Hizqiyo 38 bob

1 Hukmdor Go‘g Isroilga hujum qiladi. 18 Xudo Go‘gni jazolaydi.

1 Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2 “Ey inson, Mago‘g yurtidagi Meshex va Tuval xalqlarining bosh hukmdori Go‘gga yuzlan. Unga qarshi bashorat qilib,
3 ayt: Egamiz Rabbiy shunday demoqda: ey Meshex va Tuval xalqlarining bosh hukmdori Go‘g, Men senga qarshiman!
4 Men seni orqaga qaytaraman, jag‘laringga ilmoqlar solaman. Seni va butun lashkaringni, otlaru otliqlaringni, tish–tirnog‘igacha qurollangan askarlaringni, ulkan bir olomonni, katta va kichik qalqon ushlab, qilich o‘ynatgan jangchilaringni sudrab chiqaraman.
5 Sening safingga Forslar, Habashlar va Fut xalqining qurollangan jangchilari qo‘shiladi.
6 Go‘merning va shimoldagi Bayt–To‘xarmoning barcha lashkarlari senga ergashadi. Sening lashkarlaring nihoyatda ko‘pdir.
7 Qani tayyorlan! Atrofingdagi lashkarlarni jangga shay qil! Sen ularni boshlab borasan.
8 Yillar o‘tib, jangga otlanasan. Urushdan keyin o‘zini tiklab olgan bir yurtga sen bostirib borasan. Uzoq vaqt davomida tashlandiq bo‘lib yotgan bu yurtga, turli xil xalqlardan Isroil tog‘lariga kelib o‘rnashgan odamlarga hujum qilasan. Ularning hammasi osoyishta turmush kechirayotgan bo‘ladi.
9 Ammo sen dovuldek ularga yopirilasan. Sen, lashkarlaring va senga ergashib kelgan ko‘plab xalqlar yurtni bulut kabi qoplab olasizlar.”
10 “Egang Rabbiy shunday demoqda: O‘sha kuni sen yomon xayollarga berilasan, yovuz rejalar tuza boshlaysan.
11 Sen shunday aytasan: — Men devor bilan o‘ralmagan qishloqlarga bostirib boraman. Xotirjam yashayotgan odamlarga hujum qilaman. Ularning na devorlari bor, na darvozasi, na tambasi bor.
12 Sen xarob shaharlarni tiklagan odamlarni talon–taroj qilasan. Bu odamlar turli xalqlardan yig‘ilgan, chorva ko‘paytirib, dunyo orttirgan, jahon chorrahasida joylashib olishgan.
13 Shunda Shava va Dedan xalqlari hamda Tarshish savdogarlariyu zodagonlari sendan so‘raydilar: “Sen hali o‘lja olgani keldingmi? Talon–taroj qilgani, oltinu kumush olib ketgani, chorvayu boylikni tortib olgani, qo‘lga behad o‘lja kiritgani bir to‘da qo‘shin tortib keldingmi?”
14 “Ey inson, Go‘gga bashorat qilib ayt: Egamiz Rabbiy shunday demoqda: sen xalqim Isroilning xotirjam yashaganini ko‘rib,
15 shimoldagi olis yurtingdan ko‘p xalqlarni ergashtirib kelasan. Ha, bu cheksiz otliq lashkarni, bir to‘da buyuk qo‘shinni tortib kelasan.
16 Yer yuzini qoplagan bulut kabi xalqim Isroilni bosib olasan. Ey Go‘g, kelajakda Men seni yurtimga hujum qilgani yuboraman. Sen orqali xalqlarga muqaddasligimni ayon qilib, O‘zimni tanitaman.”
17 Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “O‘z qullarim — payg‘ambarlar orqali Men xalqimni ogohlantirib kelganman. Kelajakda ularga qarshi bir dushman yuborishimni oldindan aytganman. O‘sha dushman sensan, ey Go‘g.”
18 Egamiz Rabbiy aytmoqda: “Go‘g Isroil yurtiga hujum qilgan kuni, Men g‘azabga minib olaman!
19 Rashku g‘azabda e’lon qilamanki, o‘sha kuni Isroil yurtida dahshatli zilzila bo‘ladi.
20 Yer yuzidagi barcha jonzot — dengizdagi baliqlaru ko‘kdagi qushlar, yovvoyi hayvonlaru sudraluvchilar, hamma odamlar Mening huzurimda titraydilar. Tog‘lar ag‘darilib tushadi, qoyalar parchalanib ketadi, hamma devorlar o‘pirilib tushadi.”
21 “Ey Go‘g, Men hamma Isroil tog‘larida senga qarshi qilich hozirlayman, — deb aytmoqda Egamiz Rabbiy. — Lashkarlaring bir–biriga hamla qiladi.
22 Men o‘latu qotilliklar orqali seni jazolayman. Sening, lashkaringning, senga ergashib kelgan ko‘p xalqlarning ustiga olovli oltingugurt, jala va do‘l yog‘diraman.
23 Dunyodagi ko‘plab xalqlarga O‘zimning ulug‘vorligim va muqaddasligimni namoyon qilaman, ularga O‘zimni tanitaman. O‘shanda Egangiz Men ekanligimni ular bilib oladilar.”


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак