Ishayo 45 bob

1 Shoh Kurush — Egamizning tanlagani. 14 Faqatgina Egamiz Xudo va najotkordir.

1 Egam aytar: “Men shoh Kurushning o‘ng qo‘lini kuchaytirdim. Xalqlarni unga itoat ettiray, deya Shohlarni qurolsizlantiraman. Uning oldida eshiklar ochiq turadi, Darvozalar yopilmaydi.” Egamiz O‘zining tanlagani — Kurushga shunday aytmoqda:
2 “Men O‘zim Sening oldingda boraman, Tog‘larni tekislikka aylantiraman, Bronza eshiklarni parchalayman, Temir tambalarni sindiraman.
3 Men Egang ekanligimni bilib olgin, Sening ismingni aytib chaqirayotgan Men Isroil xalqining Xudosi ekanligimni anglagin, deb Yashirib qo‘yilgan boyliklarni, Zulmatdagi xazinani senga beraman.
4 Qulim Yoqub haqi, O‘zim tanlagan Isroil haqi, Sening ismingni aytib chaqirdim. Senga nom ato qildim, Ammo sen Meni bilmaysan.
5 Men Egangman, boshqasi yo‘q, Mendan boshqa xudolar yo‘q! Senga madad beraman, Ammo Meni bilmaysan.
6 Mendan boshqa biri yo‘qligini Sharqu g‘arbda hamma bilsin, dedim. Men Egangman, boshqasi yo‘q!
7 Men yorug‘lik yarataman, zulmat bino qilaman, Farovonlik yuboraman, kulfat yog‘diraman. Men Egangman! Bularning hammasini Men qilaman!
8 Ey samolar, yuqoridan solihlik yog‘diring, Ha, solihlik bulutlardan quyilsin. Yer ochilib, najot kelib chiqsin, Solihlik bilan birga yashnasin. Men Egangizman! Men uni yaratganman.”
9 Holingizga voy! Ey Yaratuvchi bilan bahslashadiganlar! Tuproqdan yasalgan ko‘zayu xumlar! Axir, loy kulolga: “Nima qilyapsan?” deydimi?! “Yasayotgan narsangning qo‘llari yo‘q–ku!” deb aytadimi?!
10 Ey otasiga: “Nimaga tug‘diryapsiz?” degan bolalar! Onasiga: “Nimaga tug‘yapsiz?” degan farzandlar! Sizlarning holingizga voy!
11 Isroil xalqining muqaddas Xudosi, Uning Yaratuvchisi — Egamiz shunday aytmoqda: “Xo‘sh, endi O‘z farzandlarimning Taqdiri haqida Meni so‘roqqa tutasizmi?! O‘z qo‘llarim ijodi to‘g‘risida Menga ko‘rsatmalar berasizmi?!
12 Zaminni barpo qilgan, Yer yuzida insonni yaratgan Menman. Men O‘z qo‘lim bilan osmonni yoydim, Barcha samoviy jismlarga Men buyruq berdim.
13 Men O‘zim Kurushni qo‘zg‘atib, Unga g‘alaba beraman. Uning barcha yo‘llarini tekislayman. U Mening shahrimni quradi. Porayu mukofot olmasdan Mening asirlarimni qo‘yib yuboradi.” Sarvari Olam shunday dedi.
14 Egamiz aytmoqda: “Misrning boyliklari, Habashistonning tijorat foydalari seniki bo‘ladi! Savo yurtining baland bo‘yli odamlari senga keladi. Ular senga ergashadi. Zanjirband bo‘lib, senga ta’zim qiladi. Yolvorib: ‘Ha, Xudo sizning orangizda! Boshqa hech bir xudo yo‘q!’ deydi.”
15 Ey Isroil xalqining Xudosi — Qutqaruvchi! Haqiqatan ham, Sen O‘zini yashiradigan Xudosan.
16 But yasaydiganlar birgalikda uyatga qoldi. Hammasi sharmandayu sharmisor bo‘ldi.
17 Isroilni esa Egamiz qutqardi, To abad najot berdi! Sizlar sharmanda bo‘lmaysiz, To abad uyatga qolmaysiz!
18 Egamiz Samolarni yaratgan U Xudodir! U yerni barpo qilgan, mustahkamlagan. Yerni bo‘sh qilib emas, Yashashga loyiq qilib yaratgan. U shunday deb aytmoqda: “Men Egangizman, boshqasi yo‘q.
19 Men sizlarga yashirin joyda, Zulmatli yurtda gapirmadim. Men Yoqub nasliga: ‘Bo‘sh joylardan Meni qidiring!’ deb aytmadim. Men Egangizman. Haqiqatni aytaman, To‘g‘risini e’lon qilaman.
20 Ey xalqlarning omon qolganlari, Yig‘ilinglar, yaqinlashib, birga kelinglar! Yog‘och butlarini olib yuradiganlar, Qutqarmaydigan xudoga ibodat qiladiganlar Hech narsani anglab yetmaydilar.
21 Gapiring, isbot keltiring. O‘zaro maslahatlashing. Bu to‘g‘rida kim qadimdan xabar berdi? Azaldan kim aytib bergan edi? Men Egangiz emasmi?! Mendan boshqa xudolar yo‘q! Men odil Xudoman, Qutqaruvchiman! Mendan boshqasi yo‘q.
22 Menga yuz buring, najot topasiz, Ey zaminning barcha chetlari! Ha, Men Xudoman, boshqasi yo‘q.
23 O‘zim haqim ont ichdim, Og‘zimdan to‘g‘ri so‘z chiqdi, behuda ketmas. Chunki Mening oldimda har bir tizza cho‘kka tushadi, Har bir til Menga sadoqat qasamini ichadi.
24 Men haqimda: ‘Faqatgina Egamizda adolat, qudrat bor’, deb aytadilar. Mendan g‘azablanganlarning hammasi Menga keladilar, ular uyalib qoladilar.
25 Ammo butun Isroil nasli Men, Egasi tufayli najot topadi. Ular maqtovga sazovor bo‘ladi.”


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак