Hizqiyo 7 bob

1 Isroil xalqining so‘nggi kunlari. 15 Isroil xalqi gunohlari uchun jazo tortadi.

1 Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2 “Ey inson, Egang RabbiyIsroil yurti haqida shunday deb aytmoqda: Kuni bitdi! Butun yurtning kuni yetdi!
3 Ey Isroil, sening kuning bitdi, Men qahrimni ustingga sochaman. Tutgan yo‘ling uchun seni hukm qilaman, jirkanch odatlaring uchun jazolayman.
4 Senga achinmayman, rahm ham qilmayman. Tutgan yo‘ling uchun, jirkanch odatlaring uchun adabingni beraman. O‘shanda Egang Men ekanligimni bilib olasan.”
5 Egamiz Rabbiy shunday deb aytmoqda: “Dahshatli kulfat! Mana, kulfat kelmoqda!
6 Kuning bitdi! Evoh, kuning bitdi! Mana, balo boshingga yetdi!
7 Ey, yurtda yashovchi odam, halokating keldi! Tog‘larda xursandchilik emas, sarosima hukm suradigan kun keldi.
8 Ko‘p o‘tmay seni g‘azabimga giriftor etaman, jahlimdan tushmagunimcha qahrimni ustingga sochaman. Tutgan yo‘ling uchun seni hukm qilaman, jirkanch odatlaring uchun jazolayman.
9 Senga achinmayman, rahm qilmayman. Tutgan yo‘ling uchun, jirkanch odatlaring uchun adabingni beraman. O‘shanda seni jazolagan Egang Men ekanligimni bilib olasan.
10 Ana, kulfat kuni yetib keldi! Halokat boshingga tushdi! Zo‘ravonlik gulladi, mag‘rurlik kurtakladi.
11 Zo‘ravonlik fosiqlikni jazolaydigan xivichga aylandi. Bu odamlarning birontasi omon qolmaydi. To‘kinligu boyligi, dabdabasi yo‘q bo‘ladi.
12 O‘sha vaqt keldi! O‘sha kun yaqinlashdi! Xaridor xarid qilgan narsasidan quvonmasin, sotuvchi ko‘rgan zararidan g‘am chekmasin. Mening g‘azabim butun olomon ustiga birday yog‘iladi.
13 Sotuvchi bilan xaridor tirik qolgan taqdirda ham, sotuvchi sotgan yerini qaytarib ololmaydi. Butun olomonga tegishli bu bashoratni qaytarib bo‘lmaydi. Gunoh qilganlari uchun ularning birortasi o‘z hayotini saqlab qololmaydi.
14 Burg‘ular chalindi, hammasi tayyor bo‘ldi. Ammo jangga hech kim kirmadi, chunki Mening g‘azabim butun olomon ustiga yog‘iladi.
15 Ko‘chada jang bo‘lmoqda. Ichkarida ocharchiligu o‘lat hukm surmoqda. Daladagilar jangda halok bo‘ladilar, shahardagilar ocharchiligu o‘latdan o‘ladilar.
16 Omon qolganlar dashtdagi kabutarlarday tog‘larga qochadi. Ular gunoh qilganlari uchun ingraydi.
17 Odamlarning qo‘llarida mador qolmaydi, ishtonlari ho‘l bo‘ladi.
18 Ular qanorga o‘ranishadi, dahshat ularning yopinchig‘i bo‘ladi. Yuzlari shuvut, boshi kal bo‘ladi.
19 Kumushlarini ko‘chaga uloqtirishadi, oltini axlat kabi bo‘ladi. Egamizning g‘azab kunida kumushu oltini ularga najot bera olmaydi. Ularning nafsini qondirmaydi, och qorinlarini to‘yg‘izmaydi. Ha, oltinu kumush xalqimga to‘g‘onoq bo‘ldi.
20 Ular ko‘z–ko‘z qilib yurgan chiroyli oltin bezaklaridan makruh xudolaru jirkanch butlarni yasadilar. Shu sababdan Men boyliklarini ular uchun axlat kabi qilaman.”
21 “Men o‘sha boyliklarni kelgindilarga o‘lja qilib beraman, dunyoning fosiqlariga talataman. Ular xalqimning bisotini harom qiladilar.
22 Men xalqimdan yuzimni o‘giraman. Shunda ular aziz uyimni bulg‘aydilar. Ha, zo‘ravonlar bostirib kelib, uni bulg‘aydilar.”
23 “Xalqim uchun zanjirlar tayyorlang! Zero, yurtda qotillik avjga chiqqan. Quddus shahri zo‘ravonlikka to‘lgan.
24 Men yurtimga eng vahshiy xalqlarni boshlab kelaman. Ular xalqimning uylariga egalik qilishadi. Men kuchlilarning mag‘rurligiga chek qo‘yaman. Xalqimning sajdagohlari harom qilinadi.
25 Dahshatu alam xalqimni qamrab oladi. Ular tinchlikka intilishadi, ammo tinchlik bo‘lmaydi.
26 Kulfat ketidan kulfat keladi, mish–mish ketidan mish–mish tarqaladi. Odamlar bashorat qidirib, payg‘ambar oldiga behuda borishadi. Ruhoniylar ta’limot berishga, oqsoqollar maslahat berishga ojiz bo‘ladilar.
27 Shunda shoh qayg‘uga botadi, shahzodalar tushkunlikka tushadilar. Qo‘rqqandan yurt ahlining qo‘li titraydi. Men ularni qilgan qilmishlariga yarasha jazolayman. Ular boshqalarni qanday hukm qilgan bo‘lsa, Men ham ularni xuddi shunday hukm qilaman. O‘shanda Egasi Men ekanligimni bilib oladilar.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак