Solnomalar (birinchi kitob) 17 bob

1 Natan payg‘ambar Dovudga xabar beradi. 16 Dovud shukrona aytib ibodat qiladi.

1 Dovud o‘z saroyiga o‘rnashib olgach, Natan payg‘ambarga dedi: — Qarang, men sadr yog‘ochidan qurilgan uyda yashayapman, Egamizningahd sandig‘i esa chodirda turibdi.
2 — Ko‘nglingda nima bo‘lsa, shuni qilaver, Xudo sen bilan, — dedi Natan.
3 O‘sha kuni kechasi Natanga Egamizning so‘zi ayon bo‘ldi:
4 — Qulim Dovudning oldiga borgin–da, unga shu gaplarni yetkaz: “Egam shunday demoqda: Istiqomat qilishim uchun uyni Menga sen qurmaysan.
5 Isroil xalqini Misrdan olib chiqqanimdan to shu kungacha biror uyda yashagan emasman. U yerdan bu yerga ko‘chib, chodirda maskan qilib yurdim.
6 Men hech qachon Isroil xalqining rahnamolariga — xalqimning cho‘ponlariga shikoyat qilmadim. Hech qachon ularning birortasiga: “Nima uchun menga sadr daraxti yog‘ochidan uy qurib bermadingizlar?” deb aytmadim.”
7 — Endi qulim Dovudga ayt: “Sarvari Olam shunday demoqda: Men seni yaylovlardagi qo‘y suruvi orasidan tanlab olib, xalqim Isroilga rahnamo qildim.
8 Qayerga borsang, sen bilan bo‘ldim, hujum qilganingda, hamma g‘animlaringni yo‘q qildim. Endi sening nomingni olamdagi ulug‘ odamlarning nomi singari mashhur qilaman.
9 Xalqim Isroilga ilk hakamlarni tayinlaganimdan buyon vijdonsiz odamlar xalqimni ezib keldilar. Endi xalqim Isroil uchun bir yurt tayin etib, ularni o‘sha yerga o‘tqazaman. Ular o‘z yurtida istiqomat qilishadi, boshqa behalovat bo‘lishmaydi.
10 Hamma g‘animlaringni senga bo‘ysundiraman. Men, Egang, sen uchun bir xonadon barpo etaman, deb aytmoqdaman.
11 Sen olamdan o‘tib, ota– bobolaring yoniga dafn qilinganingdan keyin ham, o‘g‘illaringdan birini shoh qilib, uning shohligini mustahkamlayman.
12 Menga atab uyni u quradi. Men esa uning taxtini to abad mustahkam qilaman.
13 Men unga ota bo‘laman, u esa Menga o‘g‘il bo‘ladi. Men sendan oldingi shohni inoyatimdan mahrum qilgan edim. Lekin o‘g‘lingdan hech qachon marhamatimni darig‘ tutmayman.
14 Men uni O‘z xonadonim va shohligim ustiga abadiy o‘tqazaman, uning taxti to abad mustahkam bo‘ladi.”
15 Xudo ayon qilganlarning hammasini Natan Dovudga aytdi.
16 Shundan keyin shoh Dovud Egamizning huzurida o‘tirib, shunday ibodat qildi: “Ey, Parvardigor Egam! Men kim bo‘libman, xonadonim nima bo‘libdiki, Sen meni bu qadar ulug‘lading?!
17 Buning ustiga, ey Xudo, Sen kelajak zamonda yuz beradigan voqealarni xabar qilding. Bu qulingning xonadoni uchun ko‘p va’da berding. Nazaringda meni ulug‘ odamday bilding, ey Parvardigori Egam!
18 Sen bu qulingni shuhratga erishtirding, Senga bundan ortiq nima ham deya olardim?! Axir, bu qulingni bilasan–ku.
19 Ey Egam, Sen bu qulingning haqi–hurmati uchun O‘z xohishingga muvofiq, shunday ulug‘vor ish qilding. Bu buyuk va’dalaringni bizga ayon qilding.
20 Senga o‘xshagan boshqa xudo haqida hech qachon eshitmaganmiz. Sening aslo o‘xshashing yo‘q, Ey Egam, Sendan o‘zga Xudo yo‘q!
21 Xalqing Isroilga o‘xshashi yo‘q! Ey, Xudoyim, boshqa qaysi xalqni Sen qullikdan xalos qilib, O‘zingning xalqing qilding?! Sen O‘z xalqingni Misrdan olib chiqib, butun olamga shuhratingni yoyding. Buyuk va ajoyib ishlaring bilan xalqing oldidan begona xalqlarni quvding.
22 Xalqing Isroilni to abad O‘zingning xalqing qilding. Ey Egam, Sen ularning Xudosi bo‘lding.
23 Ey Egam! Bu qulingga va uning xonadoniga qarata aytgan so‘zingda to abad tur, bergan va’dangni bajar,
24 toki odamlar, Sarvari Olam — Isroilning Xudosi ekan, deb nomingni to abad maqtab yursinlar. Ha, quling Dovudning xonadonini O‘zing har doim mustahkam qilgin.
25 Zotan Sen, ey Xudoyim, bu qulingga, sening xonadoningni barpo etaman, deb ayon etgansan! Shu sababdan bu quling Senga ibodat qilishga jur’at etdi.
26 Ey Egam! Sen — Xudosan. Sen bu qulingga ana shunday ezgu narsalarni va’da qilgansan.
27 Agar O‘zing ma’qul ko‘rsang, bu qulingning xonadoniga marhamat qilgin, toki Sening huzuringda to abad tursin. Zotan Sen marhamat qilgan xonadon abadiy marhamatli bo‘lgay.”


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18