Ishayo 38 bob

1 Hizqiyo kasal bo‘lib qoladi.

1 O‘sha kunlari Hizqiyo qattiq kasal bo‘lib qoldi. Omiz o‘g‘li Ishayo uning huzuriga kelib, shunday dedi: “Egamiz shunday aytmoqda: ‘Tayyorgarligingni ko‘rib qo‘yaver, tuzalmaysan endi, o‘lasan.’”
2 Hizqiyo yuzini devorga burib, Egamizga yolvordi:
3 “Ey Egam! Esla! Doimo sodiqlik va butun qalbim bilan huzuringda yurdim! Ko‘z o‘ngingda o‘sha yaxshi ishlarni qildim.” Shunday deb achchiq–achchiq yig‘ladi.
4 Shundan keyin Ishayoga Egamizning quyidagi so‘zi ayon bo‘ldi:
5 “Borib, Hizqiyoga shunday deb ayt: ‘Bobong Dovudning Xudosi — Egamiz shunday aytmoqda: «Iltijolaringni eshitdim, ko‘z yoshlaringni ko‘rdim. Umringni yana o‘n besh yilga uzaytiraman.
6 O‘zingni va bu shaharni Ossuriya shohining qo‘lidan xalos qilaman. Ha, bu shaharni himoya qilaman.
7 Ey Hizqiyo! Mana senga Mendan nishona. Men, Egang, bergan va’damni bajaraman.
8 Mana qara! Botayotgan quyosh Oxozning zinapoyasiga soya tushirib turibdi. O‘sha soyani o‘n qadam orqaga surdiraman».’” Shunday qilib, soya o‘n qadam orqaga ketdi.
9 Shoh Hizqiyo sog‘aygandan keyin quyidagi she’rni yozdi:
10 Men aytdim: “Hayotim cho‘qqisida O‘liklar diyoriga boramanmi? Umrimning qolgani xazon bo‘lsinmi?
11 Men Egamni ko‘rmayman. Ha, Uni ko‘rmasman bu yorug‘ yer yuzida. Tirik zotlarni endi ko‘rmayman. Bu dunyodagilar bilan bo‘lmayman.
12 Cho‘ponning chodiri yig‘ilganiday Mening umrim uzildi, Mendan tortib olindi. Umrim to‘quvchining matosi kabi bitdi. Uning dastgohidagi ipday Mening umrim ham qirqildi. Ey Rabbiy, tunu kun meni qiynaysan.
13 Tonggacha faryod qildim, Sherday hamma suyaklarimni sindirasan. Ey Rabbiy, tunu kun meni qiynaysan.
14 Qaldirg‘ochu turnaday nola qildim, Musichaday oh–voh qildim. Yuqoriga qarayverib, ko‘zlarim toldi, Ey Rabbiy, ezildim, yordam ber menga!
15 Endi men nima desam ekan?! Egam menga nima aytgan bo‘lsa, Uning O‘zi o‘shani qildi. Jonim tortgan bu azoblar tufayli Umrim bo‘yi itoat etib yuraman.
16 Ey Rabbiy, Sening tarbiyang yaxshidir, Chunki u hayotu sog‘likka yetaklaydi. Sen menga sog‘ligimni qaytarding, Menga qayta hayot baxsh etding.
17 Mana, hamma qiyinchiligim Yaxshilikka aylandi. Qabrdan meni saqlading, Hamma gunohlarimni kechirding.
18 Axir, o‘liklar diyori Senga shukr qilmaydi, O‘lim Senga hamdu sano aytmaydi. Qabrga boradiganlar Sening sadoqatingdan umid qilmaydi.
19 Mana, men senga shukr aytmoqdaman. Axir, tiriklar, faqatgina tiriklar Senga shukr aytadilar–ku! Otalar o‘zlarining farzandlariga Sening sadoqatingni bildiradilar.
20 Egam meni qutqaradi. Butun umrimiz bo‘yi torli asboblar ila Egamning uyida biz kuylaymiz.”
21 Ishayo: “Anjir shirasini olib kelib, yaraning ustiga qo‘yinglar. Shunda Hizqiyo sog‘ayadi”, — degan edi.
22 Hizqiyo esa: “Egamizning uyiga borishimni qanday bilaman? Buni nima isbotlaydi?” — deb so‘ragandi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18