Ishayo 10 bob

5 Xudo takabbur Ossuriyani ham hukm qiladi. 15 Ishayoning Ossuriya shohiga javobi. 20 Xudo O‘z xalqini tinchlantiradi.

1 Ey siz, yovuz farmonlar chiqaradiganlar, Qonunlar yozib, jabr keltiradiganlar.
2 Kambag‘alni adolatdan mahrum qilyapsiz, Mazlum xalqimni talayapsiz, Ovingiz bo‘layotir bevalar, O‘ljangiz bo‘layotir yetimlar.
3 Qiyomat kuni kelganda, siz nima qilasiz? Uzoqdan balo kelganda, nima qilasiz? Yordam so‘rab kimga qochib borasiz?! Boyligingizni qayerga olib ketasiz?!
4 Yo‘q, asir bo‘lib yiqilib qolasiz, Yo jasadlar tagida qolib ketasiz. Ammo shunday bo‘lsa ham, Egam tushmas g‘azabidan, Uning qo‘li hamon Isroilga qarshi ko‘tarilgan.
5 Egam aytar: “Mana Ossuriya! G‘azabimning hassasi! Uning qo‘lidadir qahrimning tayog‘i!
6 Men uni shakkok elga qarshi yuboraman, G‘azabimni o‘sha xalqqa qarshi sochaman, Ovlab, o‘lja qil, deb unga amr qilaman. Xalqlarni loyday oyoq osti qiladi u.
7 Uning fikri–yodi Xalqlarni qirib tashlashdir, Bitta qo‘ymay ularni yo‘q qilishdir. Ammo Ossuriya faqat buni xayol qilmagan, Bular haqida o‘ylamas ham.
8 Ossuriya shohi shunday o‘ylaydi: ‘Lashkarboshilarim shohlar emasmi?!
9 Xalno shahrini Karxamish shahriday vayron qilmadikmi?! Xomat ham Arpadday quladi–ku! Samariya Damashq kabi emasmi?!
10 Olganimday behuda butlar shohliklarini, Olaman Quddusu Samariyaning sanamlarini.
11 Ne qilgan bo‘lsam Samariya va uning sanamlarini, Shunday qilaman Quddusu uning butlarini.’”
12 Ammo Sion tog‘ida va Quddusda Rabbiy hamma ishlarini tugatib bo‘lganda, shunday deydi: “Ossuriya shohi bilan uning takabburligi, kiborlarcha boqishlari natijasiga qarab, hisob– kitob qilaman.
13 Ossuriya shohi shunday degan edi: ‘O‘z kuchim bilan bularni amalga oshirdim, Donoligim bilan qildim, axir, idrokliman. Xalqlarning chegarasini yo‘q qildim, Ularning xazinalarini o‘lja qilib oldim. Qudratli shohlarini taxtdan uloqtirdim.
14 Qush iniga qo‘l suqib tuxum yiqqan kabi, Xalqlarning boyliklarini to‘pladim. Tashlab ketilgan tuxumlarni qanday to‘plasalar, Jamiki yurtlarni men shunday yig‘ib oldim. Yo qanot qoqqan, og‘zin ochgan, Yo ovozin chiqargan birov bo‘lmadi.’”
15 Bolta maqtanarmi uni ishlatganga?! Arra o‘zini maqtaydimi uni qo‘lga olganga?! Kaltak ushlaganni kaltakning o‘zi ko‘taradimi?! Hassa o‘zini ushlaganni ko‘taradimi?!
16 Shu bois Sarvari Olam — Rabbiy Og‘ir xastalikni yuborar pahlavonlaringiz orasiga. Ular avjda ekan, badanidan o‘t chiqadi, Ular go‘yo lov–lov etib yonadi.
17 Shunda Isroilning nuri yolqin bo‘ladi, Isroil xalqining muqaddas Xudosi olov bo‘ladi. Olov yondirib, tikanzoru changalzorlarini Bir kunda yamlab yutadi.
18 Uning o‘rmonlarining faxri Va unumdor dalalari Og‘ir xastalikka yo‘liqqan insonday, Tamomila xarob bo‘ladi.
19 Shunchalik oz qolarki o‘rmonidagi daraxtlar, Hattoki yosh bola ham ularni sanay oladi.
20 O‘sha kuni Isroilning qolgan–qutgani, Yoqub xonadonining qutulganlari Boshqa suyanmaydi o‘z zulmkorlariga, Ular sadoqat bilan tayanadi Isroil xalqining muqaddas Xudosi — Egamga.
21 Yoqub naslining qutulganlari, omon qolganlari Qaytadi Qudratli Xudoga.
22 Ey Isroil, sening xalqing Dengiz qumiday ko‘p bo‘lgan bo‘lsa ham, Endi ulardan bor–yo‘g‘i sanoqli odamlar qaytadi. Zero, “Qirg‘in bo‘lsin”, deya qaror qilingan, Xudo odil hukmni O‘z xalqining boshiga soladi.
23 Shubhasiz, butun yer yuzida qiyomat bo‘ladi, zotan, Sarvari Olam — Rabbiy shunday qaror qilgan.
24 Shu bois Sarvari Olam — Rabbiy shunday aytmoqda: “Ey xalqim, Quddus ahli! Misrliklar kabi Ossuriyaliklar sizlarga tayoq ko‘taradilar, sizlarni qamchi bilan uradilar.
25 Ammo hademay g‘azabimni bosaman, ulardan qo‘rqmanglar. Endi Ossuriyaliklarga qahrimni sochib, ularni qiraman.
26 Ha, Midiyonlarni Oriv qoyasida shunday qirgan edim. Hassamni ko‘tarib, Misr lashkarini dengizda g‘arq qildim. Endi xuddi shunday qilib, Men, Sarvari Olam, ularga qarshi qamchimni ko‘taraman.
27 O‘sha kuni Ossuriyaning yukini yelkangizdan uloqtiraman. Uning bo‘yinturug‘i bo‘yningizdan olib tashlanadi. Ha, bo‘yinturuq yo‘q qilinadi, chunki sizlar kuchga to‘ldingiz.”
28 Ossuriya lashkari Oyaz shahriga keldi, Migron bo‘ylab o‘tdi, Qurol–aslahasini Mixmashda shay qildi.
29 Ular G‘ibo so‘qmog‘ini kesib o‘tdilar–u, Rama xalqi vahimaga tushib qoldi, Ular Shoulning shahri Givoda omonat to‘xtadi– yu, Shahar ahli qochib ketdi.
30 Faryod qiling, ey Galim ahli! Eshit, ey Laysho! Ey sho‘rlik Onoto‘t!
31 Madmenax ahli qochib ketdi, Gebim ahli, panoh topay, deb uchib ketdi.
32 O‘sha kuni u Nav shahrida turadi. Quddus shahri joylashgan tepalik — Aziz Sion tog‘iga qarab qo‘l ko‘taradi.
33 Qara, Sarvari Olam — Rabbiy Qudratli kuchi ila shoxlarni kesib tashlaydi, Baland daraxtlarni qirqib tashlaydi, Yuksalganlarini yerga uradi.
34 U bolta bilan kesib tashlaydi o‘rmondagi changalzorni, Qudratli Xudo qulatib yuboradi Lubnon daraxtlarini.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак