Hizqiyo 24 bob

1 Iflos qozon. 15 Hizqiyolning xotini olamdan o‘tadi.

1 Surgun bo‘lgan paytimizning to‘qqizinchi yili o‘ninchi oyning o‘ninchi kunida Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2 “Ey inson, bu kunning sanasini yozib qo‘y, chunki Bobil shohi bugun Quddusni qamal qildi.
3 Bu isyonkor xalqimga matal so‘zlab ayt: Egangiz Rabbiy shunday demoqda: o‘choqqa o‘t yoqing, qozonga suv quying.
4 Qozon ichiga eng yaxshi go‘shtlardan — son va yelka go‘shtlaridan soling, ilikli suyaklar bilan qozonni to‘ldiring.
5 Suruvning sara qo‘chqoridan so‘ying, o‘choqqa ko‘proq o‘tin yig‘ing, qozondagi suvni qaynating, go‘shtu suyaklarni obdan pishiring.
6 Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Qotillar shahri Quddusning holiga voy! Bu shahar qasmoqli qozon kabidir, uning qasmog‘i ketmaydigan bo‘lib qolgan. Qani, qozonni bir chekkadan bo‘shating, qo‘lingizga nima ilinsa, olib ketavering.
7 Shahar ichida qotillik qilindi, odamlarning qoni qoyatoshga to‘kildi. O‘sha qon yerga to‘kilganda edi, tuproq bilan ko‘milib ketardi.
8 Men qonni o‘sha qoya ustida qoldirdim, uni yashirib bo‘lmaydi. Men uni ko‘rganimda g‘azabim alanga oladi, u Meni qotillardan qasos olishga undaydi.”
9 Shuning uchun Egamiz Rabbiy aytmoqda: “Qotillar shahri Quddusning holiga voy! Men O‘zim o‘tinni baland qilib uyaman.
10 Qani, shox– shabbalarni yig‘ayin, olov yoqayin! Go‘shtni obdan pishiray, ziravorlardan solay. Suyaklar esa olovda yonib yo‘q bo‘lsin.
11 Qozonni bo‘shatayin, ko‘mir ustiga qo‘yayin! Temir qozonni qizarguncha qizdirayin. Ichidagi iflosliklari erib ketsin, qasmoqlari olovda kuyib, yo‘q bo‘lsin.
12 Eh, O‘zimni behuda urintiribman. Qozonning qalin qasmog‘i ketmadi. Uni qasmog‘i bilan olovga tashlanglar!
13 Ey Quddus, sen behayoliging bilan o‘zingni bulg‘ading. Men seni tozalab ko‘rdim, ammo sen haromligingcha qolding. Endi ustingga O‘z qahrimni sochmagunimcha sen poklanmaysan.
14 Men, Egangiz shunday dedim. Aytganlarimni amalga oshiradigan vaqti keldi. Endi O‘zimni tutib turmayman. Senga achinmayman, O‘z shaxtimdan qaytmayman. Tutgan yo‘llaringga, qilgan qilmishlaringga yarasha seni jazolayman”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
15 Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
16 “Ey inson, Men o‘lat yuborib, seni ko‘zing quvonchidan judo qilaman. Ammo sen aza tutma, faryod qilma, ko‘z yosh to‘kma.
17 Ingragan tovush chiqarma, o‘lgan aziz odaming uchun motam tutma. Sallangni yechma, oyoq yalang yurma. Yuzingni yopma, ta’ziyaxonalarda yeyiladigan ovqatdan yema.”
18 Ertalab men xaloyiqqa gapirdim. O‘sha kuni kechqurun esa mening xotinim olamdan o‘tdi. Ertasi kuni men Xudoning aytganini qildim.
19 Odamlar mendan: “Nimaga bunday qilyapsan? Bu bilan bizga biron narsa aytmoqchimisan?” deb so‘radilar.
20 Men ularga shunday javob berdim: Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qilib,
21 Isroil xalqiga shu gaplarni aytib qo‘yishimni buyurdi. Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Faxrlanadigan qo‘rg‘oningiz, ko‘zingiz quvonchi, yuragingiz orzusi bo‘lmish muqaddas maskanimni Men harom qildiraman. Quddusda qolgan o‘g‘il–qizlaringiz qilichdan halok bo‘ladi.”
22 Shunda men nima qilgan bo‘lsam sizlar shuni qilasizlar. Sizlar yuzingizni yopmaysizlar, ta’ziyaxonalarda yeyiladigan ovqatdan yemaysizlar.
23 Sallangizni yechmaysizlar, oyoq yalang yurmaysizlar, aza tutmaysizlar, faryod qilmaysizlar. Gunohlaringiz sizlarni adoyi tamom qiladi, dardingizni bir–biringizga ingrab aytasizlar.
24 Men sizlar uchun bir alomat bo‘laman, men hozir nima qilayotgan bo‘lsam sizlar ham shuni qilasizlar. O‘sha vaqt kelganda bu ishlarni Egangiz Rabbiy qilganini bilib olasizlar.
25 Egamiz menga shunday dedi: “Ey inson, Men xalqimning qo‘rg‘onini, zavqu shuhratini, ko‘z quvonchi, yurak orzusi bo‘lmish Ma’badni vayron qilgan kunim o‘g‘il–qizlarini ham qirdirib tashlayman.
26 Qirg‘indan qochib qutulgan bir odam o‘sha kuni yoningga keladi. U bo‘lib o‘tgan voqealarni senga so‘zlab beradi.
27 Shunda sen yana tilga kirasan. Kelgan o‘sha odam bilan gaplashasan, boshqa sukut saqlamaysan. Xullas, xalqim uchun bir alomat bo‘lasan, shunda Egangiz Men ekanligimni ular bilib oladilar.”


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18