Solnomalar (birinchi kitob) 27 bob

1 Isroildagi harbiy tuzum. 16 Isroil qabilalarining yo‘lboshchilari. 25 Shoh mulkini boshqaruvchilar. 32 Dovudning shaxsiy maslahatchilari.

1 Quyida Isroil xalqining urug‘boshilari, mingboshilari va yuzboshilarining, shuningdek, ularning sardorlari ro‘yxati berilgan. Bu sardorlar shohning xizmatida bo‘lib, har yili bir oy davomida vazifasini o‘tayotgan harbiy qismlar uchun mas’ul edilar. Har bir qism 24.000 odamdan tashkil topgan edi.
2 Birinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Zabdiyol o‘g‘li Yoshuvam edi.
3 Yoshuvam Paraz naslidan edi.
4 Ikkinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Oxo‘va urug‘idan bo‘lgan Do‘day edi. Do‘dayning o‘ng qo‘l yordamchisi Mixlo‘t edi.
5 Uchinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Binayo edi. U ruhoniy Yohayidoning o‘g‘li bo‘lib,
6 “O‘ttizta qahramon” orasidagi bahodir jangchi edi. “O‘ttizta qahramon”ning sardori ham ana shu Binayo edi. Binayoning o‘g‘li Omizabod qismning bosh qo‘mondoni edi.
7 To‘rtinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Yo‘abning ukasi Osoyil edi. Osoyildan keyin o‘g‘li Zabadiyo otasining o‘rnini egalladi.
8 Beshinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Shamhut edi. U Yizro urug‘idan edi.
9 Oltinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Taxuvalik Ixesh o‘g‘li Ero edi.
10 Yettinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Palonlik Xalez edi. U Efrayim qabilasidan edi.
11 Sakkizinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Xushalik Sibbaxay edi. Sibbaxay Zerax urug‘idan edi.
12 To‘qqizinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Onoto‘tlik Abuazar edi. Abuazar Benyamin qabilasidan edi.
13 O‘ninchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Natufolik Maxray edi. Maxray Zerax urug‘idan edi.
14 O‘n birinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Piratonlik Binayo edi. Binayo Efrayim qabilasidan edi.
15 O‘n ikkinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Natufolik Xalday edi. Xalday O‘tniyol urug‘idan edi.
16 Isroil qabilalarining yo‘lboshchilari quyidagilar edi: Ruben qabilasining yo‘lboshchisi — Zixri o‘g‘li Eliazar, Shimo‘n qabilasining yo‘lboshchisi — Maxo o‘g‘li Shafatiyo,
17 Levi qabilasining yo‘lboshchisi — Kamuvol o‘g‘li Xashaviyo, Horun naslining yo‘lboshchisi — Zodo‘x,
18 Yahudo qabilasining yo‘lboshchisi — Dovudning akasi Elixu, Issaxor qabilasining yo‘lboshchisi — Mikoyil o‘g‘li Omri,
19 Zabulun qabilasining yo‘lboshchisi — Obodiyo o‘g‘li Yishmayo, Naftali qabilasining yo‘lboshchisi — Ozriyol o‘g‘li Yarimo‘t,
20 Efrayim qabilasining yo‘lboshchisi — Ozaziyo o‘g‘li Xo‘sheya, G‘arbdagi Manashe qabilasining yarmiga yo‘lboshchi — Podiyo o‘g‘li Yo‘el,
21 Giladdagi Manashe qabilasining yarmiga yo‘lboshchi — Zakariyo o‘g‘li Eddo, Benyamin qabilasining yo‘lboshchisi — Abnur o‘g‘li Yasiyol,
22 Dan qabilasining yo‘lboshchisi — Yeroxam o‘g‘li Ozariyol. Isroil qabilalarining yo‘lboshchilari ana shulardan iborat edi.
23 Dovud Isroil xalqini sanab chiqqanda, yigirma yoshdan pastini ro‘yxatga kiritmagan edi, chunki Egamiz: “Isroil xalqini osmondagi yulduzlar kabi ko‘paytiraman”, deb va’da bergan edi.
24 Zeruya o‘g‘li Yo‘ab xalqni sanashni boshlagandiyu, lekin oxiriga yetkazmagandi. Xalq sanalgani uchun Egamiz Isroilga g‘azabini sochgandi. Shu sababdan bu sanoqning natijasi shoh Dovudning yilnomasiga kiritilmadi.
25 Odil o‘g‘li Ozmobit saroy xazinaboni edi. Uzziyo o‘g‘li Yo‘natan tuman xazinaboni edi. U shahar atrofidagi, shaharlardagi, qishloqlardagi va qal’alardagi xazinalar uchun mas’ul edi.
26 Xalub o‘g‘li Ezri yerga ishlov beradigan dehqonlar uchun mas’ul edi.
27 Ramalik Shimax uzumzorlar uchun mas’ul edi. Shafomlik Zabdi sharob omborlari uchun mas’ul edi.
28 Gederlik Baalxanon Yahudo qir etaklaridagi zaytunzorlar va shikamora–anjirzorlar uchun mas’ul edi. Yo‘sh zaytun moyi omborlari uchun mas’ul edi.
29 Sharonlik Shitray Sharon tekisligida boqiladigan podalar uchun mas’ul edi. Adlay o‘g‘li Shofot vodiylarda boqiladigan podalar uchun mas’ul edi.
30 Ismoil urug‘idan Obil tuya podalari uchun mas’ul edi. Mirono‘tlik Yoxidayo eshak podalari uchun mas’ul edi.
31 Hojar urug‘idan Yoziz qo‘y suruvlari uchun mas’ul edi. Ana shularning hammasi shoh Dovud mulkini nazorat qilar edilar.
32 Dovudning amakisi Yo‘natan donishmand odam bo‘lib, maslahatchi va tafsirchi edi. Xaxmo‘n o‘g‘li Yoxiyol shoh o‘g‘illarining murabbiysi edi.
33 Oxito‘fel shohning maslahatchisi edi. Orx urug‘idan Xushay shohning do‘sti edi.
34 Oxito‘feldan keyin uning o‘rniga Binayo o‘g‘li Yohayido va Abuatar maslahatchi bo‘ldi. Yo‘ab shoh qo‘shinining lashkarboshisi edi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18