Matto Muqaddas xushxabar 23 bob

1 Soxta va chin dindorlik. 13 Iso Tavrot tafsirchilariga va farziylarga ta’na qiladi. 29 Soxta dindorlar oladigan jazo. 37 Isoning Quddus uchun nolasi.

1 Shundan keyin Iso olomonga va shogirdlariga gapirdi:
2 “Qonunni izohlash huquqi Tavrot tafsirchilari va farziylarga berilgan.
3 Shu bois ularga quloq solinglar, aytganini qilinglar, ammo qilganini qilmanglar! Chunki ular o‘zlari aytganlarni qilmaydilar.
4 Ular ko‘tarib bo‘lmaydigan og‘ir yukni birovlarga yuklaydilar, o‘zlari esa yordam berish uchun hatto barmog‘ini ham qimirlatmaydilar.
5 Hamma ishlarini, boshqalar ko‘rsin, deb qiladilar. Peshanalariga taqqan nishonalarini kattaroq, kiyimlarining popuklarini uzunroq qiladilar.
6 Shuningdek, ziyofatlarda to‘rga chiqishni va sinagogalarda yaxshi joylarda o‘tirishni yoqtiradilar.
7 Bozorlarda odamlar ularga salom berishlarini, “ustoz” deb murojaat etishlarini yaxshi ko‘radilar.
8 Ammo sizlarni hech kim “ustoz” deb chaqirmasin, chunki hammangizning bitta Ustozingiz bor. Sizlar esa birodarsizlar.
9 Yer yuzida hech kimni ota deb aytmang, chunki sizlarning osmonda yagona Otangiz bor.
10 Hech kim sizlarni “yo‘lboshchi” deb ham aytmasin, chunki sizlarning yakkayu yagona yo‘lboshchingiz Masihdir.
11 Orangizda kim bosh bo‘lsa, sizlarga xizmat qilsin.
12 Zotan o‘zini o‘zi yuksaltirgan kamsitiladi, o‘zini past tutgan esa yuksaltiriladi.”
13 “Holingizga voy, ey tafsirchilar va farziylar! Sizlar ikkiyuzlamachisizlar! Axir, sizlar odamlar kirmasin deb, Osmon Shohligi eshiklarini berkitib qo‘yyapsizlar. U yerga o‘zlaringiz ham kirmayapsizlar, kirmoqchi bo‘lganlarni ham kirgizmayapsizlar.
14 Holingizga voy, ey tafsirchilar va farziylar! Sizlar ikkiyuzlamachisizlar! Axir, sizlar bevalarning uy–joylarini tortib olasizlar, xo‘ja ko‘rsinga uzoq duo o‘qiysizlar. Shuning uchun nihoyatda qattiq jazoga mubtalo bo‘lasizlar.
15 Holingizga voy, ey tafsirchilar va farziylar! Sizlar ikkiyuzlamachisizlar! Axir, sizlar hech bo‘lmasa bir kishini o‘z diningizga kiritish uchun dengizu quruqlikni kezib chiqasizlar. Niyatingizga erishganingizda esa, uni o‘zingizdan besh battar do‘zaxi odam qilasizlar.
16 Ey ko‘r yetakchilar, holingizga voy! Sizlar: “Kim Ma’bad haqi deb qasam ichsa, u qasamini bajarmasa ham bo‘ladi, ammo kim Ma’bad oltini haqi deb qasam ichsa, o‘z qasamini bajarishi shart”, — deysiz.
17 Hoy ko‘r nodonlar! Qaysi biri buyukroq: Ma’badning oltinimi, yoki oltinni muqaddas qilgan Ma’badning o‘zimi?!
18 Yana sizlar shunday deb aytasizlar: “Kim qurbongoh haqi deb qasam ichsa, u qasamini bajarmasa ham bo‘ladi, ammo kim qurbongohdagi qurbonlik haqi, deb qasam ichsa, qasamini bajarishi shart”, — deysizlar.
19 Shu qadar ko‘r bo‘lmasangiz–a! Qaysi biri buyukroq: qurbonlikmi yoki qurbonlikni muqaddas qilgan qurbongohmi?
20 Axir, qurbongoh haqi, deb qasam ichgan, ham qurbongohning o‘zi, ham undagi barcha qurbonliklar haqi qasam ichgan bo‘ladi–ku!
21 Ma’bad haqi deb qasam ichgan esa, ham Ma’badning o‘zi, ham Ma’badda yashaydigan Xudo haqi qasam ichgan bo‘ladi.
22 Osmon haqi deb qasam ichgan esa, osmondagi Xudoning taxti va taxtda o‘tirgan Xudoning O‘zi haqi qasam ichgan bo‘ladi.
23 Holingizga voy, ey tafsirchilar va farziylar! Sizlar ikkiyuzlamachisizlar! Sizlar yalpiz, ukrop va ziradan ushr berasizlar, ammo Qonunning adolat, shafqat va imon kabi eng muhim ta’limotlarini pisand qilmaysizlar. Bularning birini bajara turib, ikkinchisini ham tashlab qo‘ymasligingiz kerak edi.
24 Hoy ko‘r yetakchilar! Sizlar ichimligingizdan chivinni suzib olasizlar, ammo tuyani butunligicha yutib yuborasizlar!
25 Holingizga voy, ey tafsirchilar va farziylar! Sizlar ikkiyuzlamachisizlar! Sizlar piyolayu laganingizning sirtini tozalaysizlar–u, ammo ichi ochko‘zlik va xudbinlikka to‘la.
26 Ey ko‘r farziy! Sen avvalo piyola va laganning ichini tozalab ol, shunda ularning sirti ham toza bo‘ladi.
27 Holingizga voy, ey tafsirchilar va farziylar! Sizlar ikkiyuzlamachisizlar! Chunki sizlar ohaklangan qabrlarga o‘xshaysizlar: qabrlarning tashqi tomoni chiroyli, ammo ichi murdalarning suyaklariga va har xil iflosliklarga to‘la.
28 Shu singari, sizlar ham tashqi tomondan boshqalarga taqvodor bo‘lib ko‘rinasiz, ammo ichingiz ikkiyuzlamachilikka va gunohga to‘la.”
29 Holingizga voy, ey tafsirchilar va farziylar! Sizlar ikkiyuzlamachisizlar! Axir, sizlar payg‘ambarlarga maqbaralar qurib, taqvodorlarning qabrlarini bezatib,
30 shunday deysizlar: “Agar ota–bobolarimiz davrida biz ham yashaganimizda edi, ularga qo‘shilishib payg‘ambarlarning qonini to‘kmagan bo‘lardik.”
31 Bu bilan sizlar payg‘ambarlarni qatl qilganlarning o‘g‘illari ekaningizni tan olyapsizlar.
32 Ota–bobolaringiz boshlagan ishni oxiriga yetkazinglar endi!
33 Hoy ilonlar, zaharli ilonlar zoti! Sizlar do‘zax jazosidan qanday qochib qutulasiz?!
34 Ana shu sababdan Men oldingizga payg‘ambarlarni, donishmandu ustozlarni yuboraman. Ammo sizlar ularning ba’zilarini o‘ldirasizlar, ba’zilarini xochga mixlaysizlar, boshqalarini esa sinagogalaringizda qamchilab, shaharma–shahar quvg‘in qilasizlar.
35 Natijada o‘ldirilgan hamma begunoh odamlarning qoni uchun sizlar jazo tortasizlar. Hobilning to‘kilgan qonidan tortib, qurbongoh bilan Ma’bad orasida siz o‘ldirgan Baraxiya o‘g‘li Zakariyoning qoni sizning gardaningizda bo‘ladi.
36 Ha, sizlarga chinini aytaman: bu nasl ushbu hamma qotilliklar uchun jazo tortadi.
37 Eh Quddus, Quddus! Payg‘ambarlarni qatl etib, huzuriga yuborilganlarni toshbo‘ron qiluvchi shahar! Tovuq o‘z jo‘jalarini qanotlari ostiga qanday to‘plasa, Men ham sening xalqingni bir necha marta shunday to‘plamoqchi bo‘ldim. Lekin sen istamading.
38 Ey Quddus aholisi, sizning Ma’badingiz huvullab qoladi.
39 Sizga shuni aytay: “Egamiz nomi bilan keladigan inson baraka topsin”, — deb aytmaguningizcha, Meni ko‘rmaysizlar.”


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак