Solnomalar (birinchi kitob) 26 bob

1 Ma’bad darvozabonlari va ularning vazifalari. 20 Boshqa levilar va ularning vazifalari.

1 Ma’bad darvozasida xizmat qilish uchun quyidagi levilar tayinlangan edi: Ko‘rax naslidagi Osif xonadonidan — Kori o‘g‘li Mashalmiyo.
2 Mashalmiyoning yetti o‘g‘li bor edi: to‘ng‘ichi — Zakariyo, ikkinchisi — Yodiyol, uchinchisi — Zabadiyo, to‘rtinchisi — Yatniyol,
3 beshinchisi — Elam, oltinchisi — Yohuxanon va yettinchisi — Elixo‘nay.
4 Xudo Obidadomni barakalab, unga sakkiz o‘g‘il bergan edi: to‘ng‘ich o‘g‘li — Shamayo, ikkinchisi — Yohuzabad, uchinchisi — Yo‘x, to‘rtinchisi — Soxor, beshinchisi — Natanil,
5 oltinchisi — Omiyol, yettinchisi — Issaxor va sakkizinchisi — Fullatay.
6 Obidadomning to‘ng‘ichi Shamayoning ham o‘g‘illari bor edi. Ular nihoyatda qobiliyatli bo‘lganlari uchun, o‘zlarining ota xonadonida urug‘boshilar edilar.
7 Ularning ismlari O‘tnax, Rafail, Obid va Elzabad edi. Shamayoning qarindoshlari Elixu bilan Samaxiyo ham nihoyatda qobiliyatli edilar.
8 Obidadomning bu avlodi jami oltmish ikki kishini tashkil qilib, hammasi qobiliyatli, o‘z xizmati uchun malakali edilar.
9 Mashalmiyoning o‘g‘illari va aka–ukalari o‘n sakkiz kishini tashkil qilib, hammasi qobiliyatli edilar.
10 Marori naslidan bo‘lgan Xo‘saxning to‘rt o‘g‘li bor edi. Uning Shimri degan o‘g‘li yo‘lboshchi edi. Shimri to‘ng‘ich o‘g‘il bo‘lmasa ham, otasi uni yo‘lboshchi qilgan edi.
11 Xo‘saxning ikkinchi o‘g‘li — Xilqiyo, uchinchisi — Tavaliyo va to‘rtinchisi Zakariyo edi. Xo‘sax xonadonining o‘n uch a’zosi Ma’bad darvozabonlari bo‘lib xizmat qilar edilar.
12 Darvozabonlar xonadonlari bo‘yicha guruh– guruhlarga bo‘lingan edilar. Ular Egamizning uyida xizmat qilayotgan boshqa levilar singari o‘z vazifalariga ega edilar.
13 Har bir xonadon katta– kichikligiga qaramay qur’a tashlab, qo‘riqlaydigan darvozasini aniqlab oldi.
14 Sharq tomondagi darvoza uchun qur’a tashlanganda, qur’a Shalamiyoga tushdi. So‘ngra o‘g‘li Zakariyo uchun qur’a tashlandi, unga shimol tomondagi darvoza tushdi. Zakariyo dono maslahatchi edi.
15 Obidadom uchun qur’a tashlanganda, unga janub tomondagi darvoza tushdi. O‘g‘illari uchun qur’a tashlanganda, ularga omborxonani qo‘riqlash tushdi.
16 G‘arb tomondagi darvoza va yuqori yo‘l ustidagi Shallexet darvozasi uchun qur’a tashlanganda, qur’a Shupim bilan Xo‘saxga tushdi. Darvozabonlar o‘z xizmatini belgilangan vaqtda, uzluksiz ketma– ketlikda bajarishlari lozim edi.
17 Sharq tomondagi darvozada kuniga oltita darvozabon, shimol tomondagi darvozada to‘rtta, janub tomondagi darvozada ham to‘rtta darvozabon turardi. Shuningdek, ikkita omborxonada ikkitadan darvozabon turardi.
18 G‘arb tomondagi hovliga kelsak, yo‘lakda to‘rtta, hovlining ichida esa ikkita darvozabon turardi.
19 Ko‘rax va Marori naslidan bo‘lgan darvozabonlarga mana shu qo‘riqchilik vazifalari topshirilgan edi.
20 Oxiyo boshchiligidagi boshqa levilarXudoning uyidagi xazinalar va nazr qilingan hadyalar xazinalari uchun mas’ul edilar.
21 Gershon urug‘idan bo‘lgan Laden Yoxiyolining otasi edi. Ladenning naslidan ko‘p urug‘boshilar chiqdi.
22 Yoxiyolining o‘g‘illari Zatom bilan Yo‘el Egamizning uyidagi xazinalar uchun mas’ul edilar.
23 Imrom, Izxor, Xevron va Uziyol urug‘lariga ham vazifalar taqsimlanib berildi.
24 Muso o‘g‘li Gershomning urug‘idan Shavuvol Ma’badning bosh xazinaboni edi.
25 Gershomning ukasi Eliazarning nasli quyidagicha edi: Eliazarning o‘g‘li Raxaviyo, Raxaviyoning o‘g‘li Yeshayo, Yeshayoning o‘g‘li Yoram, Yoramning o‘g‘li Zixri va Zixrining o‘g‘li Shalumo‘t.
26 Shalumo‘t va uning xonadoni Egamizganazr qilingan hadyalar xazinasi uchun mas’ul edi. Bu xazinada shoh Dovud, urug‘boshilar, mingboshilar, yuzboshilar va lashkarboshilar Xudoga nazr qilgan hadyalar saqlangan edi.
27 Ular jangda qo‘lga kiritgan o‘ljaning bir qismini Egamizning uyini ta’minlash uchun nazr qilardilar.
28 Shalumo‘t va uning xonadoni barcha hadyalar uchun mas’ul edilar. Valiy Shomuil, Kish o‘g‘li Shoul, Nar o‘g‘li Abnur va Zeruya o‘g‘li Yo‘ab nazr qilgan hadyalar ham ularning nazorati ostida edi.
29 Izxor naslidan Xonaniyo va uning o‘g‘illari Isroil xalqi uchun ma’murlar va hakamlar qilib tayinlandilar. Ular Ma’baddan tashqarida xizmat qilishardi.
30 Xevron naslidan Xashaviyo va uning bir ming yetti yuz qobiliyatli qarindoshi ham ma’murlar qilib tayinlandilar. Ular Iordan daryosining g‘arb tomonidagi qabilalar uchun mas’ul bo‘lib, Xudoning va shohning xizmatiga oid masalalarni yechishar edi.
31 Xevron naslidagi Yoriyo nasabnoma ma’lumotiga ko‘ra, Xevron naslining yo‘lboshchisi edi. Dovud hukmronligining qirqinchi yilida nasabnomalarga oid barcha yozma ma’lumotlar ko‘rib chiqilgan edi. Shunda Giladdagi Yazir shahrida Xevron nasli orasida qobiliyatli odamlar borligi aniqlandi.
32 Shoh Dovud Yoriyoni va uning 2.700 ta qobiliyatli qarindoshini ma’murlar qilib tayinladi. Ular Iordan daryosining sharq tomonidagi Ruben, Gad va Manashe qabilasining yarmisi uchun mas’ul bo‘lib, Xudoning va shohning xizmatiga oid barcha masalalarni yechishlari kerak edi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18