Ishayo 5 bob

1 Uzumzor qo‘shig‘i. 8 Ishayo adolatsizlikni qoralaydi. 26 Xudo Isroilga hujum qilsin, deb boshqa xalqlarni olib keladi.

1 Qo‘shiq aytay suyukligimga, Aytay muhabbat qo‘shig‘imni Uning uzumzori haqida. Suyganimning uzumzori bor edi Tuprog‘i unumli tepalikda.
2 Yerni ag‘darib, toshlardan tozaladi, O‘tqazdi eng sara uzum tokini, Qorovul minorasini o‘rtaga qurdi. Yana uzum siqishga hozirlik ko‘rdi, Uzumlarning pishishini u kutdi, Ammo hosil ituzum bo‘ldi.
3 Endi, ey Quddus ahli, Yahudo xalqi, Hakam bo‘ling Men bilan uzumzorim o‘rtasida.
4 Yana nima qilishim kerak edi uzumzor uchun? Unga qilmaganim yana ne qoldi?! Uzumlarning pishishini kutganimda, Nega hosil ituzum bo‘ldi?!
5 Endi Men sizlarga aytaman Nima qilishimni uzumzorimni. Chetan devorini olib tashlayman, Hamma bor narsasi yeb bitirilsin. Uning devorini buzib tashlayman, Uzumzorim payhon qilinsin.
6 Men uni xarobazor qilaman, Endi toklarim butalmaydi, Yeri hech yumshatilmaydi. Tikanlar, changalzor bilan qoplansin, Bulutlarga ham amr beraman, Uzumzorimga yomg‘ir yog‘dirmasin.
7 Sarvari Olamning uzumzori — Isroil xonadoni, Egamning xush ko‘rgan ko‘chati — Yahudo odamlari. Ulardan to‘g‘rilik kutgandi, qotillik ko‘rdi, Ulardan adolat kutgandi, faryod eshitdi.
8 Ey ko‘plab uy sotib oladiganlar! Holingizga voy! Ey dalasiga yana dala qo‘shib oladiganlar! Holingizga voy, Ha, boshqalarga joy qoldirmaysiz, Endi bu yurtda yolg‘iz o‘zingiz qolib ketasiz.
9 Sarvari Olamning so‘zi ayon bo‘ldi menga: “Ko‘plab uylar, shubhasiz, xarob bo‘ladi, Katta, chiroyli uylar kimsasiz qoladi.
10 Yigirma tanob uzumzor ikki ko‘za sharob beradi, O‘n savat urug‘ arang bir savat hosil beradi.”
11 Holingizga voy, ey erta tongda turib, O‘tkir ichimlik ortidan quvadiganlar! Holingizga voy, ey tunda allamahalgacha Sharob ichib qiziydiganlar!
12 Ziyofatlaringizda lira, arfa, Childirma, nay chalinar, sharob ichilar! Biroq Egamning ishlarini anglamaysizlar, Uning qo‘llari ijodini ko‘rmaysizlar!
13 Shu bois, xalqim Meni bilmagani tufayli surgunga ketdi. Amaldorlari ochlikdan o‘lib ketdi, Ko‘plari tashnalikdan o‘rtanib yondi.
14 Ha, behad ochilib ketdi O‘liklar diyorining ishtahasi, Cheksiz ochilib ketdi uning og‘zi, Tushib ketdi u yerga Quddusning obro‘si, O‘liklar diyoriga ketdi ko‘p odami, Shovqin–suroni, yuksalgani ham.
15 Shunday qilib, inson past ketdi, Odamzod tiz cho‘ktirildi, Kiborlilarning ko‘zlari yerga qaradi.
16 Biroq Sarvari Olam adolati ila yuksaladi. Mana, muqaddas Xudo solihligi ila Muqaddasligini ko‘rsatdi.
17 Qo‘zilar o‘tlaydi endi o‘zlarining Yaylovida o‘tlaganday, Sarson bo‘lib yurgan bo‘rdoqilar yeb to‘yadi vayronalarda.
18 Holingizga voy! Ey yolg‘onni arqon qilib Ayblarini tortib keladiganlar! Ey aravaning arqoni bilan Gunohlarini sudrab keladiganlar!
19 Sizlar aytasiz: “Qani, tez bo‘lsin, Qiladiganini darrov qilsin, Toki biz buni ko‘raylik. Isroil xalqining muqaddas Xudosining maqsadi Zudlik bilan amalga oshsin, Toki biz buni bilib olaylik.”
20 Holingizga voy, ey yomonni yaxshi, Yaxshini yomon deb aytadiganlar, Zulmatni nur bilan, Nurni esa zulmat bilan almashtiradiganlar! Ey achchiqni shirin, Shirinni achchiq deydiganlar!
21 Holingizga voy, ey o‘zini dono deb bilganlar, O‘zlarini idrokli deb hisoblaganlar!
22 Holingizga voy, ey sharob ichishda Qahramon bo‘lganlar, Ichkilikni aralash–quralash ichishda Bahodirlik ko‘rsatganlar.
23 Pora evaziga aybdorni haq deb topganlar, Solihlarning to‘g‘riligini inkor qiladi ular!
24 Shu bois alanganing tili somonni yutganday, Ularning ildizi chirib ketadi, Quruq xashak olovda kuyib bitganday, Ularning g‘unchasi changday uchib ketadi. Sarvari Olamning ta’limotini ular rad qildi, Isroil xalqining muqaddas Xudosining so‘zidan nafratlandi.
25 Ha, Egamning g‘azabi O‘z xalqiga qarshi alangalandi, U xalqqa qarshi qo‘l ko‘tarib, ularni urdi. Shunda tog‘lar larzaga keldi, Ko‘chalarda jasadlari axlat bo‘ldi. Shunda ham Egam g‘azabidan tushmadi, Uning qo‘li hamon Isroilga qarshi ko‘tarilgancha turardi.
26 Uzoqdagi xalqlarga U belgi beradi, Yerning chetidagi xalqlarga ishora yuboradi. Ana, ular kelayotir bu yerga tez, shiddat ila!
27 Ular na charchaydi, na yiqiladi, Na mudraydi, yo na uxlaydi, Na kamari bo‘shaladi, Na chorig‘ining iplari uziladi.
28 Ularning o‘qlari o‘tkirlangan, Hamma yoylari tortib bog‘langan, Otlarining tuyoqlari chaqmoqtoshga o‘xshar, Aravalarining g‘ildiraklari quyun kabidir.
29 Ular sherga o‘xshab bo‘kiradi, Shervachcha kabi o‘kiradi, O‘kirib, o‘ljasini ushlaydi, olib ketadi, Hech kim uni qutqarib ololmaydi.
30 O‘sha kuni guvullagan dengizga o‘xshab Yurt uzra o‘kirish eshitiladi. O‘sha yurtga nazar soladi. Ana zulmat, mana kulfat, Bulutlar tufayli nur xira bo‘ldi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак