Ishayo 51 bob

1 Xudo o‘z xalqiga tasalli beradi. 17 Quddusning azoblari tugaydi.

1 Egam aytar: “Ey najotga umid bog‘laganlar, Men, Rabbiyga intilayotganlar, Menga quloq soling! O‘zingiz kesib olingan qoyaga qarang, O‘zingiz qazib olingan konga qarang.
2 Otangiz Ibrohimga boqing, Sizni tuqqan Soraga qarang. Ibrohimni chaqirganimda, u yolg‘iz edi, Men unga baraka berib, ko‘paytirdim.
3 Mana, Men, Egangiz, Quddusga tasalli beraman, Uning barcha vayronalariga tasalli beraman. Uning sahrosini Adan bog‘iga aylantiraman, Uning cho‘lini Mening bog‘imday qilaman. U yerda shodlik, sevinch bo‘ladi, Shukronalik, qo‘shiq sadosi yangraydi.
4 Ey xalqim! Menga quloq soling! Quloq tuting Menga, ey elatim! Mana, ta’limot Mendan chiqib boradi, Birpasda adolatim xalqlarga nur bo‘ladi.
5 Mening najotim o‘z yo‘liga chiqdi, Men g‘alaba qozonadigan vaqt yaqinlashmoqda. Xalqlar orasida qo‘lim ila adolat o‘rnataman, Dengiz ortidagi yurtlar Menga umid bog‘laydi, Ular qo‘limning qudratidan umid qiladi.
6 Ko‘zlaringizni samolarga qarating, Pastga, yer yuziga nazar soling. Samolar tutun kabi yo‘qoladi, Zamin kiyim kabi to‘zib bitadi. Zamin ahli chivinday o‘lib ketadi, Mening najotim esa to abad bo‘ladi, Mening g‘alaba bekor qilinmaydi.
7 Ey ta’limotimni qalbiga jo qilganlar, Sizlar nima to‘g‘ri ekanligini bilasizlar. Menga quloq soling! Inson haqoratlaridan qo‘rqmanglar, Ularning tahqirlaridan xafa bo‘lmanglar.
8 Kuya kiyimni, qurt junni yeb bitirganday Ular ham yo‘q bo‘lib ketadi. Mening g‘alaba esa abadiy bo‘ladi, Najotim nasllar bo‘yi davom etadi.”
9 Uyg‘on, uyg‘on, ey Egamizning qo‘li! Kuch–qudratga to‘lgin! Uyg‘on qadimgi paytlardagiday, Azaliy nasllar davridagiday. Maxluq Rahobni parchalagan Sen emasmiding?! Ajdarni sanchib tashlagan Sen emasmiding?!
10 Sen emasmiding dengizni quritgan, G‘oyat tubsizlikdagi suvlarni quritgan?! O‘zimga tegishli bo‘lganlar o‘tsin, deb Dengiz tubini yo‘l qilgan Sen emasmiding?!
11 Egamiz qutqarganlar qaytib keladi, Qo‘shiq aytib Quddusga keladi. Abadiy shodlik ularning boshida toj bo‘ladi. Ular shodlik, sevinchga yetishadi, Qayg‘u, nadomat ulardan uzoqqa qochadi.
12 Egam aytar: “Men O‘zim sizlarni yupataman! Kimdan qo‘rqasiz? O‘ladigan bandadanmi? Maysaga o‘xshab so‘liydigan inson zotidanmi?!
13 Samolarni yoygan, zamin poydevorini o‘rnatgan, Sizlarni Men, Yaratgan Egangizni unutib qo‘ydingiz. Sizni qirmoqchi bo‘lgan zolimning g‘azabidan Har doim titrab–qaqshab turasiz. Ammo qani endi zolimning g‘azabi?!
14 Mazlumlar tez orada ozod bo‘ladi, Ular o‘lmaydi, qabrga tushmaydi, Nonga zor bo‘lmaydi.
15 Men Egangiz Xudoman. Dengizni qo‘zg‘atadigan, To‘lqinlarni guvullatadigan Menman. Mening nomim Sarvari Olamdir!
16 Og‘zingizga so‘zlarimni soldim, Sizlarni qo‘lim soyasida yashirdim. Samolarni o‘rnatganman, Zamin poydevorini qo‘yganman. Quddusga: ‘Sen Mening xalqimsan’, deganman.”
17 Uyg‘on, uyg‘on ey Quddus, oyoqqa tur! Sen Egangning qo‘lidan g‘azab kosasidan ichding! Tagidagi quyqumigacha ichib, Gandiraklab qolding.
18 O‘zing tuqqan shuncha o‘g‘illar orasidan Seni yetaklaydigan birontasi ham yo‘q. O‘zing o‘stirgan shuncha o‘g‘illar orasidan Qo‘lingdan tutadigan birontasi yo‘q.
19 Boshingga qo‘sh falokat keldi, Kim senga tasalli beradi?! Atrofingda talonchiligu halokat, ochligu qilich, Kim seni yupata oladi?!
20 Har bir ko‘cha boshida O‘g‘illaring sulayib yotibdi. Ular to‘rga tushgan kiyiklar kabidir. Egangiz bor qahr–g‘azabiyu O‘z tanbehi bilan Ularni shu ahvolga soldi.
21 Shu bois endi bunga quloq soling, Ey azob chekkanlar! Sizlar mastsiz, ammo sharobdan emas!
22 O‘z xalqini himoya qiladigan Xudoyingiz, Egangiz Rabbiy shunday aytmoqda: “Mana, sening qo‘lingdan Gandiraklatadigan kosani oldim. Endi g‘azabim kosasidan boshqa ichmaysan.
23 Uni senga azob berganlar qo‘liga beraman. Ular senga: ‘Yerga yot, ustingdan Bosib o‘taylik’, degan edi. Yelkalaring ularga yer kabi bo‘ldi. Sen o‘zing yo‘lday bo‘lding, Ular ustingdan bosib o‘tdi.”


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак