Solnomalar (birinchi kitob) 6 bob

1 Oliy ruhoniylar xonadonining shajarasi. 16 Levining boshqa nasli. 31 Ma’bad sozandalari. 49 Horunning nasli. 54 Levilar yashagan shaharlar.

1 Levining o‘g‘illari Gershon, Qohot va Marori edi.
2 Qohotning o‘g‘illari Imrom, Izxor, Xevron va Uziyol edi.
3 Imromning Horun va Muso ismli ikki o‘g‘li va Maryam ismli bir qizi bor edi. Horunning o‘g‘illari Nadov, Abihu, Elazar va Itamar edi.
4 Elazardan Finxaz tug‘ildi, Finxazdan Abushuva tug‘ildi,
5 Abushuvadan Bukki tug‘ildi, Bukkidan Uzzi tug‘ildi,
6 Uzzidan Zaraxiyo tug‘ildi, Zaraxiyodan Maroyo‘t tug‘ildi,
7 Maroyo‘tdan Emoriyo tug‘ildi, Emoriyodan Oxitob tug‘ildi,
8 Oxitobdan Zodo‘x tug‘ildi, Zodo‘xdan Oximas tug‘ildi,
9 Oximasdan Ozariyo tug‘ildi, Ozariyodan Yo‘xanon tug‘ildi,
10 Yo‘xanondan Ozariyo tug‘ildi. Ozariyo shoh Sulaymon Quddusda qurgan Ma’baddaruhoniy bo‘lib xizmat qilgan edi.
11 Ozariyodan Emoriyo tug‘ildi, Emoriyodan Oxitob tug‘ildi,
12 Oxitobdan Zodo‘x tug‘ildi, Zodo‘xdan Shallum tug‘ildi,
13 Shallumdan Xilqiyo tug‘ildi, Xilqiyodan Ozariyo tug‘ildi,
14 Ozariyodan Sarayo tug‘ildi, Sarayodan Yohuzadax tug‘ildi.
15 Egamiz shoh Navuxadnazar orqali Yahudo va Quddus xalqini surgun qilganda, Yohuzadax ham badarg‘a bo‘lgan edi.
16 Levining o‘g‘illari Gershon, Qohot va Marori edi.
17 Gershonning o‘g‘illari ismi Lubnax va Shimax edi.
18 Qohotning o‘g‘illari Imrom, Izxor, Xevron va Uziyol edi.
19 Marorining o‘g‘illari Maxli va Mushi edi. Ota xonadoniga ko‘ra, ro‘yxatga olingan Levi urug‘lari quyidagilardan iborat edi:
20 Gershon nasli quyidagilar edi: Gershondan Lubnax tug‘ildi, Lubnaxdan Yaxat tug‘ildi, Yaxatdan Zimmo tug‘ildi,
21 Zimmodan Yo‘x tug‘ildi, Yo‘xdan Yiddo tug‘ildi, Yiddodan Zerax tug‘ildi, Zeraxdan Yotaray tug‘ildi.
22 Qohotning nasli quyidagilar edi: Qohotdan Ominadov tug‘ildi, Ominadovdan Ko‘rax tug‘ildi, Ko‘raxdan Asir tug‘ildi,
23 Asirdan Elqana tug‘ildi, Elqanadan Ebuasaf tug‘ildi, Ebuasafdan Asir tug‘ildi,
24 Asirdan Taxat tug‘ildi, Taxatdan Uriyol tug‘ildi, Uriyoldan Uzziyo tug‘ildi, Uzziyodan Shovul tug‘ildi.
25 Elqananing Emosay va Oximo‘t degan ikki o‘g‘li bor edi.
26 Oximo‘tdan Elqana tug‘ildi, Elqanadan Zo‘fay tug‘ildi, Zo‘faydan Naxat tug‘ildi,
27 Naxatdan Eliyob tug‘ildi, Eliyobdan Yeroxam tug‘ildi, Yeroxamdan Elqana tug‘ildi, Elqanadan Shomuil tug‘ildi.
28 Shomuilning ikki o‘g‘li bor edi, to‘ng‘ichining ismi Yo‘el, kenjasining ismi Abiyo edi.
29 Marorining nasli quyidagilar edi: Maroridan Maxli tug‘ildi, Maxlidan Lubnax tug‘ildi, Lubnaxdan Shimax tug‘ildi, Shimaxdan Uzzox tug‘ildi,
30 Uzzoxdan Shimo tug‘ildi, Shimodan Xaggiyo tug‘ildi, Xaggiyodan Osoyoh tug‘ildi.
31 Ahd sandig‘iEgamizning uyiga kelgandan keyin, Dovud u yerdagi xizmatga sozandalar tayinlagandi.
32 Sulaymon Quddusda Egamizning uyini qurgunga qadar, ular Uchrashuv chodiri — Muqaddas chodir oldida qo‘shiq aytib xizmat qilishardi. O‘z xizmatini berilgan ko‘rsatmalar asosida ado etishardi.
33 U yerda xizmat qilgan odamlar quyidagi urug‘lardan edi: Qohot urug‘idan — qo‘shiqchi Xaman. Xamanning nasabnomasi quyidagicha edi: Xaman — Yo‘elning o‘g‘li, Yo‘el — Shomuilning o‘g‘li,
34 Shomuil — Elqananing o‘g‘li, Elqana — Yeroxamning o‘g‘li, Yeroxam — Elielning o‘g‘li, Eliel — To‘vaxning o‘g‘li,
35 To‘vax — Zufning o‘g‘li, Zuf — Elqananing o‘g‘li, Elqana — Maxatning o‘g‘li, Maxat — Emosayning o‘g‘li,
36 Emosay — Elqananing o‘g‘li, Elqana — Yo‘elning o‘g‘li, Yo‘el — Ozariyoning o‘g‘li, Ozariyo — Zafaniyoning o‘g‘li,
37 Zafaniyo — Taxatning o‘g‘li, Taxat — Asirning o‘g‘li, Asir — Ebuasafning o‘g‘li, Ebuasaf — Ko‘raxning o‘g‘li,
38 Ko‘rax — Izxorning o‘g‘li, Izxor — Qohotning o‘g‘li, Qohot — Levining o‘g‘li, Levi — Yoqubning o‘g‘li.
39 Xamanning Osif ismli qarindoshi uning o‘ng qo‘l yordamchisi edi. Osifning nasabnomasi quyidagicha edi: Osif — Barxiyoning o‘g‘li, Barxiyo — Shimoning o‘g‘li,
40 Shimo — Mikoyilning o‘g‘li, Mikoyil — Bosiyoning o‘g‘li, Bosiyo — Malkiyoning o‘g‘li,
41 Malkiyo — Itnoning o‘g‘li, Itno — Zeraxning o‘g‘li, Zerax — Odayoning o‘g‘li,
42 Odayo — Etxanning o‘g‘li, Etxan — Zimmoning o‘g‘li, Zimmo — Shimaxning o‘g‘li,
43 Shimax — Yaxatning o‘g‘li, Yaxat — Gershonning o‘g‘li, Gershon — Levining o‘g‘li.
44 Xamanning chap qo‘l yordamchisi o‘z qarindoshi Etxan edi. U Marori urug‘idan edi. Etxanning nasabnomasi quyidagicha edi: Etxan — Xishining o‘g‘li, Xishi — Abdining o‘g‘li, Abdi — Malluxning o‘g‘li,
45 Mallux — Xashaviyoning o‘g‘li, Xashaviyo — Emoziyoning o‘g‘li, Emoziyo — Xilqiyoning o‘g‘li,
46 Xilqiyo — Omzining o‘g‘li, Omzi — Banixning o‘g‘li, Banix — Shamerning o‘g‘li,
47 Shamer — Maxlining o‘g‘li, Maxli — Mushining o‘g‘li, Mushi — Marorining o‘g‘li, Marori — Levining o‘g‘li.
48 Levi qabilasining qolgan a’zolari Xudoning uyidagi boshqa hamma xizmatga tayinlangan edilar.
49 Faqat Horun va uning nasli qurbongohdaqurbonlik kuydirib, xushbo‘y tutatqi qurbongohida tutatqi tutatishlari mumkin edi. Ular Eng muqaddas xonadagi barcha xizmatni ado etib, Xudoning quli Muso bergan hamma buyruqlarga ko‘ra, Isroil xalqini gunohdan poklar edilar.
50 Horunning nasli quyidagilar edi: Horunning o‘g‘li — Elazar, Elazarning o‘g‘li — Finxaz, Finxazning o‘g‘li — Abushuva,
51 Abushuvaning o‘g‘li — Bukki, Bukkining o‘g‘li — Uzzi, Uzzining o‘g‘li — Zaraxiyo,
52 Zaraxiyoning o‘g‘li — Maroyo‘t, Maroyo‘tning o‘g‘li — Emoriyo, Emoriyoning o‘g‘li — Oxitob,
53 Oxitobning o‘g‘li — Zodo‘x, Zodo‘xning o‘g‘li — Oximas.
54 Levilarga ajratilgan shaharlardan birinchi bo‘lib Qohot urug‘ining Horun nasli ulush olgan edi. Ularga qur’a bo‘yicha berilgan hududga
55 Yahudo yurtidagi Xevron shahri va uning atrofidagi yaylovlar kirgan edi.
56 Ammo o‘sha shaharning atrofidagi dalalaru qishloqlar Yafunax o‘g‘li Xolibga berildi.
57 Horun nasliga quyidagi shaharlar va ularning atroflaridagi yaylovlar berildi: panoh shahar Xevron, Libna, Yatir, Eshtamo‘va,
58 Xilen, Davir,
59 Oshon va Bayt– Shamash.
60 Benyamin qabilasining hududidan quyidagi shaharlar va ularning atrofidagi yaylovlar ham berildi: G‘ibo, Elimat va Onoto‘t. Qoxot urug‘ining Horun nasliga hammasi bo‘lib o‘n uchta shahar berildi.
61 Qohot naslining qolganlariga esa Iordanning g‘arb tomonidagi Manashe qabilasiga qarashli hududdan o‘nta shahar qur’a bo‘yicha taqsimlab berildi.
62 Gershon urug‘iga, xonadonlariga ko‘ra, Issaxor, Osher, Naftali va Bashandagi Manashe qabilalarining hududlaridan o‘n uchta shahar qur’a bo‘yicha berildi.
63 Marori urug‘iga, xonadonlariga ko‘ra, Ruben, Gad va Zabulun qabilalarining hududlaridan o‘n ikkita shahar qur’a bo‘yicha berildi.
64 Shunday qilib, Isroil xalqi levilarga yashash uchun shaharlarni va o‘sha shaharlar atrofidagi yaylovlarni ajratib berdi.
65 Yuqorida nomlari aytib o‘tilgan Yahudo, Shimo‘n va Benyamin qabilalari hududlaridan ajratilgan shaharlar ham qur’a bo‘yicha taqsimlangan edi.
66 Qohot urug‘ining ba’zi xonadonlariga Efrayim qabilasining hududidan quyidagi shaharlar va ularning atrofidagi yaylovlar berildi:
67 Efrayim qirlaridagi panoh shahar Shakam, Gezer,
68 Yoxmayom, Bayt–Xo‘ron,
69 Oyjavlon va Gat– Rimmon.
70 Qohot urug‘ining qolgan xonadonlariga esa Iordanning g‘arb tomonidagi Manashe qabilasining yarmiga qarashli ikki shahar berildi: Onar va Bilom. Bu shaharlarning atroflaridagi yaylovlar ham ularga berildi.
71 Gershon urug‘iga quyidagi shaharlar va ularning atroflaridagi yaylovlar berildi: Iordanning sharq tomonidagi Manashe qabilasining hududidan Ashtaro‘t va Bashandagi Go‘lon,
72 Issaxor qabilasining hududidan Kedesh, Dovarat,
73 Ramo‘t va Onem,
74 Osher qabilasining hududidan Moshol, Abdo‘n,
75 Huqqoq va Rexob,
76 Naftali qabilasi hududidan Xammon, Xiratayim va Jaliladagi Kedesh.
77 Marori urug‘ining qolgan xonadonlariga quyidagi shaharlar va ularning atroflaridagi yaylovlar berildi: Zabulun qabilasining hududidan Rimmono va Tovur,
78 Yerixo ro‘parasidagi Iordan daryosining sharq tomonida joylashgan Ruben qabilasining hududidan Yaxaz,
79 Kadamo‘t, Mifat va cho‘ldagi Bazer,
80 Gad qabilasining hududidan Moxanayim,
81 Xashbon, Yazir va Giladdagi Ramo‘t.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18