Shohlar (ikkinchi kitob) 16 bob

1 Dovud bilan Zibax. 5 Dovud bilan Shimax. 15 Absalom Quddusda. 23 Xushay Oxito‘felning maslahatini rad qiladi.

1 Dovud Zaytun tog‘ining narigi tomoniga oshib o‘tayotganda, Mefibositning xizmatkori Zibaxga duch kelib qoldi. Zibax egarlangan ikkita eshak ustiga ikki yuzta non, yuz hovuch mayiz, yuz hovuch ho‘l meva va bir mesh sharob yuklab olgan edi.
2 — Bularni nimaga olib kelding? — deb so‘radi shoh Zibaxdan. — Eshaklarni shohning xonadoni ahli minadi, non bilan ho‘l mevalarni yigitlar yeydi, sharobni esa sahroda toliqib sulayib qolganlar ichadi, — deb javob berdi Zibax.
3 — Xo‘jayiningning nabirasi qayerda? — so‘radi Dovud. — Mefibosit Quddusda qoldi, — dedi Zibax. — Isroil xalqi bugun bobomning shohligini menga qaytarib beradi, deb o‘ylayapti u.
4 — Mefibositning hamma narsasi endi seniki, — dedi shoh. — Qulingiz bo‘lay, shoh hazratlari! Tilagim shuki, har doim iltifotingizga sazovor bo‘lay, — dedi Zibax.
5 Shoh Dovud Boxurimga yetib borganda, Shoul xonadonidan Shimax degan bir odam qarg‘anib o‘rtaga chiqdi. U Gera deganning o‘g‘li edi.
6 Shohning o‘ng va chap tomonida hamma odamlari, qo‘riqchilari himoya qilib turishardi. Shunga qaramay, Shimax Dovudga va uning a’yonlariga tosh otardi.
7 Shimax shunday deb haqorat qilar edi: — Yo‘qol, ket, ey, razil odam, sening qo‘ling qon!
8 Sen Shoulning o‘rniga shoh bo‘lgan eding. Shoul xonadonidan qancha qonlar to‘kkan bo‘lsang, Egam hammasini o‘z boshingga qaytardi, shohlikni o‘g‘ling Absalomga berdi. Qo‘ling qon bo‘lgani uchun, qilmishingga yarasha kulfat tortyapsan.
9 — Bu o‘lik ko‘ppak nega shoh hazratlarini haqorat qilar ekan? — dedi Zeruya o‘g‘li Abushay Dovudga. — Ijozat bersinlar, borib boshini uzib tashlay.
10 Lekin shoh: — Bu sizlarga aloqador ish emas, ey, Zeruya o‘g‘illari! — dedi. — Egam unga “Dovudni qarg‘a!” degani uchun, u qarg‘ayotgan bo‘lsa, kim undan: “Nega bunday qilyapsan?” deb so‘ray oladi?!
11 Keyin Dovud Abushay bilan barcha sipohlarga aytdi: — O‘zimning pushti kamarimdan paydo bo‘lgan o‘g‘lim meni o‘ldirmoqchi bo‘lyapti–yu, Benyamin naslidan bo‘lgan shu odamning qilig‘iga hayron bo‘lyapsizlarmi?! Qo‘yinglar uni, mayli, haqorat qilaversin, chunki unga shunday qil, deb Egam buyurgan.
12 Balki Egam kulfatlarimni ko‘rib, bugungi haqoratlar evaziga yaxshilik qaytarar.
13 Dovud odamlari bilan yo‘lida davom etaverdi. Dovudning yon tomonida — qir yonbag‘rida yurib ketayotgan Shimax uni qarg‘ar, tosh otardi.
14 Shoh va hamrohlari boradigan joylariga yetib kelgunlaricha charchashdi va dam olish uchun to‘xtashdi.
15 O‘sha paytda Absalom bilan unga ergashgan Isroil xalqi Quddusga kirdilar. Maslahatchi Oxito‘fel ham Absalom bilan birga edi.
16 Dovudning do‘sti, Orx urug‘idan Xushay Absalomning yoniga borib: — Shohimizning umri uzoq bo‘lsin! Shohimizning umri uzoq bo‘lsin! — deb hayqirdi.
17 Absalom Xushayga: — Do‘stingga sadoqating shumi? Nimaga do‘sting bilan ketmading? — deb so‘radi.
18 — Nega ketar ekanman?! — dedi Xushay. — Men Egam va mana bu xalq, qolaversa, butun Isroil xalqi tanlagan odamni yoqlayman, o‘sha odamning yonida bo‘laman.
19 Ha, men Dovudning o‘g‘li Absalomdan boshqa yana kimga ham xizmat qilardim?! Otangga qanday xizmat qilgan bo‘lsam, senga ham shunday xizmat qilaman.
20 Shunda Absalom Oxito‘felga qarab: — Nima qilaylik, bizga maslahat ber–chi, — dedi.
21 Oxito‘fel shunday maslahat berdi: — Otang, saroyga qarab turasizlar, deb kanizaklarini qoldirib ketgan edi. O‘sha kanizaklarning oldiga kir. Shunda sen otangni ochiqchasiga sharmanda qilganingni Isroil xalqi eshitadi. Seni qo‘llab–quvvatlagan odamlarning qarori yanada qat’iy bo‘ladi.
22 Saroy tomida Absalom uchun bir chodir qurishdi. Absalom esa jamiki Isroil xalqining ko‘zi oldida otasining kanizaklari oldiga kirdi.
23 O‘sha paytlari Oxito‘felning aytgan so‘zlari shunchalik dono ediki, xuddi to‘ppa–to‘g‘ri Xudodan kelganday tuyulardi. Shuning uchun, Absalom ham, Dovud qilganiday, Oxito‘felning hamma maslahatini so‘zsiz qabul qilardi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак