Ishayo 49 bob

1 Isroil boshqa xalqlarga chiroq bo‘ladi. 8 Isroil qayta tiklanadi.

1 Quloq soling, ey dengiz ortidagi yurtlar! E’tibor bering, ey uzoqdagi xalqlar! Tug‘ilmasimdan oldin Egam meni chaqirdi, Ona qornidaligimdayoq U ismimni aytib chaqirdi.
2 U tilimni o‘tkir qilichday qildi, Qo‘lining soyasida U meni yashirdi. U meni uchli o‘qday qildi, O‘qdoniga meni yashirdi.
3 U menga shunday dedi: “Sen Mening qulimsan, Ey Isroil, Men sen tufayli shuhrat topaman.”
4 Men shunday dedim: “Men bekorga mehnat qildim, Kuchimni behuda, befoyda sarf etdim.” Ammo Egam meni hukm qiladi–ku, Mukofotlash Xudoyimning qo‘lidadir.
5 Endi Egam gapirdi. Yoqub naslini Unga qaytarsin, deb Isroilni Uning oldiga to‘plasin, deb Onam qornidayoq meni O‘z quli qilib yaratdi. Egamning ko‘z oldida men shuhrat topaman, Xudoyim mening kuch–qudratim bo‘ldi.
6 U shunday dedi: “Ha, Yoqub qabilalarini qayta tiklaysan, Isroildan qolganlarini qaytarasan. Men seni faqat shuning uchungina qulim qilmadim. Seni boshqa xalqlarga ham nur qilaman, Toki Mening najotim yerning chetigacha yetib borsin.”
7 Xalqlar qattiq nafratlanib, rad qilganga, Hukmronlarning quli bo‘lganga Isroilning Qutqaruvchisi, muqaddas Xudosi — Egamiz shunday aytmoqda: “Seni ko‘rib, shohlar o‘rnidan turadi, Hukmdorlar tiz cho‘kib ta’zim qiladi. Isroil xalqining muqaddas Xudosi — Sodiq Egangiz haqi–hurmati shunday qiladi. Axir, U seni tanlagan–ku!”
8 Egamiz shunday aytmoqda: “Muruvvat payti kelganda, Men senga javob berdim, Najot kuni kelganda, Men senga yordam berdim. O‘zim seni himoya qilaman, Xalqim bilan tuzgan ahdimni Sen orqali amalga oshiraman. Toki yurt qayta tiklansin, Tashlandiq mulklar taqsimlansin.
9 Mahbuslarga: ‘Chiqinglar!’ demoqdaman. Zulmatdagilarga: ‘Ko‘rininglar!’ demoqdaman. Yo‘l bo‘yida ular o‘tloqlar topadi, Tap–taqir qirlar ularning yaylovi bo‘ladi.
10 Ular na ochlikni, na tashnalikni biladi, Na garmsel, na jazirama quyoshdan azob chekadi. Mehr–shafqat ko‘rsatib, ularni yetaklayman, Ularni buloqlarga boshlab boraman.
11 Hamma tepaliklarimni yo‘lga aylantiraman, Katta, shoh yo‘llarim ko‘tariladi.
12 Mana, ular uzoqlardan keladi. Qarang, ular shimoldan, g‘arbdan, Sinim yurtidan ham keladi.”
13 Shodlikdan kuylang, ey samolar, Xursand bo‘l, ey zamin! Qo‘shiqqa jo‘r bo‘ling, ey tog‘lar! Egamiz xalqiga tasalli berdi, Ezilgan xalqiga rahm qildi!
14 Ammo Quddus shunday dedi: “Egam meni tark etdi, Rabbim meni unutib qo‘ydi.”
15 Egam aytar: “Axir, ayol kishi emizikli bolasini unutadimi?! O‘zi tuqqan bolasiga rahm qilmaydimi?! Agar xotinlar bolasini unutsalar ham, Men seni aslo unutmayman!
16 Qara, sening nomingni kaftimga yozib qo‘ydim, Devorlaring doimo ko‘z oldimdadir.
17 Hademay, farzandlaring qaytib keladi, Seni vayron qilib, yo‘qotmoqchi bo‘lganlar Sendan chiqib ketadi.
18 Boshingni ko‘tarib, atrofga qara, Hamma farzandlaring to‘planib, oldingga kelishdi.” Egamiz shunday demoqda: “Men barhayot Xudo bo‘lganim haqi aytamanki, Hammasi zebu ziynatday seni bezatib turadi, Kelinchakday ularni taqinchoq qilib taqasan.
19 Ha, yering kimsasiz, huvullab qolgandi, Yurting vayronaga aylangandi. Endi esa odam ko‘pligidan tor bo‘lib qoladi, Buzg‘unchilar sendan uzoqda yuradi.
20 Asirlikda tug‘ilgan farzandlaring Hali senga shunday deydi: ‘Bu joy bizga torlik qilyapti, Joy bering, biz ham yashaylik.’
21 Shunda o‘zingga o‘zing deysan: ‘Ularni menga kim tug‘ib berdi? Farzandsiz edim, tug‘mas bo‘lib qolgandim. Surgunda edim, xor bo‘lgandim. Ularni kim menga katta qilib berdi? Yolg‘iz o‘zim qolgandim–ku, Endi ular qayerdan kelib qoldi?’”
22 Egamiz Rabbiy shunday aytmoqda: “Mana, Men xalqlarga qo‘l ko‘tarib, ishora beraman, Elatlarga bayrog‘imni ko‘taraman. Bolalaringni ular qo‘llarida ko‘tarib keladi, Qizlaringni ular opichlab keladi.
23 Shohlar senga xizmat qilib, boqadi, Malikalar senga enagalik qiladi. Boshlari yerga tekkuday bo‘lib, Ular senga ta’zim qiladi, Oyoqlaring changini yalab–yulqaydi. O‘shanda Men Egang ekanligimni bilasan. Menga umid bog‘lagan sharmanda bo‘lmaydi.”
24 Biror kimsa kuchli jangchidan O‘ljani olib qo‘ya oladimi?! Nahotki zolimning qo‘liga asir tushgan qutula olsa?!
25 Egamiz esa shunday aytmoqda: “Mana, kuchli jangchidan asirlar tortib olinadi, Zolimga o‘lja bo‘lganlar qutqariladi! Senga qarshi chiqqanlarga Men qarshi chiqaman, Sening bolalaringni Men O‘zim qutqaraman!
26 Senga zulm qilganlarga o‘z tanasini yediraman, Ular sharob ichganday bo‘lib, o‘z qonidan mast bo‘ladi. Shunda jamiki odamzod Men najotkoring — Egang ekanligimni, Yoqub naslining qudratli Xudosi — Qutqaruvching ekanligimni bilib oladi.”


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак