Hizqiyo 18 bob

1 Shaxsiy mas’uliyat.

1 Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2 “Nima uchun sizlar Isroil yurtida: “Otalari achchiq uzum yeyishgan edi, bolalarining esa tishi qamashdi”, degan maqolni ishlatasizlar?
3 Men barhayot Xudo bo‘lganim haqi ont ichib aytamanki, sizlar endi Isroilda bu maqolni boshqa aytmaydigan bo‘lasizlar.
4 Bilib qo‘ying, har bir odamning joni Menikidir. Ota–onalarning ham, bolalarning ham jonlari Menga tegishlidir. Faqat gunoh qilgan odamgina o‘ladi.
5 Bordi–yu, odam solih bo‘lib, adolatli va to‘g‘ri ishlar qilsa,
6 Isroil xalqining butlariga sig‘inmasa, butxonalarda keltirilgan qurbonliklardan tanovul qilmasa, birovning xotini bilan zino qilmasa, hayz ko‘rgan ayolga yaqinlashmasa,
7 birovga jabr qilmasa, garovga olgan narsasini qaytarib bersa, o‘g‘irlik qilmasa, ochga non, yalang‘ochga kiyim bersa,
8 bergan qarzidan foiz talab qilmasa, o‘zini gunohdan tortsa, to‘g‘ri hukm chiqarsa,
9 farmonlarimga rioya qilsa, qonun–qoidalarimni bitta qoldirmay sadoqat bilan bajarsa, bunday odam haqiqatan ham solih hisoblanib albatta yashaydi”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
10 “Endi shunday solih odamning vahshiy bir o‘g‘li bor, deb faraz qilaylik. Bordi–yu, bu yaramas o‘g‘il qotillik qilsa yoki quyidagi jinoyatlarning birortasini Isroillik birodariga qilsa:
11 otasi qilmagan ishlarga qo‘l urib, butxonalarda keltirilgan qurbonliklardan tanovul qilsa, birovning xotini bilan zino qilsa,
12 kambag‘alu mazlumlarga jabr yetkazsa, o‘g‘irlikka qo‘l ursa, garovga olgan narsani qaytarmasa, butlarga sig‘insa, jirkanch odatlarga taqlid qilsa,
13 bergan qarzidan foiz talab qilsa, u yasharmidi?! Yo‘q! Bunday jirkanch ishlarga qo‘l urgan odam albatta o‘ladi. U o‘z boshini o‘zi yeydi–ku!”
14 Ammo bunday fosiq kishining o‘g‘li, otasi qilgan gunohlarini ko‘ra turib, otasiga taqlid qilmasa,
15 Isroil xalqining butlariga u sig‘inmasa, butxonalarda keltirilgan qurbonliklardan tanovul qilmasa, birovning xotini bilan zino qilmasa,
16 birovga zulm o‘tkazmasa, qarzdorlaridan kafillik talab qilmasa, o‘g‘irlik qilmasa, ochga non, yalang‘ochga kiyim bersa,
17 kambag‘alga jabr yetkazmasa, bergan qarzidan foiz olmasa, qonun– qoidalarimga rioya qilib, farmonlarimni bajarsa, bunday odam o‘z otasining gunohlari uchun o‘lmaydi. U albatta yashaydi.
18 O‘sha odamning otasi esa qilgan qabihliklari uchun o‘zi o‘ladi, chunki u birodariga jabr yetkazib, narsasini o‘g‘irladi, odamlar orasida yaramas ishlar qildi.
19 Sizlar esa: “Yo‘g‘–ye, nahotki bola otasining gunohi uchun jazo tortmasa?” deb aytasizlar. Agar bola adolatli va to‘g‘ri ishlar qilsa, qonun– qoidalarimning hammasini bitta qoldirmay bajarsa, u albatta yashaydi.
20 Gunoh qilgan odamgina o‘ladi. Bola otasining gunohi uchun jazolanmaydi, ota ham bolasining gunohi uchun jazolanmaydi. Solih odamlar o‘z solihligiga yarasha mukofot oladilar, fosiqlar o‘z fosiqligi uchun jazo tortadilar.
21 Bordi–yu, fosiq odam qilgan gunohlaridan tavba qilsa, qonun–qoidalarimning hammasini bajarsa, adolatli va to‘g‘ri ishlar qilsa, u albatta yashaydi, o‘lmaydi.
22 Men bunday odamning qilgan barcha gunohlaridan kechib yuboraman. U qilgan solih ishlari tufayli yashaydi.
23 “Nahotki Men fosiq odamning o‘limini istasam? Yo‘q! Men uning yomon yo‘ldan qaytishini va yashashini istayman!” deb aytmoqda EgamizRabbiy.
24 Yomon yo‘lga kirib ketgan solih odam–chi? Fosiqlar kabi jirkanch ishlar qilgan bunday odam yashaydimi? Yo‘q! Men uning bironta xayrli ishini esga olmayman. U Menga xiyonat qilgani uchun, gunohga qo‘l urgani uchun o‘ladi.
25 Sizlar esa: “Rabbiy noto‘g‘ri ish tutyapti”, deb aytyapsizlar. Ey Isroil xalqi, gapimni tinglang: “Noto‘g‘ri ish tutgan Menmi yoki sizlarmi?!
26 Bilib qo‘ying, yomon yo‘lga kirib ketgan har bir solih kishi qilgan gunohi uchun o‘ladi.
27 Yomon yo‘ldan qaytgan fosiq esa adolatli va to‘g‘ri ishlar qilsa, o‘z hayotini asrab qoladi.
28 Bunday odam tutgan yo‘li noto‘g‘ri ekanligini anglab, qilgan gunohlaridan qaytgani uchun albatta yashaydi, o‘lmaydi.
29 Shunday bo‘lsa–da, Isroil xalqi: “Rabbiy noto‘g‘ri ish tutyapti”, deb aytyapti. Ey Isroil xalqi, qani, Menga ayting–chi, noto‘g‘ri ish tutgan Menmi yoki sizlarmi?!”
30 Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Ey Isroil xalqi, Men har biringizni tutgan yo‘lingizga yarasha hukm qilaman. Tavba qilinglar! Gunohlaringizdan qaytinglar! Aks holda gunohingiz sizga to‘g‘onoq bo‘ladi.
31 Menga qarshi qilgan gunohlaringizdan voz kechinglar. O‘zlaringiz uchun yangi yurak va yangi ruh olinglar! Nima uchun sizlar o‘lishingiz kerak, ey Isroil xalqi?!
32 Men bironta odamning halok bo‘lishini istamayman. Yomon yo‘ldan qayting, yashang!” deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак