Ishayo 54 bob

1 Xudoning O‘z xalqiga bo‘lgan sevgisi. 11 Bo‘lajak Quddus.

1 Egam aytar: “Ey bola ko‘rmagan bepusht ayol! Shodlikdan hayqir! Ey to‘lg‘oq og‘rig‘ini bilmagan ayol! Sevinchdan hayqir! Axir, tashlab ketilgan ayolning bolalari Eri bor xotinnikidan ham ko‘proq bo‘ladi.
2 Chodiring joyini kengaytirgin, Chodiring pardalarini keng cho‘zdirgin! Hech narsani ayama! Arqonlaringni uzun tashlagin, Qoziqlaringni mahkam qoqqin!
3 Axir, mulking o‘ngu so‘lga kengayib ketadi. Avloding xalqlarni mulk qilib oladi, Ular tashlandiq shaharlarni to‘ldiradi.
4 Qo‘rqma, uyatga qolmaysan, Uyalma, sharmanda bo‘lmaysan! Axir, sen yoshligingdagi sharmandalikni unutasan, Bevaligingdagi sharmandalikni boshqa eslamaysan.
5 Zotan, Men, Yaratuvching, sening ering bo‘laman. Mening nomim Sarvari Olamdir! Men, Isroil xalqining muqaddas Xudosi, Qutqaruvchingman, Men butun yer yuzining Xudosi, deb atalaman.
6 Ey Isroil! Sen tashlab ketilgan, Ruhi azoblangan ayoldaysan. Rad etilgan, yosh xotindaysan. Ammo Men, Egang, seni chaqirib olaman, — demoqda Xudoying. —
7 Qisqa vaqtga Men seni tark etgandim, Buyuk shafqat ila seni qaytarib olaman.
8 Qattiq g‘azabda sendan bir lahzaga yuz o‘girgandim, Endi tuganmas mehr bilan senga rahm qilaman, — demoqda Qutqaruvching — Egamiz. —
9 Ha, Men uchun bu Nuh davri kabidir. Endi yer yuzini Nuh to‘foni kabi, Hech qachon suv bosmaydi, deb ont ichganman. Xuddi shunday qilib, yana ont ichaman: ‘Hech qachon sendan g‘azablanmayman, Senga jahl qilmayman!’
10 Tog‘lar o‘rnidan qo‘zg‘alsa ham, Tepaliklar tebransa ham, Mening sodiq sevgim sendan ketmaydi, Mening tinchlik ahdim o‘zgarmaydi, — demoqda seni sevguvchi — Egamiz. —
11 Ey mazlum shahar! Bo‘ronlarda qolding, ammo hech kim seni yupatmadi! Mana, Men firuza toshlar ishlatib, seni qayta quraman. Zangori yoqut toshlardan senga poydevor qo‘yaman.
12 Minoralaringni yoqutlardan quraman, Darvozalaringni gavharlardan qilaman, Barcha devorlaringni qimmatbaho toshlardan quraman.
13 Hamma bolalaringga Men, Egang, ta’lim beraman, Farzandlaringning tinchligi buyuk bo‘ladi.
14 Men seni dushmanlaringdan xalos qilganimda Sen bexatar bo‘lasan. Zulm sendan uzoqda bo‘ladi, Halokatdan qo‘rqmaysan, Chunki u senga yaqinlashmaydi.
15 Agar kimdir senga hujum qilsa, Bilginki, uni Men qilmagan bo‘laman. Senga hujum qilgan har kim mag‘lub bo‘ladi.
16 Temirchiga qara! U toshko‘mir cho‘g‘ini puflaydi, Ishi uchun asboblarini yasaydi. Uni Men yaratganman. Vayron qilsin, deb Bosqinchini ham Men yaratdim.
17 Senga qarshi yasalgan Hech qanday qurol g‘alaba qilmaydi. Sen bilan da’volashgan har bir odamning Da’volarini sen yo‘qqa chiqarasan. Ana shular Mening qullarimning ulushidir, Ularni Men oqlayman.” Egamizning kalomi shudir.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18