Ishayo 26 bob

1 Xudo O‘z xalqiga g‘alaba beradi. 20 Hukm va qayta tiklanish.

1 O‘sha kuni Yahudo yurtida ushbu qo‘shiq kuylanar: “Mana, shahrimiz qudratlidir! Egamiz bizning qal’amizdir, Uning O‘zi bizga najot beradi.
2 Oching shahar darvozalarini! Sadoqatli solih xalq ichkari kirsin!
3 Ey Egamiz, Senga ishonib, Fikri–zikri Sendan uzilmaydiganga O‘zing komil tinchlik ato qilasan.
4 Egamizga to abad ishon, Uning O‘zi abadiy Qoyamizdir.
5 Yuksalganlarni U yiqitdi, Takabbur shaharni vayron qilib, Yer bilan bitta qildi.
6 O‘sha shaharni mazlumlar oyoq osti qildi, U bechoralarning qadamlari ostida ezildi.”
7 Solihning yo‘li tekisdir, To‘g‘ri yo‘lni Sen unga tayyorlaysan.
8 Ey Egamiz, yo‘l–yo‘riqlaring ila Senga umid qilamiz. Sening nomingni sharaflash Ko‘nglimiz istagidir.
9 Tun bo‘yi yuragim Seni qo‘msaydi, Ha, men Senga intilaman. Yer yuzida Sening hukming bo‘lganda, Olam ahli adolatni biladi.
10 Fosiqlar marhamat ko‘rganda Ular aslo solihlikni o‘rganmas. Haqqoniylik o‘rniga ular egrilik qilaveradi, Sening ulug‘vorligingni ular ko‘rmaydi.
11 Ey Egamiz, qo‘ling ko‘tarilgan, Jazolashga tayyor, Ammo ular buni ko‘rmaydi. Xalqingni deb jon kuydirganingni ko‘rib, Ular sharmanda bo‘lsin. G‘animlaringga atalgan olov ularni yutsin.
12 Ey Egamiz, bizga Sen tinchlik ato etasan, Qilgan ishlarimizning barchasiga Yetishganmiz Sening qudrating ila.
13 Ey Egamiz Xudo, sendan boshqalar Ustimizdan hukmronlik qildilar, Ammo biz yolg‘iz Sening nomingni tilga olamiz.
14 O‘liklar yashamaslar, Ular aslo qaytib kelmas. Ularni Sen jazolab, qirib tashlading, Ularni tamomila xotiradan o‘chirding.
15 Ey Egamiz, xalqimizni Sen ko‘paytirding, Xalqni ko‘paytirib, O‘zing yuksalding, Yurtning barcha chegaralarini kengaytirding.
16 Ey Egamiz, kulfatda qolganlarida Ular Senga yuz burdilar, Sening tanqidlaring ostida egildilar.
17 To‘lg‘oq tutayotgan ayol og‘riqdan qichqirganday, To‘lg‘onib, dod–faryod qilganday, Biz ham Sening oldingda shunday bo‘ldik, ey Egamiz!
18 Homilador bo‘lib, dard tortdik, Ammo shamoldan boshqa hech narsa ko‘rmadik. Na yer yuzida biz g‘olib bo‘ldik, Na avlodlar dunyoga keltirdik.
19 Ammo Sening o‘lik xalqing tiriladi, Tanalari o‘rnidan turadi. Ey tuproq ostida yotganlar, qo‘zg‘aling, Shodlikdan hayqiring! Ey Egamiz, shabnaming tonggi shabnamga o‘xshaydi, Zamin murdalariga hayot bag‘ishlaydi.
20 Keling, ey xalqim, bir oz yashirinib turing! Egamizning g‘azabi bosilguncha, Kiring ichkariga, Ortingizdan eshiklarni yopib qo‘ying!
21 Ana, Egamiz kelayotir maskanidan Zamin ahlini gunohlari uchun jazolagani. Yer to‘kilgan qonlarni fosh etadi, Qotillik qurbonlarini endi yashirmaydi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18