Solnomalar (birinchi kitob) 11 bob

1 Dovud Isroil va Yahudo shohi bo‘ladi. 4 Dovud Quddusni bosib oladi. 10 Dovudning “Uchta qahramon” va “O‘ttizta qahramon” degan guruhlaridagi bahodir jangchilar.

1 Jamiki Isroil xalqi Xevronga — Dovudning huzuriga yig‘ilib shunday dedi: — Biz sizning jigaringizmiz.
2 Ilgari Shoul shoh bo‘lganda ham, urushlarda Isroil lashkariga o‘zingiz bosh bo‘lar edingiz. Egangiz Xudo sizga: “Sen xalqim Isroilning cho‘poni bo‘lib, ularni boqasan, xalqim Isroilga sen rahnamolik qilasan”, deb aytgan edi.
3 Shunday qilib, Dovud Xevronda Isroil oqsoqollari bilan Egamiz oldida ahd qildi. Isroil oqsoqollari, Egamizning Shomuil orqali bergan so‘ziga muvofiq, Dovudning boshiga moy surtib, uni Isroil ustidan shoh qilib ko‘tarishdi.
4 Shoh Dovud bilan hamma Isroil sipohlari Quddusga yurish qildilar. O‘sha davrda Quddus shahri Yobus deb atalgan bo‘lib, u yerning o‘troq xalqi Yobus xalqi deb atalar edi.
5 Yobus aholisi Dovudga: “Sen hech qachon shaharga kira olmaysan”, dedilar. Ammo Dovud Sion qal’asiga bostirib kirib, qal’ani egalladi. Keyinchalik bu qal’aga “Dovud qal’asi”, deb nom berildi.
6 Dovud: “Kimki Yobuslarga birinchi bo‘lib hujum qilsa, u lashkarboshi bo‘ladi”, deb aytgan edi. Zeruya o‘g‘li Yo‘ab birinchi bo‘lib hujum qildi va lashkarboshi bo‘ldi.
7 Dovud qal’ada yashay boshladi. Shuning uchun bu joy “Dovud qal’asi”, deb nom oldi.
8 U Millo degan joydan boshlab butun shahar atrofini devor bilan mustahkamladi. Yo‘ab esa shaharning qolgan joylarini tuzatdi.
9 Dovud tobora kuchayib borardi, chunki Sarvari Olam unga yor edi.
10 Quyida shoh Dovudning bahodir jangchilari ro‘yxati berilgan. Ular qolgan Isroil xalqi bilan birgalikda Egamizning va’dasiga muvofiq Dovudni shoh deb e’lon qilganlar hamda uning shohligi uchun kuchli tayanch bo‘lganlar.
11 Dovudning bahodir jangchilari quyidagicha: birinchisi — Xaxmo‘n o‘g‘li Yoshuvam. U “Uchta qahramon”ning sardori bo‘lib, nayzasi bilan uch yuz kishiga hujum qilganda hammasini bir jangda o‘ldirgan edi.
12 “Uchta qahramon”dan ikkinchisi Oxo‘va urug‘idan Do‘do‘ o‘g‘li Elazar edi.
13 Filistlar jang qilish uchun Pas–Dammimda to‘planganda, Elazar Dovud bilan birga edi. U yerdagi dalaning bir qismiga arpa ekilgan edi. Isroil lashkarlari qocha boshlagach,
14 Elazar bilan Dovud dalaning o‘rtasida turib olib, u yerni himoya qilishdi. Filistlarni qirib tashlashdi. Egamiz ularni katta g‘alabaga erishtirdi.
15 “O‘ttizta qahramon” guruhi tarkibiga kirgan o‘sha uchta qahramon Dovudning yoniga — Adullam g‘ori oldidagi qoyaga ketishdi. Rafa soyligida Filistlar lashkari qarorgoh qurgan edi.
16 Bu paytda Dovud o‘zining adirdagi qarorgohida edi. Bitta Filist qo‘nolg‘asi esa Baytlahmda joylashgan edi.
17 Dovud hasrat bilan: — Qaniydi birortasi Baytlahm darvozasining yonidagi quduqdan menga suv olib kelib bersa! — dedi.
18 O‘sha uchta qahramon Filistlar qarorgohini yorib o‘tishdi–da, Baytlahmdagi darvozaning yonidagi quduqdan suv tortib, Dovudga olib kelishdi. Lekin Dovud suvni ichmay, yerga to‘kib, Egamizga bag‘ishladi.
19 — Bunday qilishdan meni Xudoyimning O‘zi asrasin! — deb xitob qildi u. — Shu yigitlarning qonini ichaymi? Axir, ular jonini xavf–xatarga qo‘yib suv olib kelishdi–ku! Shuning uchun ham Dovud suvni ichishni istamadi. “Uchta qahramon” ana shunday jasurlik ko‘rsatishgan edi.
20 Yo‘abning akasi Abushay “O‘ttizta qahramon”ning sardori edi. Abushay nayzasi bilan uch yuz kishini o‘ldirdi. Shu tariqa u “Uchta qahramon” singari dong taratdi.
21 U “O‘ttizta qahramon”dan ham mashhur edi, ularning yo‘lboshchisi bo‘ldi. Lekin “Uchta qahramon” qatoriga kirmasdi.
22 Kabzayol shahridan Yohayido o‘g‘li Binayo degan jasur bir jangchi bor edi. U ajoyib ishlar qildi, Mo‘ablik ikki dovyurak odamni o‘ldirdi. Qor yoqqan kunda bir xandaqqa tushib, sherni o‘ldirdi.
23 Yana bo‘yi besh tirsak keladigan devday bir Misrlikni ham o‘ldirdi. Misrlikning qo‘lidagi nayzasi to‘quvchining dastgohi xodasiday kelardi. Binayo uning ustiga tayoq bilan bostirib bordi. Nayzani Misrlikning qo‘lidan tortib oldi–da, o‘sha nayza bilan uni o‘ldirdi
24 Binayoning qilgan ishlari ana shulardir. Shu tariqa Binayo “Uchta qahramon” kabi dong taratdi.
25 U “O‘ttizta qahramon” orasida shuhrat topdi, lekin “Uchta qahramon”dan biri hisoblanmasdi. Dovud uni qo‘riqchilar sardori qilib tayinladi.
26 Boshqa bahodir jangchilar quyidagilardir: Yo‘abning ukasi Osoyil, Baytlahm shahridan Do‘do‘ o‘g‘li Elxanon,
27 Xaro‘d shahridan Shammo‘t, Palonlik Xalez,
28 Taxuva shahridan Ixesh o‘g‘li Ero, Onoto‘t shahridan Abuazar,
29 Xusha shahridan Sibbaxay, Oxo‘va urug‘idan Ilay,
30 Natufo shahridan Maxray va Banax o‘g‘li Xaled,
31 Benyamin naslidan Givolik Ribay o‘g‘li Itay, Piraton shahridan Binayo,
32 Gash soyliklaridan Xuray, Bayt–Araba shahridan Abil,
33 Baxarumlik Ozmobit, Shalbim shahridan Eliyaxba,
34 Gizonlik Xoshim o‘g‘illari, Xaror shahridan Shaxey o‘g‘li Yo‘natan,
35 Xarorlik Soxor o‘g‘li Oxiyom, Ur o‘g‘li Elifal,
36 Maxirotlik Xafer, Palonlik Oxiyo,
37 Karmil shahridan Xazro, Ezbay o‘g‘li Naray,
38 Natanning ukasi Yo‘el, Xagri o‘g‘li Mivxor,
39 Ommon xalqidan Zilax, Bero‘t shahridan Zeruya o‘g‘li Yo‘abning qurolbardori Naxray,
40 Yitar urug‘idan Ero va Goriv,
41 Xet xalqidan Uriyo, Oxlay o‘g‘li Zobod,
42 Ruben qabilasining yo‘lboshchisi Shizo o‘g‘li Adinax va uning o‘ttiz jangchisi,
43 Maxo o‘g‘li Xanon, Mitanlik Yoshafat,
44 Ashtarutlik Uzziya, Arorlik Xo‘tamning o‘g‘illari Shomo va Yaviyol,
45 Shimri o‘g‘li Yodiyol va uning ukasi Tizlik Yo‘xo,
46 Maxavlik Eliel, Elnamning o‘g‘illari Yarivay va Yo‘shaviyo, Mo‘ab yurtidan Yitmo,
47 Eliel, Obid va Zo‘volik Yasiyol.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак