Solnomalar (birinchi kitob) 2 bob

1 Yoqubning nasli. 3 Yahudoning nasli. 9 Yahudoning nabirasi Xazrondan Dovudgacha bo‘lgan nasllar. 18 Xazronning nasli. 25 Xazron o‘g‘li Yaraxmalning nasli. 42 Xazron o‘g‘li Xolibning nasli. 50 Xolib o‘g‘li Xurning nasli.

1 Yoqubning o‘g‘illari quyidagilardir: Ruben, Shimo‘n, Levi, Yahudo, Issaxor, Zabulun,
2 Dan, Yusuf, Benyamin, Naftali, Gad va Osher.
3 Yahudoning G‘ur, O‘nan va Shelo degan o‘g‘illari bor edi. Bu uchala o‘g‘ilni unga Kan’onlik Botshuva tug‘ib bergandi. Yahudoning to‘ng‘ich o‘g‘li G‘ur Egamizning oldida qabih ishlar qilgani uchun, Egamiz uning jonini oldi.
4 Yahudoning kelini Tamara ham Yahudoga Paraz va Zerax degan o‘g‘illarni tug‘ib berdi. Yahudoning hammasi bo‘lib besh o‘g‘li bor edi.
5 Parazdan Xazron va Xomul ismli ikki o‘g‘il tug‘ildi.
6 Zeraxning beshta o‘g‘li bo‘lib, ularning ismlari Zimri, Etxan, Xaman, Qolko‘l va Dardax edi.
7 Zerax avlodidan bo‘lgan Karmi ismli bir odamning Oxar degan o‘g‘li bor edi. Oxar Egamizga bag‘ishlangan narsalarning bir nechtasini olib, Isroilga kulfat keltirgandi.
8 Etxanning o‘g‘li Ozariyo edi.
9 Xazronning uchta o‘g‘li bo‘lib, ismlari Yaraxmal, Ram va Xolib edi.
10 Ramdan Ominadov tug‘ildi, Ominadov Yahudo yo‘lboshchisi Naxsho‘nning otasi edi.
11 Naxsho‘ndan Salmo tug‘ildi, Salmodan Bo‘az tug‘ildi,
12 Bo‘azdan Obid tug‘ildi va Obiddan Essay tug‘ildi.
13 Essayning yetti o‘g‘li bo‘lib, to‘ng‘ichi — Eliyob, ikkinchisi — Abunadov, uchinchisi — Shimo,
14 to‘rtinchisi — Natanil, beshinchisi — Radday,
15 oltinchisi — Ozim, yettinchisi Dovud edi.
16 Ularning Zeruya va Obigayl degan singillari bor edi. Zeruyaning uchta o‘g‘li bo‘lib, ularning ismlari Abushay, Yo‘ab va Osoyil edi.
17 Obigayl Ismoil qavmidan bo‘lgan Eter bilan turmush qurib, Emosani tug‘di.
18 Xazron o‘g‘li Xolibning Ozibax va Yariyo‘t degan xotinlari bor edi. Ozibaxdan tug‘ilgan o‘g‘illarining ismi Yesher, Sho‘vav va Ardun edi.
19 Ozibax olamdan o‘tgach, Xolib Efratga uylandi. Efrat unga Xurni tug‘ib berdi.
20 Xurdan Uri tug‘ildi, Uridan Bazalil tug‘ildi.
21 Xazron oltmish yoshga kirganda Moxirning qizi — Giladning singlisiga uylanib, undan Saxuv ismli o‘g‘ilni ko‘rdi.
22 Saxuvdan Yovir tug‘ildi. U Giladdagi yigirma uchta shahar ustidan hukmronlik qilardi.
23 Keyinchalik Gashur va Oram xalqlari Yovir shaharlarini, shuningdek, Qanot shahri va atrofidagi oltmishta qishloqni qo‘lga kiritishdi. Bu yerlarda yashayotgan xalq Giladning otasi Moxirning urug‘idan edi.
24 Xazron vafot etgandan keyin, o‘g‘li Xolib otasining beva qolgan Efrat ismli xotiniga uylandi. Ular Ashxur ismli o‘g‘il ko‘rdilar. Ashxur Taxuva shahrining asoschisi bo‘ldi.
25 Xazronning to‘ng‘ich o‘g‘li Yaraxmaldan bino bo‘lgan o‘g‘illar quyidagilardir: to‘ng‘ich o‘g‘li Ram, so‘ngra Bunax, Oren, Ozim va Oxiyodir.
26 Yaraxmalning Otarax ismli boshqa xotini ham bor edi. Otaraxdan O‘nam tug‘ildi.
27 Yaraxmalning to‘ng‘ich o‘g‘li Ramdan Maz, Yomin va Exer bino bo‘ldi.
28 O‘namning Shammay va Yodo degan o‘g‘illari bor edi. Shammay Nadov va Abushur ismli o‘g‘illar ko‘rdi.
29 Abushurning Abuhayil degan xotini bo‘lib, undan Axbon va Mo‘lid degan o‘g‘illar tug‘ildi.
30 Nadovdan Saled va Opayim degan o‘g‘illar bino bo‘ldi. Saled befarzand o‘tib ketdi.
31 Opayim — Yishining otasi, Yishi — Shashonning otasi, Shashon Oxlayning otasi edi.
32 Shammayning ukasi Yodoning Eter va Yo‘natan ismli ikkita o‘g‘li bor edi. Eter befarzand o‘tib ketdi.
33 Yo‘natanning Palaf va Zozo ismli ikkita o‘g‘li bor edi. Mana shularning hammasi Yaraxmalning nasli edi.
34 Shashonning o‘g‘li bo‘lmay, faqat qizlari bor edi, xolos. Shashonning Yarxo ismli bir Misrlik quli ham bor edi.
35 Shashon qizini o‘zining quli Yarxoga uzatdi. Ular o‘g‘il ko‘rishdi va ismini Attay qo‘yishdi.
36 Attaydan Natan tug‘ildi, Natandan Zobod tug‘ildi,
37 Zoboddan Eflol tug‘ildi, Efloldan Obid tug‘ildi,
38 Obiddan Yohu tug‘ildi, Yohudan Ozariyo tug‘ildi,
39 Ozariyodan Xalez tug‘ildi, Xalezdan Elasax tug‘ildi,
40 Elasaxdan Sismay tug‘ildi, Sismaydan Shallum tug‘ildi,
41 Shallumdan Yoxamiyo tug‘ildi, Yoxamiyodan Elishama tug‘ildi.
42 Yaraxmalning ukasi Xolib ikki o‘g‘il ko‘rdi, to‘ng‘ichining ismi Mesho va kenjasining ismi Morisho edi. Meshodan Zif tug‘ildi, Morishodan Xevron tug‘ildi.
43 Xevron Ko‘rax, Tappux, Rahem va Shema ismli o‘g‘illar ko‘rdi.
44 Shemadan Raxam tug‘ildi, Raxamdan Yorixim tug‘ildi. Shemaning akasi Rahem Shammay ismli o‘g‘il ko‘rdi.
45 Shammaydan Moyun tug‘ildi. Moyundan Baytzur tug‘ildi.
46 Xolibning Efax ismli cho‘risi unga Xoronni, Mo‘zoni va Gazezni tug‘ib berdi. Xoron ham Gazez ismli bir o‘g‘il ko‘rdi.
47 Efaxning otasi Yohdoyning Raxem, Yo‘tom, Geshon, Palat va Shaf degan o‘g‘illari ham bor edi.
48 Xolibning Maxo ismli boshqa bir cho‘risi unga Shabar va Tirxano ismli o‘g‘illar tug‘ib berdi.
49 Keyinroq ular Shaf va Shavo ismli yana ikki o‘g‘il ko‘rishdi. Shaf Madmanno shahriga, Shavo esa Maxbina va Giva shaharlariga asos soldi. Xolibning Axsa ismli bir qizi ham bor edi.
50 Mana shularning hammasi Xolibning nasli edi. Xolibning xotini Efratdan tug‘ilgan to‘ng‘ich o‘g‘li Xur uch o‘g‘il ko‘rdi. Birinchisining ismi Sho‘val bo‘lib, u Xirat–Yorim shahriga asos soldi.
51 Ikkinchisining ismi Salmo bo‘lib, u Baytlahm shahriga asos soldi. Uchinchisining ismi Xoref bo‘lib, u Bayt–Gader shahriga asos soldi.
52 Xirat–Yorimning asoschisi Sho‘valdan Horu xalqi va Monaxat shahrining yarim aholisi bino bo‘ldi.
53 Xirat–Yorim aholisi Yitar urug‘i, Fut urug‘i, Shumot urug‘i va Mishroy urug‘laridan tashkil topgan edi. Zorox va Eshtoyo‘l shaharlarining aholisi ham shu urug‘lardan kelib chiqqan.
54 Natufo, Otro‘t–Bayt–Yo‘ab va Zorox shaharlarining aholisi hamda Monaxat shahrining yarim aholisi Baytlahmning asoschisi Salmon naslidan tashkil topgan edi.
55 Yabiz shahrida istiqomat qilgan kotiblarning urug‘lari ham Salmo naslidan kelib chiqqan bo‘lib, Tirotliklar, Shimatliklar va Suxotliklar degan nom bilan yuritilardi. Bular Xayin xalqidan bo‘lgan Xammat ismli bir odamning avlodlari edilar. Xammat Raxav xonadonining ajdodi edi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак