Hizqiyo 39 bob

1 Go‘gning mag‘lubiyati. 11 Go‘g dafn qilinadi. 21 Isroil tiklanadi.

1 “Ey inson, Go‘gga qarshi bashorat qilib ayt: Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Ey, Meshex va Tuval bosh hukmdori Go‘g, Men senga qarshiman!
2 Men seni orqaga qaytarib, sudrab kelaman. Seni uzoq shimoldan olib chiqib, Isroil tog‘lariga olib kelaman.
3 Chap qo‘lingdagi yoying va o‘ng qo‘lingdagi o‘qlaringni urib tushiraman.
4 Sen Isroil tog‘larida jon berasan! Sening hamma lashkarlaring va senga ergashib kelgan xalqlar u yerda halok bo‘lishadi. Ularning jasadlari turli yirtqich qushlarga va yovvoyi hayvonlarga o‘lja bo‘ladi.
5 Sen ochiq maydonda o‘lasan. Men shunday dedim”, deb aytmoqda EgamizRabbiy.
6 “Men Mago‘g ustiga va dengiz qirg‘og‘ida osoyishta hayot kechirayotgan barcha xalqlar ustiga olov yog‘diraman. O‘shanda Egasi Men ekanligimni ular bilib oladilar.
7 Men O‘zimning muqaddas nomimni xalqim Isroilga tanitaman. Meni badnom qilishlariga endi yo‘l qo‘ymayman. Shunda Men Egangiz — Isroil yurtidagi muqaddas Xudo ekanligimni xalqlar bilib oladilar.
8 Men aytgan o‘sha kun albatta keladi”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
9 “Shunda Isroil xalqi shaharlardan chiqib, mag‘lub bo‘lgan yovning qurol–aslahalarini yig‘adi. Ular yig‘ib olgan kattayu kichik qalqonlarni, yoy va o‘qlarni, tayoq va nayzalarni yoqishadi. Yetti yil davomida ularni o‘tin o‘rniga ishlatishadi.
10 O‘tin yig‘ish, o‘rmonda daraxt chopishga ehtiyoj qolmaydi, chunki bu qurol– aslahalar xalqim uchun yoqilg‘i bo‘ladi. Shu tariqa Isroil xalqi o‘z talonchilaridan o‘ch oladi”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
11 Bu hodisalar ro‘y bergan kuni Go‘g va uning to‘dasi uchun Men bir qabriston hozirlayman. Bu qabriston O‘lik dengizning sharqiy tomonidagi Sayohatchilar vodiysida joylashgan bo‘ladi. U sayohatchilarning yo‘lini to‘sib qo‘yadi. Shuning uchun sayohatchilar o‘sha vodiyning nomini o‘zgartirib, uni “Go‘g to‘dasining vodiysi”, deb ataydigan bo‘lishadi.
12 Isroil xalqi yetti oy mobaynida jasadlarni ko‘mib, o‘z yurtini poklaydi.
13 Butun yurt aholisi jasadlarni ko‘madi. Shu qilganlari uchun Men ulug‘vorligimni namoyon qilgan kunda ular yuksak obro‘ga erishadi”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
14 Yetti oy o‘tgach, yurtni poklaydigan maxsus odamlar tayinlanadi. Ular yurtni kezib, ko‘milmay qolib ketgan jasadlarni ko‘madilar.
15 Ular yurtni kezib yurganlarida topgan har bir suyak oldiga belgi qo‘yadilar. Go‘rkovlar bu suyaklarni yig‘ib olib, “Go‘g to‘dasining vodiysi”ga ko‘madilar.
16 Qabriston yonidagi shaharning nomi ham To‘da bo‘ladi. Shunday qilib, ular yurtni poklaydilar.
17 Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Ey inson, turli xil qushlarni va hamma yovvoyi hayvonlarni yig‘ib, ularga shunday deb ayt: Qani, kelinglar! Men sizlar uchun qurbonlik hozirlayman, Isroil tog‘larida katta ziyofat uyushtiraman. Sizlar to‘yguningizcha go‘shtdan yeb, qondan ichasizlar.
18 Bashan o‘lkasida semirtirilgan qo‘chqor, qo‘zichoq, echki va buqalar bo‘g‘izlanganday, bahodir jangchilaru jahon hukmdorlari qurbon qilinadi. Sizlar ularning tanalarini yeb, qonini ichasizlar.
19 Men sizlar uchun uyushtiradigan bu ziyofatda sizlar to‘yguningizcha yog‘dan yeysizlar, mast bo‘lguningizcha qondan ichasizlar.
20 Sizlar Mening dasturxonimdan xohlaganingizcha ot va otliqlarning go‘shtidan, sipoh va turli xil jangchilarning go‘shtidan tanovul qilasizlar”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
21 Men O‘z ulug‘vorligimni xalqlar orasida namoyon qilaman. Xalqlarni jazolab, ularga O‘z qudratimni ko‘rsataman.
22 O‘sha kundan boshlab, Isroil xalqi Egasi Xudo Men ekanligimni biladi.
23 Isroil xalqi gunoh qilib, Menga xiyonat qilgani uchun Men ularni begona yurtlarga surgun qilganimni boshqa xalqlar tushunib olishadi. Xalqimning bu qilmishi uchun Men ulardan yuz o‘girib, dushmanlarning qo‘liga topshirgan edim, qirilib ketishlariga to‘sqinlik qilmadim.
24 Men ulardan yuz o‘girdim, buzuqligi va qilgan gunohlariga yarasha jazosini berdim.”
25 Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Mana endi Men Yoqub naslini yana farovonlikka erishtiraman. Butun Isroil xonadoniga shafqat ko‘rsataman. Obro‘im to‘kilishiga yo‘l qo‘ymayman!
26 Ular o‘z yurtiga qaytib kelganlaridan keyin o‘tmishdagi sharmandagarchiligi va Menga qilgan hiyonati uchun javobgar bo‘ladilar. Shunda hech kim ularga tahdid qilmaydi.
27 Men ularni g‘animlarning yurtlaridan olib chiqqanimda, xalqlar muqaddasligimni ko‘rishadi.
28 Egasi Xudo Men ekanligimni xalqim bilib oladi. Garchi Men ularni o‘zga yurtlarga tarqatib yuborgan bo‘lsam–da, ularni ona yurtiga qaytarib olib kelaman. Xalqimdan birontasi ham begona yurtda qolib ketmaydi.
29 Men xalqim Isroil ustiga O‘z Ruhimdan yog‘diraman, endi ulardan yuz o‘girmayman”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак