Hizqiyo 47 bob

1 Ma’baddan oqib chiqqan irmoq. 13 Yurtning chegaralari.

1 O‘sha odam meni Ma’badning eshigi yoniga olib bordi. Qarasam, Ma’bad ostonasidan bir irmoq oqib chiqayotgan ekan. Ostonaning janub tomonidan chiqqan bu irmoq qurbongohning janubidan o‘tib, sharqqa oqayotgan edi.
2 So‘ng o‘sha odam meni shimoliy darvoza orqali tashqariga olib chiqdi. Biz aylanib, Ma’badning sharqiy darvozasi yoniga bordik. Irmoq sharqiy darvozaning janub tomonidan jildirab oqib chiqayotgan edi.
3 O‘sha odam qo‘lidagi arqon bilan sharq tomonga oqayotgan bu irmoqning uzunligini o‘lchay boshladi. U 1.000 tirsak o‘lchab bo‘lganidan so‘ng, irmoqdan kechib o‘tishimni buyurdi. O‘sha yerdagi suv to‘pig‘imgacha kelar edi.
4 So‘ng yana 1.000 tirsak o‘lchab, irmoqdan kechib o‘tishimni buyurdi. Bu safar suv tizzamgacha chiqqan edi. Keyingi 1.000 tirsak masofadan so‘ng suv belimgacha chiqdi.
5 So‘ng u odam yana 1.000 tirsak o‘lchadi, bu yerda irmoq o‘tib bo‘lmaydigan bir daryoga aylangan edi. U shu qadar chuqur ediki, uni faqat suzib o‘tsa bo‘lar edi.
6 Shunda u odam menga: “Ey inson, ko‘rgan bu narsani doim yodingda tut”, — dedi–da, meni qirg‘oqqa boshlab ketdi.
7 Qirg‘oqqa chiqqanimizdan so‘ng, men daryoning ikki tomonida o‘sayotgan juda ko‘p daraxtlarni ko‘rdim.
8 Odam menga dedi: “Bu daryo sahro orqali Iordan vodiysiga oqib, O‘lik dengizga quyiladi. Shunda O‘lik dengizning sho‘r suvlari shirin bo‘ladi.
9 Daryo oqib borgan hamma joyda sudraluvchilar yashaydi, baliqlar to‘lib– toshadi. Shirin bo‘lgan bu suvlar oqib o‘tgan hamma joyda hayot boshlanadi.
10 Odamlar O‘lik dengizning qirg‘oqlarida turib baliq tutishadi, En– Kaydidan En–Exlayimgacha bo‘lgan joyda to‘rlarini quritishadi. O‘rta yer dengizidagi kabi baliqlarning turi ko‘p bo‘ladi.
11 Biroq botqoqliklar bilan xalqoblarning suvlari yangilanmaydi. Ular tuz manbayi bo‘lib qoladi.
12 Daryoning ikki tomonida turli xil mevali daraxtlar o‘sadi. Ular har oyda yangi mevalar tugadi, barglari hech qachon so‘limaydi. Ma’baddan chiqqan suv ularni sug‘organi uchun ular hech qachon hosildan qolmaydi. Ularning mevalari ozuqa bo‘ladi, barglari shifo keltiradi.
13 Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Yurtni Isroilning o‘n ikki qabilasiga bo‘lib berayotganingizda quyidagi ko‘rsatmalarga rioya qilinglar: Yusuf qabilasiga ikki ulush yer berilsin.
14 Men ota–bobolaringizga ont ichib, va’da qilgan bu yerni qabilalar orasida teng bo‘linglar. Bu yer sizning mulkingiz bo‘ladi.
15 Shimoliy chegarangiz O‘rta yer dengizidan boshlanib, sharqqa Xetlon shahri tomon boradi, so‘ng Levo–Xomat orqali o‘tib, Zadod shahrigacha davom etadi.
16 Keyin Damashq va Xomat oralig‘idagi Baro‘tax va Sivrayim shaharlarigacha borib, Xavron chegarasidagi Xazer–Xatikongacha cho‘ziladi.
17 Shunday qilib, shimoliy chegarangiz O‘rta yer dengizidan sharqdagi Xazor–Enan shahrigacha boradi. Xazor–Enan shahri janubdagi Damashq va shimoldagi Xomat hududlari orasida joylashgan.
18 Sharqiy chegara Xavron va Damashq hududlari orasida boshlanib, Isroil va Gilad yerlari o‘rtasidan oqqib o‘tgan Iordan daryosi bo‘ylab boradi. O‘lik dengizdan ham o‘tib, janubdagi Tamar shahrigacha yetib boradi. Mana shu sharqiy chegaradir.
19 Janubiy chegara Tamar shahrida boshlanib, Kadeshdagi Mariva suvlarigacha boradi, keyin Misr soyligi bo‘ylab borib, O‘rta yer dengizigacha yetadi. Bu janubiy chegaradir.
20 O‘rta yer dengizining qirg‘og‘i g‘arbiy chegarani tashkil qilib, Levo–Xomatning g‘arbdagi shimoliy chegara boshlangan joygacha boradi.
21 Bu yerlarni Isroil qabilalariga bo‘lib beringlar.
22 Uni qur’a bo‘yicha meros qilib olinglar. Bolalari Isroilda tug‘ilgan orangizdagi musofirlarga ham yeringizdan ulush beringlar. Ularni Isroilning mahalliy aholisi deb bilinglar. Ularga o‘zingiz qatori Isroil qabilalari orasidan yerni mulk qilib beringlar.
23 Ular qaysi qabila orasida yashashsa, o‘sha qabila hududidan yer olishsin”, deb aytmoqda Egangiz Rabbiy.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак