Shohlar (ikkinchi kitob) 13 bob

1 Omno‘n bilan Tamara. 23 Absalom Omno‘nni o‘ldiradi.

1 So‘ngra shunday hodisa sodir bo‘ldi: Dovudning Tamara degan go‘zal qizi bor edi. U Absalomning singlisi edi. Dovudning boshqa o‘g‘li Omno‘nga Tamara o‘gay edi. U Tamarani sevib qoldi.
2 Omno‘n o‘gay singlisi Tamarani deb azob chekaverib, kasal bo‘lib qoldi. Tamara hali bokira bo‘lgani uchun, Omno‘n unga biror narsa qilishga ojiz edi.
3 Omno‘nning Yonadov degan do‘sti bor edi. Yonadov Dovudning akasi Shimoning o‘g‘li bo‘lib, juda ayyor yigit edi.
4 Bir kuni Yonadov Omno‘nga dedi: — Ey, shahzoda, nimaga kundan–kunga ozib– to‘zib ketyapsan? Menga ham sababini ayt–chi. — O‘gay akam Absalomning singlisi Tamarani sevib qoldim, — dedi Omno‘n.
5 — To‘shakka mixlanib, o‘zingni kasalga sol, — dedi Yonadov. — Otang seni ko‘rgani kelganda, unga: “Marhamat qilib, singlim Tamara kelib menga biron taom bersin, taomni ko‘z oldimda tayyorlaganini men ko‘rayin va uning qo‘lidan taom yeyayin”, deb aytasan.
6 Xullas, Omno‘n to‘shakka mixlanib, o‘zini kasalga soldi. Shoh uni ko‘rgani keldi. — Marhamat qilib, singlim Tamara kelib, oldimda ikki dona non yopsin, men uning qo‘lidan non yeyayin, — dedi Omno‘n.
7 Tamara saroyda yashardi. Dovud unga: “Akang Omno‘nning uyiga borib, unga non yopib ber”, deb ayttirib yubordi.
8 Tamara o‘gay akasi Omno‘nning uyiga bordi. Omno‘n to‘shakda yotgan ekan. Tamara xamir qorib, akasining ko‘zi oldida non yopdi.
9 Tovadagi nonni olib kelib, Omno‘nning oldiga qo‘ygan edi, u yemadi. Omno‘n: — Huzurimdan hamma chiqib ketsin! — deb buyruq berdi, uyda hech kim qolmadi.
10 Shundan keyin Omno‘n Tamaraga: — Taomni yotoqxonamga olib kir, sening qo‘lingdan yeyayin, — dedi. Tamara o‘zi yopgan nonlarni akasi Omno‘nning yotoqxonasiga olib kirdi.
11 Yeng, deb nonni akasiga yaqin olib borgan edi, Omno‘n birdan Tamaraga yopishib: — Kel, men bilan birga bo‘l, singlim! — dedi.
12 — Yo‘q, aka, meni zo‘rlamang! — dedi Tamara. — Isroilda bunaqa qilishmaydi–ku! Bunday qabih ishni qilmang!
13 Bunday sharmandalikdan keyin men qanday bosh ko‘tarib yuraman?! Siz esa Isroildagi razil odamlardan bittasi bo‘lib qolasiz. Shohga aytsangiz, u meni sizdan ayamaydi–ku!
14 Lekin Omno‘n Tamaraning gapiga quloq solmadi. Omno‘n Tamaradan kuchliroq edi, Tamarani zo‘rlab yotqizib, nomusiga tegdi.
15 Keyin Omno‘n Tamaradan shunday nafratlanib ketdiki, unga bo‘lgan nafrati ardoqlagan sevgisidan kuchli edi.— Tur, jo‘na! — dedi u Tamaraga.
16 — Yo‘q! — dedi Tamara. — Meni haydayapsiz, lekin bu ishingiz menga qilgan hozirgi gunohingizdan og‘irroqdir. Biroq Omno‘n uning gapiga quloq solmadi.
17 Xizmatkorini chaqirib: — Bu xotinni huzurimdan haydab chiqarib, eshikni yop! — dedi.
18 Xizmatkor Tamarani tashqariga haydab chiqarib, orqasidan eshikni yopdi. Tamara uzun, chiroyli gulli libos kiygan edi. Shohning turmushga chiqmagan qizlari shunday kiyinishardi.
19 Tamara qayg‘usidan boshiga kul sochib, ustidagi uzun libosini yirtib tashladi. Uyatdan yuzini qo‘li bilan to‘sib, faryod solganicha ketdi.
20 Akasi Absalom undan: — Akang Omno‘n sen bilan bo‘ldimi? — deb so‘radi. — Mayli, singlim, bu haqda birortasiga og‘iz ocha ko‘rma! Axir, u akang–ku! Bu voqeani ko‘nglingga olma. Shundan so‘ng Tamara akasi Absalomning uyida yashab yuraverdi. U doimo yolg‘iz, g‘amgin edi.
21 Shoh Dovud bo‘lib o‘tgan voqeani eshitib, qattiq g‘azablandi.
22 Absalom esa singlisi Tamaraning nomusini bulg‘agani uchun Omno‘ndan qanchalik nafratlansa ham, unga biror marta na yaxshi, na yomon gap qildi.
23 Ikki yildan keyin Absalom shohning hamma o‘g‘illarini Baal–Xazorga ziyofatga taklif qildi. Baal–Xazor Efrayim shahri yaqinida bo‘lib, bu yerda Absalom qo‘ylarining junini qirqtirayotgan edi.
24 Absalom shohning huzuriga kelib: — Qo‘ylarimning junini qirqtiryapman, marhamat qilib, shoh a’yonlari bilan birga men, qulingizga hamroh bo‘lsinlar, — dedi.
25 — Biz hammamiz borsak, senga yuk bo‘lamiz, o‘g‘lim, — dedi shoh Dovud. Absalom qancha iltimos qilmasin, shoh, bora olmayman, deb unamadi, bormasa ham, o‘g‘lini duo qildi.
26 — Bo‘lmasa, ijozat bersangiz, akam Omno‘n biz bilan borsin, — dedi Absalom. — Omno‘n nimaga sen bilan borishi kerak? — deb so‘radi shoh.
27 Absalom iltimos qilavergandan keyin, shoh Omno‘nni va boshqa o‘g‘illarini u bilan birga jo‘natdi.
28 Absalom xizmatkorlariga shunday buyruq bergan edi: — Qarab turinglar, Omno‘n sharob ichib, sarxush bo‘lishini kutinglar. Sizlarga “Omno‘nni uring”, deb aytishim bilanoq, uni o‘ldirasizlar. Qo‘rqmanglar, sizlarga men buyruq beryapman. Dadil, mard bo‘linglar!
29 Xizmatkorlar Absalomning buyrug‘ini ijro etib, Omno‘nni o‘ldirdilar. Shohning qolgan o‘g‘illari esa xachirlariga minib qochib qolishdi.
30 Ular yo‘lda ketayotganlarida, “Absalom shohning hamma o‘g‘illarini o‘ldiribdi, birortasi ham tirik qolmabdi”, degan xabar Dovudning qulog‘iga yetdi.
31 Shoh o‘rnidan turdi–da, qayg‘udan kiyimlarini yirtib, o‘zini yerga otdi. Uning yonidagi barcha a’yonlari ham kiyimlarini yirtishdi.
32 Dovudning akasi Shimo o‘g‘li Yonadov shunday dedi: — Shoh hazratlari, hamma o‘g‘illarimdan ayrilibman, deb o‘ylamasinlar, faqat Omno‘n o‘ldi, xolos. U o‘gay singlisi Tamaraning nomusiga tekkandan buyon Absalom Omno‘nni o‘ldirishga qasd qilib yurardi.
33 Shoh janobi oliylari, hamma o‘g‘illaringiz o‘ldirilibdi, degan xabardan xavotirga tushmasinlar. Faqat Omno‘n o‘lgan, xolos.
34 Absalom o‘sha zahoti qochib ketdi. Quddus devori ustidagi soqchi g‘arb tomondan shaharga qarab kelayotgan bir to‘p olomonni ko‘rdi.
35 Yonadov shohga: — Ana, o‘g‘illaringiz kelishyapti, men, qulingiz, aytganday bo‘ldi, — dedi.
36 U gapini tugatar– tugatmas, shohning o‘g‘illari yetib kelib, faryod ko‘tarishdi. Shoh ham, a’yonlar ham ho‘ng–ho‘ng yig‘lab ko‘z yosh to‘kishdi.
37 -
38 Absalom qochib ketib, Gashur shohi Talmayning yoniga bordi va u yerda uch yil qolib ketdi. Talmay Omihud deganning o‘g‘li edi. Shoh Dovud esa o‘g‘li Omno‘n uchun uzoq vaqt motam tutdi.
39 Dovud Omno‘nning o‘limidan tasalli topgandan keyin, Absalomni sog‘ina boshladi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак