Ishayo 37 bob

1 Shoh Hizqiyo Ishayodan maslahat so‘raydi. 8 Ossuriyaliklarning maktubi. 21 Ishayo shoh Hizqiyoga Xudoning so‘zini yetkazadi.

1 Shoh Hizqiyo bularni eshitgach, qayg‘udan liboslarini yirtdi. Qanorga o‘ranib, Egamizning uyiga bordi.
2 Hizqiyo bosh vazir Eliyaqimga, kotib Shavna va oqsoqol ruhoniylarga, qanorga o‘raninglar, dedi–da, ularni Omiz o‘g‘li Ishayo payg‘ambar oldiga yubordi.
3 Ular Ishayoga shunday dedilar: — Hizqiyo aytyaptiki: “Bugun jafo chekyapmiz, tanbeh eshityapmiz, sharmanda bo‘lyapmiz. Biz ko‘zi yoriyotgan, lekin tug‘ish uchun madori qolmagan ayolga o‘xshaymiz.
4 Balki Ossuriya mulozimining so‘zlarini Egang Xudo eshitar. Barhayot Xudoni tahqirlasin, deb Ossuriya shohi o‘zining mulozimini yuboribdi. Balki Egang Xudo eshitib, bu so‘zlar uchun uni jazolar. Endi yurtda qolgan xalq uchun iltijo qil.”
5 Shoh Hizqiyoning a’yonlari Ishayoning oldiga kelganda,
6 Ishayo ularga shunday dedi: — Shohingizga shu gaplarni yetkazinglar: “Egamiz shunday aytmoqda: ‘Ossuriya shohining qullari Meni haqoratlab aytgan so‘zlaridan qo‘rqma.
7 Men Ossuriya shohiga bir ruh yuboraman. Shoh bir mish–mishni eshitib, o‘z yurtiga qaytib ketadi. Unga o‘z yurtida ajal keltiraman.’”
8 Ossuriya shohi Sanxarivning Laxish shahridan ketganini shohning mulozimi eshitdi. Keyin u ham qaytib ketdi. Shohni Libna shahriga qarshi urishayotgan yerida topdi.
9 Sanxariv: “Habashiston shohi Tirxoqo sen bilan urush qilgani otlandi”, degan bir xabarni eshitdi. U bu gapni eshitib, Yahudo shohi Hizqiyoga elchilar orqali shu gapni yetkazdi:
10 “Umid qilgan Xudoying, ‘Quddus Ossuriya shohiga taslim bo‘lmaydi’, deb seni aldamasin.
11 Mana, o‘zing eshitgansan–ku! Ossuriya shohlari hamma yurtlarni yer bilan yakson qilgan. Endi sen qutulaman, deb o‘ylayapsanmi?!
12 Otalarim qancha xalqlarni xonavayron qildi. Ularni xudolari qutqarmadi–ku! Gozan, Xoron, Razaf aholisi, Talassarda yashagan Eden xalqlari qutula oldimi?!
13 Qani, ayt–chi, Xomat shahrining shohi qani endi?! Arpad, Sefarvayim, Xana, Ivvax shaharlarining shohlari qani?!”
14 Hizqiyo xabarchilarning qo‘lidan maktubni olib o‘qigach, Egamizning uyiga kirdi. Maktubni Egamizning oldida yoydi.
15 Keyin u Egamizga yolvorib ibodat qildi:
16 “Ey ikki karub orasida taxt qurgan Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam! Butun yer yuzidagi shohliklarning tanho Xudosi Sensan. Osmonni va yerni Sen yaratgansan.
17 Ey Egamiz! Quloq solib, eshit. Ey Egamiz, ko‘zlaringni ochib, qara. Sanxarivning hamma aytganlarini, u barhayot Xudoni qanday haqoratlaganini bilib qo‘y.
18 Ey Egamiz! Biz bilamizki, Ossuriya shohlari hamma xalqlarni va ularning yurtlarini vayron qilganlar.
19 O‘sha xalqlarning xudolarini olovda yoqib, yo‘q qilganlar. Chunki o‘sha narsalar xudolar emas, balki inson qo‘li bilan yog‘ochdan, toshdan yasalgan narsalar edi.
20 Ey Egamiz Xudo! Endi Sen bizni Sanxarivning qo‘lidan qutqargin. Toki butun yer yuzidagi shohliklar bilsin, Sen tanho Egamizsan!”
21 Omiz o‘g‘li Ishayo Hizqiyoga shunday xabar yubordi: “Isroil xalqining Xudosi — Egamiz aytmoqda: ‘Ossuriya shohi Sanxariv haqida qilgan iltijolaringni eshitdim.’
22 Egamiz unga qarshi shu so‘zlarni menga ayon qildi: ‘Bokira qiz Quddus sendan nafratlanadi, Ustingdan kuladi. Go‘zal Sion orqangdan masxara qiladi, Boshini chayqaydi.
23 Kimni haqorat qilding o‘zi? Kimni tahqirlading? Kimga qo‘rs gapirding? Kiborlarcha boqding, hey? Isroil xalqining muqaddas Xudosiga!
24 O‘z qullaring orqali Men, Rabbiyni haqorat qilding. O‘zing haqingda aytdingki: «Tog‘ cho‘qqilarini jang aravalari bilan zabt etdim. Lubnondagi inson qadami yetmagan joylarga yetib bordim. Eng baland sadr daraxtlarini, Eng a’lo sarv daraxtlarini qo‘pordim. Lubnonning eng uzoq tepaliklariga, Hatto eng qalin o‘rmonlariga yetib bordim.
25 Men quduqlar qazib, suvlaridan ichdim. Misrning hamma daryolarini Oyog‘im kafti bilan quritdim».
26 Eshitmaganmisan, ey Sanxariv, Ancha oldin mo‘ljallab qo‘ygan edim, Buni azaldan reja qilgan edim. Endi amalga oshirdim. Qal’alarni vayronaga aylantirsin, deb Men senga kuch berdim.
27 Qo‘l, qanoti qirqildi shahar ahlining, Vahimaga tushib, uyatga qoldilar. Ular dalada o‘sgan o‘t, yangi maysalardaydir. Tomlarda o‘sgan maysalarga o‘xshab, Yetilmasdan oldin qurib qoldilar.
28 Seni har tomondan bilaman, ey Sanxariv! Qachon urushga chiqib, Uyingga qachon qaytishingni ham bilaman. Bilaman: Mendan g‘azabdasan.
29 Mendan qattiq g‘azabdasan. Manmanliging qulog‘imga yetib keldi. Endi men burningdan halqamni, Og‘zingdan suvlig‘imni o‘tkazaman. Kelgan yo‘lingdan seni qaytarib olib ketaman.’
30 Ey Hizqiyo, mana bular sen uchun nishona bo‘ladi: bu yil o‘z–o‘zidan yerdan o‘sib chiqqanlarni tanovul qilasiz. Ikkinchi yil birinchisining o‘rnidan o‘sib chiqqanini yeysizlar. Uchinchi yil esa urug‘ ekib, hosil o‘rasiz. Uzumzorlar barpo qilib, mevasin tanovul qilasiz.
31 Yahudo xalqining qutulib qolganlari yana ildiz otadi, yuqorida meva beradi.
32 Xalqning qolgani Quddusdan, qutulganlari Sion tog‘idan keladi. Sarvari Olam O‘z g‘ayrati bilan buni amalga oshiradi.
33 Ossuriya shohi to‘g‘risida Egamiz shunday aytmoqda: ‘Sanxariv bu shaharga kirolmaydi, o‘qlar otolmaydi. Qalqoni bilan shaharga yaqinlashmaydi, shahar devoriga qiyalatib tuproq uydirmaydi.
34 Kelgan yo‘lidan qaytib ketadi, shaharga kirmaydi, — deb aytmoqda Egamiz.
35 — O‘zimning haqi–hurmatim, qulim Dovudning haqi– hurmati bu shaharni himoya qilib, saqlayman.’”
36 Egamizning farishtasi Ossuriyaliklarning qarorgohiga borib, 185.000 kishini o‘ldirdi. Mana, tong saharda ularning hammasi o‘lik jasad!
37 Ossuriya shohi Sanxariv qarorgohni tashlab, orqaga qaytdi. O‘z uyi Naynavoga qaytib, o‘sha yerda yashadi.
38 Sanxariv o‘z xudosi Nisroxning uyida sajda qilayotgan edi. O‘g‘illari Odrammalek bilan Sarizar unga bir qilich urib o‘ldirdi. Ikkovi ham Ararat yurtiga qochib ketdi. Sanxarivning o‘rniga o‘g‘li Isarxaddo‘n shoh bo‘ldi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак