Solnomalar (birinchi kitob) 5 bob

1 Ruben nasli. 11 Gad nasli. 18 Iordan sharqidagi qabilalar lashkari. 23 Iordan sharqidagi Manashe qabilasining yarmi. 25 Iordan sharqidagi qabilalar surgun qilinadi.

1 Ruben Yoqubning to‘ng‘ich o‘g‘li edi. Ammo u otasining to‘shagini bulg‘agani uchun, to‘ng‘ich farzandlik huquqi Yusufning o‘g‘illariga berilgan edi. Shu sababdan Ruben nasabnomada to‘ng‘ich sifatida ro‘yxatda yo‘q.
2 Rubenning ukasi Yahudo aka–ukalari orasida eng kuchlisi bo‘lib, yo‘lboshchi uning qabilasidan chiqsa ham, to‘ng‘ichlik huquqi Yusufniki bo‘ldi.
3 Ruben to‘rt o‘g‘il ko‘rdi. Ularning ismlari Xano‘x, Palluv, Xazron va Karmi edi.
4 Yo‘elning nasli quyidagilardan iborat edi: Yo‘elning o‘g‘li — Shamayo, Shamayoning o‘g‘li — Go‘g, Go‘gning o‘g‘li — Shimax,
5 Shimaxning o‘g‘li — Mixo, Mixoning o‘g‘li — Rayo, Rayoning o‘g‘li — Baal
6 va Baalning o‘g‘li — Berax. Ossuriya shohi Tig‘latpilasar Beraxni asir qilib, olib ketgan edi. Berax Ruben qabilasining yo‘lboshchisi edi.
7 Ruben qabilasining quyidagi urug‘boshilari ham nasabnoma ro‘yxatida qayd etilgan: Yaviyol, Zakariyo
8 va Belax. Belax Azazning o‘g‘li, Shemaning nevarasi va Yo‘elning evarasi edi. Ular Aror shahrida hamda shimoldagi Navo va Baal– Miyonga qadar cho‘zilgan yerlarda yashadilar.
9 Ularning Gilad yeridagi podasi haddan tashqari ko‘p bo‘lgani uchun ular sharqdagi sahrogacha bo‘lgan hamma yerlarni egallab olgan edilar. Bu sahro Furot daryosigacha cho‘zilgan edi.
10 Ruben nasli shoh Shoul davrida Hojar urug‘iga qarshi urush ochdi. Ularni mag‘lub qilib, Giladning sharqidagi hamma yerlarini egallab oldi.
11 Gad qabilasi Bashan yerlarida, Ruben qabilasining shimolida yashagan edi. Ularning hududi Salko shahriga qadar cho‘zilgandi.
12 Yo‘el Bashan yerida yo‘lboshchi edi, uning o‘ng qo‘l yordamchisi Shofom edi, Yanay va Shofot urug‘boshilar edilar.
13 Gad qabilasining qolgan a’zolari quyidagi yetti urug‘ga tegishli edi: Mikoyil, Mashullom, Sheba, Yo‘ray, Yaqan, Ziya va Ibir.
14 Bular Abuhayilning o‘g‘illari bo‘lib, ularning yettinchi avlodigacha bo‘lgan ajdodlari quyidagilar edilar: Xuri, Yoro‘vax, Gilad, Mikoyil, Yashishay, Yaxdu va Buz.
15 Go‘noning nevarasi, Abdil o‘g‘li Oxi bu urug‘larning yo‘lboshchisi edi.
16 Gad qabilasi Giladda, Bashanda va o‘sha yerdagi shaharlarda hamda Sharondagi butun yaylovlarda istiqomat qilardi.
17 Bu ma’lumotlarning hammasi Yahudo shohi Yo‘tom va Isroil shohi Yorubom hukmronligi davrida nasabnomaga kiritilgandi.
18 Ruben, Gad qabilalarining va Manashe qabilasi yarmining qilich va qalqon bilan qurollangan kamonchilardan iborat 44.760 ta jang qilishga tayyor, mohir sipohi bor edi.
19 Ular Hojar urug‘iga, Yatur, Nofish va Nadav qabilalariga hujum qildilar.
20 Jang paytida bu sipohlar Xudoga iltijo qildilar. Ular Xudoga inonganlari uchun Xudo iltijolariga javob berib, Hojar urug‘ini va barcha ittifoqchilarini ularning qo‘liga berib, mag‘lub qildi.
21 Ular dushmanning chorvasidan 50.000 tuya, 250.000 qo‘y, 2.000 eshakni o‘lja oldilar va 100.000 odamni asir qildilar.
22 G‘animning ko‘pchiligi jangda qirilib ketgandi, chunki Xudoning O‘zi ularga qarshi jang qilgan edi. Ruben va Gad qabilalari hamda Manashe qabilasining yarmi surgungacha o‘sha yerlarda yashab qoldilar.
23 Manashe qabilasining yarmi Baal–Xermon, Sanir va Xermon tog‘iga qadar cho‘zilgan Bashan yerlarida joylashib, ko‘paydi.
24 Qabilaning urug‘boshilari quyidagilar edi: Ifar, Yishi, Eliel, Ozriyol, Yeremiyo, Xo‘daviyo va Yaxdiyol. Ular bahodir jangchilar bo‘lib, o‘z urug‘larining mashhur boshliqlari edilar.
25 Ruben va Gad qabilalari hamda Manashe qabilasining yarmi ota–bobolarining Xudosiga qarshi gunoh qildilar. Ular Xudoga bevafolik qilib, Xudo qirib yuborgan o‘sha yurtdagi xalqlarning xudolariga sig‘ina boshladilar.
26 Shuning uchun Isroil xalqining Xudosi Ossuriya shohi Pulni, ya’ni Tig‘latpilasarni yuborib, Ruben, Gad qabilalarini va Manashe qabilasining yarmini mag‘lub qildi. Shox Pul ularni asir olib Xalax, Xavor va Xara hududlariga hamda Gozan daryosining bo‘ylariga surgun qildi. Ular bugungacha o‘sha yerlarda istiqomat qilib kelyaptilar.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак