Havoriylarning faoliyati 15 bob

1 Quddusdagi yig‘in. 22 G‘ayriyahudiy imonlilarga maktub. 36 Pavlus bilan Barnabo ayrilishadi.

1 Yahudiyadan bir necha odam Antioxiyaga kelib, imonlilarga shunday ta’lim bera boshladilar: “Musoning qonuniga binoan sunnat qilinmasangizlar, najot topa olmaysizlar.”
2 Pavlus bilan Barnabo ular bilan qizg‘in bahsu munozaraga kirishdilar. Shunda: “Pavlus bilan Barnabo hamda Antioxiyadan bir necha odam Quddusga yuborilsin”, deb qaror qilindi. Ular bu masalani havoriylar va oqsoqollar bilan muhokama qilishlari kerak edi.
3 Imonlilar jamoati ularni yo‘lga kuzatib qo‘ydi. Ular Finikiya va Samariya orqali o‘tar ekanlar, g‘ayriyahudiylar qanday qilib Xudoga yuz burganini aytib berdilar. Bu xabar hamma imonlilarga katta quvonch bag‘ishladi.
4 Pavlus va Barnabo Quddusga kelganlaridan keyin, jamoat, havoriylar, oqsoqollar ularni samimiy kutib oldilar. Pavlus va Barnabo Xudoning ular orqali qilgan ishlarini yig‘ilganlarga so‘zlab berdilar.
5 Ammo farziylar mazhabiga mansub imonlilar o‘rnilaridan turib: “G‘ayriyahudiylar sunnat qilinishlari kerak. Ularga Musoning qonuniga rioya qilishlarini buyurish kerak”, dedilar.
6 Havoriylar va oqsoqollar bu masalani muhokama qilish uchun yig‘ildilar.
7 Uzoq davom etgan munozaradan keyin Butrus o‘rnidan turib, ularga dedi: — Birodarlarim! O‘zlaringiz bilasizlarki, Xushxabarni g‘ayriyahudiylarga va’z qilishim uchun Xudo meni ancha vaqt oldin orangizdan tanlab oldi. G‘ayriyahudiylar ham Xushxabarni eshitib, imonga kelishi Uning maqsadi edi.
8 Xudo inson zotining yuragini biladi, U bizga bergan Muqaddas Ruhni g‘ayriyahudiylarga ham berdi. Shu orqali ularni qabul qilganini tasdiqladi.
9 Xudo imon orqali g‘ayriyahudiylarning yuraklarini pokladi. Shunday qilib, Xudo biz bilan g‘ayriyahudiylar orasidagi farqni yo‘q qildi.
10 Shunday ekan, nima uchun shogirdlarning yelkasiga og‘ir yuk ortib, Xudoni sinayapsizlar?! Axir, bu yukni biz ham, ota–bobolarimiz ham ko‘tara olmagan edik–ku!
11 Yo‘q! Ishonamizki, biz ham ular singari, Rabbimiz Isoning inoyati tufayli najot topamiz.
12 Hamma havoriylar va oqsoqollar sukutda qoldilar. Barnabo bilan Pavlus Xudoning ular orqali g‘ayriyahudiylar orasida ko‘rsatgan alomatlar va ajoyibotlar to‘g‘risida gapirib berdilar.
13 Ular gapini tugatgach, Yoqub co‘z oldi: — Birodarlarim! Meni eshitinglar.
14 Hozir Butrus bizga Xudoning ilk bor g‘ayriyahudiylarga iltifot nazarini solganini va ular orasidan O‘ziga bir xalq tanlab olganini tushuntirib berdi.
15 Bu so‘zlar payg‘ambarlarning aytganlari bilan mos keladi. Yozilganiday:
16 “‘Bundan keyin Men qaytib kelib, Dovudning yiqilgan shohligini qayta tiklayman, Uning xarobalarini yangidan barpo qilib, Uni qayta tiklab qo‘yurman.
17 Toki boshqa xalqlarning hammasi Menga intilsinlar, O‘zim da’vat qilgan o‘sha g‘ayriyahudiylar Meni izlasinlar.’ Egamizning kalomi shudir.
18 Egamiz bularni bizga azaldan ma’lum qilgan.”
19 Yoqub gapida davom etdi: — Shuning uchun Xudoga yuz burayotgan g‘ayriyahudiylarni qiyin ahvolga solib qo‘ymasligimiz kerak.
20 Buning o‘rniga, ularga xat yozib, shunday deb aytaylik: “Butlarga keltirilgan qurbonlikning go‘shtini tanovul qilishdan, zinodan va qoni chiqarilmagan hayvonning go‘shtini yeyishdan o‘zlaringizni tiyinglar.”
21 Axir, Musoning qonuni azal–azaldan har bir shaharda va’z qilinmoqda, har Shabbat kuni sinagogalarda o‘qilmoqda.”
22 Shundan keyin havoriylar va oqsoqollar butun imonlilar jamoati bilan shunday qarorga keldilar: “Guruhimizdan bir necha odamni tanlab olib, ularni Pavlus va Barnabo bilan birga Antioxiyaga yuboramiz.” Ular ikkita odamni — Barsabo degan Yahudoni va Silani tanlab oldilar. Yahudo va Sila jamoatning yo‘lboshchilari edilar.
23 Ularni shunday maktub bilan jo‘natdilar: “Biz, havoriylar va oqsoqollar — sizlarning birodarlaringiz Antioxiya, Suriya va Kilikiyada yashaydigan g‘ayriyahudiy birodarlarimizga salom yo‘llayapmiz.
24 Eshitishimizcha, bizning oramizdan ba’zilar borib, o‘zlarining gaplari bilan sizlarni xavotirga solibdi, yuraklaringizni g‘ash qilibdi. Ammo ularni biz yubormagan edik.
25 Biz vakillar tanlab, ularni aziz do‘stlarimiz Barnabo va Pavlus bilan birga sizlarning huzuringizga yuborishga bir ovozdan qaror qildik.
26 Barnabo bilan Pavlus Rabbimiz Iso Masih haqi–hurmati, hayotlarini xavf ostiga qo‘yganlar.
27 Shu bois biz Yahudo bilan Silani yuboryapmiz. Ushbu yozayotganlarimizni ular sizlarga og‘zaki ham tasdiqlab beradilar.
28 Biz MuqaddasRuh boshchiligida sizlarga quyidagi kerakli talablardan boshqa yukni yuklamaslikka qaror qildik:
29 sizlar butlarga keltirilgan qurbonlikning go‘shtini va qoni chiqarilmagan hayvonning go‘shtini tanovul qilishdan hamda zinodan o‘zlaringizni tiyinglar. O‘zlaringizni ana shulardan tiysangizlar, yaxshi ish qilgan bo‘lasizlar. Omon bo‘linglar.”
30 Shunday qilib, vakillar yo‘lga chiqib, Antioxiyaga keldilar. Ular jamoatni yiqqanlaridan keyin maktubni jamoat a’zolariga topshirdilar.
31 Jamoat a’zolari maktubni o‘qib, dalda so‘zlaridan xursand bo‘ldilar.
32 Yahudo bilan Sila payg‘ambar edilar. Ular imonlilarga dalda berib, ularga ko‘p gaplar aytib, imonda mustahkamladilar.
33 Yahudo bilan Sila ma’lum vaqt u yerda bo‘lganlaridan keyin, imonlilar ularni yuborgan birodarlari yoniga xayrixohlik bilan jo‘natib yubordilar
34 Ammo Sila, bu yerda qolamiz, deb qaror qildi, Yahudo bir o‘zi Quddusga qaytdi.
35 Pavlus bilan Barnabo esa birmuncha vaqt Antioxiyada qolishdi. Ular u yerda boshqalar bilan birga ta’lim berib, Rabbimiz Iso haqidagi xabarni va’z qildilar.
36 Oradan bir necha kun o‘tgach, Pavlus Barnaboga dedi: — Qani, biz Rabbimiz Iso haqidagi xabarni va’z qilgan shaharlarga boraylik, imonlilarni yo‘qlaylik, ularning hol–ahvolini bilaylik.
37 Barnabo Mark degan Yuhannoni o‘zlari bilan birga olib ketmoqchi edi.
38 Ammo Pavlus buni istamadi. Mark ularni Pamfiliyada qoldirib, xizmatda oxirigacha birga bo‘lmagani uchun Pavlus Barnaboning bu fikriga qattiq e’tiroz bildirdi.
39 Pavlus bilan Barnaboning orasida shunday anglashilmovchilik bo‘ldiki, ular bir– birlarini tark etdilar. Barnabo Markni o‘zi bilan birga olib, kemada Kiprga suzib ketdi.
40 Pavlus esa Silani tanladi. Imonlilar ularni Rabbimiz Isoning panohiga topshirganlaridan keyin ular yo‘lga chiqdilar.
41 Suriya va Kilikiya hududlarini kezib, jamoatlarni imonda mustahkamladilar.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак