Hizqiyo 12 bob

1 Surgun timsoli. 17 Jazo kechiktirilmaydi. 21 Egamizning so‘zlari amalga oshadi.

1 Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2 “Ey inson, sen isyonkor xalq orasida yashab yuribsan. Ularning ko‘zlari bor, ammo ko‘rmaydilar, quloqlari bor, ammo eshitmaydilar, chunki ular isyonkor xalqdir.”
3 Ey inson, kerakli narsalaringni tugib ol. Xuddi surgunga ketayotganday yo‘lga chiq. Buni kunduz kuni qil, odamlar seni ko‘rsin. Sen uyingni tashlab, boshqa joyga ketayotganingni hamma ko‘rsin. Kim bilsin, balki shunda bu isyonkor xalq esini yig‘ib olar.
4 Xalq seni tomosha qila olishi uchun, tuguningni kunduz kuni tashqariga chiqarib qo‘y. O‘zing esa kech tushganda seni tomosha qilayotgan olomon oldida, xuddi surgunga ketayotganday yo‘lga chiq.
5 Odamlarning ko‘zi oldida uying devorini tesh, tuguningni teshikdan olib chiq.
6 Kech tushganda uni yelkangga ortib, yo‘lga tush. Tark etayotgan yurtingni ko‘ra olmasliging uchun, yuzingni yopib ol, chunki xalq tomosha qiladigan bu namoyish ular uchun bir timsol bo‘ladi.
7 Men Egamizning aytganini qilib, surgunga ketayotganday tugunimni kunduz kuni ko‘chaga chiqarib qo‘ydim. Kech tushganda qo‘lim bilan uyim devorini teshdim. Qorong‘ida tugunni ko‘chaga chiqarib, yelkamga ortib oldim. Odamlar meni tomosha qilayotgan edi.
8 Ertasi kuni ertalab Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
9 — Ey inson, bu isyonkor Isroil xalqi sendan “Nimalar qilyapsan?” deb so‘ragandi, shunday emasmi?
10 Ularning oldiga borib ayt: “Egangiz Rabbiy shunday demoqda, sizlar tomosha qilgan namoyish — Quddusda hukmronlik qilayotgan shahzoda va u yerdagi butun Isroil xalqining qismati ramzidir.”
11 So‘ng ayt: “Kecha men sizlarga kelajakda sodir bo‘ladigan voqealarni namoyish qildim. Sizlar surgun bo‘lib, asirlikka tushasizlar.
12 Hozir hukmronlik qilayotgan shahzodangiz ham qorong‘ida yelkasiga tugun ortib, yo‘lga tushadi. U devorda ochilgan teshikdan chiqadi. Tark etayotgan yurtni ko‘rmasligi uchun, yuzini yopib oladi.
13 Men uning ustiga to‘r tashlayman, u tuzog‘imga tushadi. Men uni Xaldeylar yurti Bobilga olib boraman, ammo u Bobilni ko‘ra olmaydi. U o‘sha yerda olamdan o‘tadi.
14 Men shoh saroyining butun ahlini — vazirlaru soqchilarini to‘rt tomonga tarqatib yuboraman. Qilichimni yalang‘ochlab, ularni ta’qib qilaman.
15 Men ularni xalqlar orasiga tarqatib tashlaganimda, boshqa yurtlarga quvib yuborganimda, Egasi Men ekanligimni bilib oladilar.
16 Ammo Men xalqimdan ba’zilarini asrab qolaman. Ularni jangda saqlayman, ocharchiligu o‘latdan qutqaraman. Ular boshqa uluslar orasiga surgun bo‘lganda, qilgan jirkanch odatlarini e’tirof qiladilar. O‘shanda Egasi Men ekanligimni bilib oladilar.”
17 Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
18 “Ey inson, noningni yeganingda titragin, suvingni ichganingda qo‘rquv ichra qaltiragin.
19 Yurtdagi odamlarga ayt: “Isroildagi Quddus aholisi to‘g‘risida Egamiz Rabbiy shunday demoqda: bu odamlar yovuz bo‘lib ketganlari uchun Men ularning yurtini talon–taroj qildiraman. Ular nonni qo‘rquv ichra yeydilar, suvni sarosima ichra ichadilar.
20 Aholi yashagan shaharlari vayron bo‘ladi, butun yurt tashlandiq bo‘lib qoladi. Shunda Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar.”
21 Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
22 — Ey inson, Isroil yurtida aytilayotgan, “kunlar o‘tyapti, bashoratlar esa puchga chiqyapti”, degan maqolni eshitgansan.
23 Endi xalqim oldiga borib ayt: “Egamiz Rabbiy shunday demoqda, Men bu maqolni yo‘q qilib yuboraman. Isroilda uni aytmaydigan bo‘lishadi.” Yana ularga: “Bashoratlar bajo bo‘ladigan kunlar yaqinlashib qoldi”, deb ayt.
24 Endi Isroil yurtida soxta bashoratlaru, yolg‘on karomatlar aytilmaydi.
25 Ammo Men, Egangiz, sizlarga gapiraman, aytgan so‘zlarim amalga oshadi, kechikmaydi. Ey isyonkor xalq, sizning kuningizda Men aytganlarimni bajo keltiraman”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
26 Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
27 — Ey inson! Isroil xalqi sen aytgan bashoratlar uzoq kelajakka taalluqli, deb o‘ylayapti.
28 Shuning uchun ularga borib ayt: Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Aytgan birorta so‘zim kechikmaydi, hammasi amalga oshadi!” Egamiz Rabbiyning kalomi shudir.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак