38 Eterning o‘g‘illari — Yafunax, Fispa va Orro.
39 Ulloning o‘g‘illari — Orax, Xanniel va Riziyo.
40 Osher nasli ana shulardan iborat bo‘lib, ular urug‘boshilar, mashhur bahodir jangchilar, obro‘li yo‘lboshchilar edilar. Osher qabilasining nasabnomasida jang qilishga qodir 26.000 kishi qayd etilgan edi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18