Solnomalar (birinchi kitob) 15 bob

1 Ahd sandig‘ini olib kelishga tayyorgarlik. 25 Ahd sandig‘i Quddusga keltiriladi.

1 Dovud o‘zi uchun Dovud qal’asida uylar barpo qildi. Xudoning sandig‘i uchun ham joy tayyorlab, chodir qurdi.
2 Keyin u shunday amr berdi: “Xudoning sandig‘ini faqat levilar ko‘tarib yursin. Zero, Egamiz O‘z sandig‘ini ko‘tarib yurish uchun levilarni tanlagandir. Ularni O‘ziga abadiy xizmat qilish uchun tanlab olgandir.”
3 Dovud o‘zi tayyorlagan joyga Egamizning sandig‘ini olib kelish uchun jamiki Isroil xalqini Quddusda to‘pladi.
4 So‘ngra quyidagi Horun naslini va levilarni yig‘di:
5 Qohot naslidan — urug‘boshi Uriyol va u bilan birga uning 120 qarindoshi,
6 Marori naslidan — urug‘boshi Osoyoh va u bilan birga 220 qarindoshi,
7 Gershon naslidan — urug‘boshi Yo‘el va u bilan birga 130 qarindoshi,
8 Elizofon naslidan — urug‘boshi Shamayo va u bilan birga 200 qarindoshi,
9 Xevron naslidan — urug‘boshi Eliel va u bilan birga 80 qarindoshi,
10 Uziyol naslidan — urug‘boshi Ominadov va u bilan birga 112 qarindoshi.
11 Dovud ruhoniylar Zodo‘x bilan Abuatarni, levilardan Uriyol, Osoyoh, Yo‘el, Shamayo, Eliel va Ominadovni chaqirib,
12 ularga dedi: “Sizlar Levi qabilasining urug‘boshilarisiz. Shunday ekan, Isroil xalqining Xudosi — Egamizning sandig‘ini men tayyorlagan joyga olib kela olishingiz uchun, o‘zlaringizni va qarindoshlaringizni poklanglar.
13 Oldingi safar sandiqni levilar olib kelmagani uchun, Egamiz Xudo bizdan qattiq g‘azablangan edi. Ha, biz Undan sandiqni qanday olib kelishimiz kerakligini so‘ramagan edik.”
14 Ruhoniylar va levilar Isroil xalqining Xudosi — Egamizning sandig‘ini olib kelish uchun o‘zlarini pokladilar.
15 Ular Egamizning Muso orqali bergan amriga muvofiq Xudoning sandig‘ini xodalar bilan yelkalariga ortib, ko‘tarib ketdilar.
16 Bulardan tashqari, Dovud Levi qabilasining urug‘boshilariga qarindoshlari orasidan sozandalarni tayinlashni buyurgan edi. Ular arfa, lira va zanglarni chalib, bu musiqa asboblarning jo‘rligida shodiyona qo‘shiqlar aytishlari kerak edi.
17 Levilar Marori urug‘idan quyidagi sozandalarni tayinlagan edilar: Yo‘el o‘g‘li Xaman, Barxiyo o‘g‘li Osif va Qushayo o‘g‘li Etxan.
18 Ularning yordamchilari qilib quyidagilar tayinlangan edi: Zakariyo, Yaziyol, Shamiromo‘t, Yoxiyol, Unno, Eliyob, Binayo, Masiyo, Mattitiyo, Elifaleh, Mixniyo hamda darvozabonlar Obidadom va Yaviyol.
19 Sozandalardan Xaman, Osif va Etxan bronza zanglar chalishlari kerak edi.
20 Zakariyo, Aziel, Shamiromo‘t, Yoxiyol, Unno, Eliyob, Masiyo va Binayo arfalarni chalishlari kerak edi.
21 Mattitiyo, Elifaleh, Mixniyo, Obidadom, Yaviyol va Ozaziyo esa sakkiz torli liralarni chalib, kuyda yetakchilik qilishlari kerak edi.
22 Levilarning boshlig‘i Xonaniyo mohir sozanda bo‘lgani uchun, uni qo‘shiqchilar rahbari qilib tayinlagan edilar.
23 Ahd sandig‘ini qo‘riqlash uchun Barxiyo, Elqana,
24 Obidadom va Yoxiyo tayinlangan edilar. Ruhoniylar Shabaniyo, Yoshafat, Natanil, Emosay, Zakariyo, Binayo va Eliazar Xudoning sandig‘i oldida karnaylar chalib borishlari kerak edi.
25 Dovud, Isroil oqsoqollari va mingboshilar Egamizning ahd sandig‘ini Obidadomning uyidan olib kelish uchun katta tantana bilan ketdilar.
26 Ahd sandig‘ini ko‘tarib kelayotgan levilarga Xudoning O‘zi yordam berdi. Shu sababdan ular yettita buqa va yettita qo‘yni qurbonlik qildilar.
27 Sandiqni ko‘tarib kelayotgan barcha levilar, qo‘shiqchilar va qo‘shiqchilar rahbari Xonaniyo singari Dovud ham mayin zig‘irdan to‘qilgan rido kiyib olgan edi. Ridodan tashqari Dovud ruhoniylarning muqaddas libosini ham kiygan edi.
28 Shunday qilib, butun Isroil xalqi sevinchli xitoblar bilan, burg‘u, karnay, zang sadolari hamda arfa va lira kuylari ostida Egamizning ahd sandig‘ini olib keldi.
29 Egamizning ahd sandig‘i Dovud qal’asiga kirib kelayotganda, Shoulning qizi Mixal derazadan qarab turgan edi. U sakrab o‘ynayotgan shoh Dovudni ko‘rdiyu, o‘z ko‘nglida uni past ko‘rdi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак