Solnomalar (birinchi kitob) 22 bob

2 Ma’badni qurishga tayyorgarlik.

1 Dovud shunday dedi: “EgamizXudoning uyi ham, Isroil xalqi qurbonliklar kuydiradigan qurbongoh ham shu yerda bo‘ladi.”
2 Dovud Isroil yurtidagi barcha musofirlarni bir joyga to‘plattirdi. Ulardan ba’zilarini Egamizning uyini qurish uchun tosh kesib yo‘nadigan sangtaroshlar qilib tayinladi.
3 Dovud yog‘och darvozalar uchun oshiq–moshiq va mixlar yasagani ko‘p miqdorda temir saqlab qo‘ydi. Bronza ham shunchalik ko‘p ediki, hech kim uning hisobiga yeta olmasdi.
4 U behisob sadr yog‘ochini ham saqlab qo‘ydi. Sidonliklar va Tirliklar ko‘p miqdorda sadr yog‘ochlari olib kelgan edilar.
5 Dovud ichida shunday deb aytar edi: “O‘g‘lim Sulaymon yosh, tajribasiz. Egamiz uchun quriladigan uy esa shu qadar salobatli bo‘lishi kerakki, uning dong‘i butun dunyoga yoyilib, barcha xalqlar orasida shuhrat topishi kerak. Shunday ekan, qurilish uchun hamma tayyorgarlikni o‘zim ko‘rib qo‘yaveray.” Shuning uchun Dovud o‘limidan oldin ko‘p miqdordagi ashyolarni tayyorlab qo‘ygan edi.
6 So‘ngra Dovud o‘g‘li Sulaymonni chaqirtirib, Isroil xalqining Xudosi — Egamiz uchun uy qurishni unga topshirdi.
7 — O‘g‘lim! — deb gapini boshladi Dovud, — Men Egam Xudoga atab bir uy qurish niyatida edim.
8 Lekin Egam menga shunday so‘zini yuborgan edi: “Sen ko‘p jang qilib, ko‘p qon to‘kding. Yer yuzida, Mening oldimda shu qadar ko‘p qon to‘kkaning uchun Menga atab uyni sen qurmaysan.
9 Ammo sendan bir o‘g‘il tug‘iladi. O‘g‘ling tinchliksevar odam bo‘ladi. Men uni atrofdagi hamma g‘animlardan xalos qilib, tinchlik beraman. Uning ismi Sulaymon bo‘ladi. Uning hukmronligi davrida Isroilga tinchlik, osoyishtalik ato qilaman.
10 Menga atab uyni o‘sha o‘g‘ling quradi. U Menga o‘g‘il bo‘ladi, Men unga ota bo‘laman. Uning Isroildagi shohlik taxtini to abad mustahkam qilaman.”
11 Endi, o‘g‘lim, Egam senga yor bo‘lsin. Uning uyini qurayotganingda Egang Xudo O‘z va’dasiga muvofiq, seni muvaffaqiyatga erishtirsin.
12 Egam senga idrok bilan fahm–farosat bersin, toki U Isroil hukmronligini senga topshirganda, sen Egang Xudoning qonuniga rioya qila olgin.
13 Agar sen Egamizning Isroil uchun Musoga amr etgan qonun–qoidalarini bitta qoldirmay bajarsang, muvaffaqiyatga erishasan. Dadil va botir bo‘l. Qo‘rqma, vahimaga tushma.
14 Men Egamizning uyi uchun ko‘p mashaqqatlar bilan 214.000 pud oltin, 2.140.000 pud kumush, behisob miqdorda bronza va temir tayyorladim. Yana yog‘och va tosh ham tayyorlab qo‘ydim. Sen bularga yana qo‘shishing lozim.
15 Sening ko‘p ishchilaring bor. Ularning orasida tosh yo‘nuvchilar, tosh teruvchilar, duradgorlar,
16 oltin, kumush, bronza va temirga ishlov beradigan har turli, behisob mohir hunarmandlar bor. Qani, ishga bel bog‘la. Egam senga yor bo‘lsin.
17 Dovud Isroilning barcha yo‘lboshchilariga “Sulaymonga yordam beringlar!” deb amr qilib, shunday dedi:
18 “Egangiz Xudo sizlar bilan birga bo‘lib, sizlarga har tomondan tinchlik ato etdi. Bizdan oldin bu yurtda yashagan xalqni U mening qo‘limga berdi. Ular endi Egamizga va Uning xalqiga qaram bo‘lib qoldi.
19 Endi butun qalbingiz va yuragingiz bilan Egamiz Xudoga intiling. Boringlar, Parvardigor Egamizga atab uy qurishni boshlanglar, toki ahd sandig‘i va muqaddas ashyolar o‘sha yerda saqlanadigan bo‘lsin.”


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18