Hizqiyo 21 bob

1 Egamizning qilichi. 18 Bobil shohining qilichi. 28 Ommon xalqiga qarshi ko‘tarilgan qilich.

1 Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2 “Ey inson, Quddusga yuzlan. Isroil yurtiga va barcha sajdagohlariga qarshi bashorat qil.
3 Isroil yurtiga qaratib shunday so‘zlarni ayt: Egamiz aytmoqda, Men O‘zim senga qarshi chiqaman! Qilichimni qinidan sug‘urib, hammangizni — solihu fosiqlarni yo‘q qilaman.
4 Qilichim janubdan shimolgacha bo‘lgan hamma jonzotni qirib tashlaydi.
5 Shunda hamma Egangiz Men ekanligimni biladi. Ha, Men qilichimni qinidan sug‘uraman! Uni qaytarib joyiga solmayman.”
6 “Ey inson, siqilgan odamga o‘xshab, chuqur xo‘rsingin, qayg‘urganingni hamma ko‘rsin.
7 Ular sendan: “Nega xo‘rsinyapsan?” deb so‘rashganda, ularga shunday javob ber: “Noxush bir xabar eshitdim. U amalga oshganda odamlarning yuragi orqaga tortib ketadi, qo‘llarida mador qolmaydi, ruhi tushadi, ishtonlari ho‘l bo‘ladi. Mana o‘sha vaqt yaqinlashib qoldi! U albatta amalga oshadi”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
8 Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
9 “Ey inson, bashorat qilib ayt: Rabbiy shunday demoqda: Mana, Men qilichimni yaltiratib, charxladim.
10 Odamlarni qirish uchun qayradim. Chaqmoq kabi chaqnashi uchun yaltiratib tozaladim. Ammo bundan qanday xursand bo‘laylik?! Ey o‘g‘lim Yahudo, Qilichim saltanat hassasini mensimaydi, Har qanday tayoqni pisand qilmaydi.
11 Mana, qilichim charxlandi, Ishlatish uchun tayyor bo‘ldi. Yaltiratib qayraldi, Qotil uchun hozirlandi.
12 Ey inson, dod solib faryod qilgin! Zero, qilich xalqimga qarshidir, Barcha Isroil shahzodalariga qarshidir. Ular qilichdan nobud bo‘ladi, Xalq qatorida qirilib ketadi. Endi ko‘ksingga ur!
13 Bu sinov paytidir! Qilich hatto Yahudoning saltanat hassasini mensimasa nima bo‘ladi?! Saltanatning kuni bitadi”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
14 “Ey inson, bashorat qilgin. Kaftingni kaftingga uravergin, Qilich xalqimni qayta–qayta chopaversin. Bu qirg‘in qilichidir, Qirg‘in–barot qilichidir. U xalqimni har tomondan siqib kelmoqda!
15 Odamlarning yuragi orqaga tortib ketdi, Ular qo‘rquvdan qoqila boshlashdi. Men qilichimni qirg‘in uchun o‘rnatdim, Shaharning har bir darvozasi oldiga qo‘ydim. Eh, mana qilichim yaltiratib tozalandi. Odamlarni qirish uchun qinidan chiqarildi.
16 Ey qilichim, o‘ngdagilarni chop! So‘ldagilarni chop! Hammani tig‘dan o‘tkaz!
17 Men ham kaftimni kaftimga uraman, Shunda jahldan tushaman. Bularni Men, Egangiz aytdim.”
18 Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
19 “Ey inson, xaritaga ikki yo‘lni tushir. Bobil shohi bu yo‘llardan yurib, hujum qiladi. Ikkala yo‘l ham bir joydan boshlansin. Yo‘llarning ayrilgan joyiga bir belgi qo‘ygin.
20 Yo‘llardan biri Bobil shohini Ommon yurtining poytaxti Rabbaga, ikkinchisi Yahudo yurtining mustahkam shahri Quddusga olib borsin.
21 Hozir Bobil shohi yo‘llar ayrilgan joyda turib, qaysi shaharga hujum qilish kerakligi haqida bosh qotiryapti. U kamon o‘qlarini silkitib, qur’a tashlayapti. But–sanamlarga maslahat solyapti, qurbonlik qilingan hayvonlarning jigariga qarab, fol ochdiryapti.
22 U o‘ng qo‘li bilan “Quddus” deb yozilgan o‘qni chiqaradi. Quddus atrofiga devorteshar qurollarni o‘rnashtiradi. Lashkariga, o‘ldir, deya buyruq beradi, ularni jangga da’vat qiladi. Darvozani buzadigan qurollarni o‘rnashtiradi, shahar devoriga qiyalatib tuproq uydiradi, qamal inshootlarini qurdiradi.
23 Quddus aholisi Bobil shohiga sadoqat qasamini ichgani uchun, bu ularga soxta bashoratday tuyuladi. Ammo Bobil shohi ularning aybini yuziga soladi, ularni asir qilib oladi.”
24 Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Ey xalqim, sen ochiqchasiga isyon ko‘tarib, o‘z aybingni o‘zing fosh qilding. Qilgan har bir ishing bilan gunohlaringni ko‘rsatding. Shu bois sen asirlikka tushasan.”
25 “Ey buzuq, fosiq Isroil hukmdori, sening kuning bitdi! Oxirgi jazoingning soati yetdi!
26 Men Egang Rabbiy senga aytyapman: boshingdagi sallangni yech, tojingni olib tashla. Endi hammasi o‘zgaradi, xo‘rlangan odam yuksaladi, yuksalgan odam esa xo‘rlanadi.
27 Qarang, vayronalar, vayronalar! Ha, Men Quddusni vayron qilaman. Ammo shaharni hukm qiladigan odam kelmaguncha bular sodir bo‘lmaydi. Men shaharni o‘shaning qo‘liga beraman.”
28 Egamiz menga dedi: “Ey inson, bashorat qilib ayt: Isroilni mazax qilgan Ommon xalqi haqida Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Ey qilich, qilich, sen qirg‘in uchun qindan chiqarilding. Odamlarni qirish uchun charxlanding, chaqmoq kabi yashnash uchun yaltiratib tozalanding!
29 Ommon xalqi sen haqingda yolg‘on vahiylar ko‘ryapti, sen to‘g‘ringda bo‘lmag‘ur follar ochdiryapti. Sen bu yovuz, fosiqlarning boshini chopib tashlaysan! Ularning kuni bitdi, oxirgi jazosining soati yetdi!
30 Qilichni qiniga solinglar! Ey Ommon xalqi, Men sizni ona yurtingizda, tavallud topgan joyingizda hukm qilaman.
31 Ustingizga g‘azabimni sochaman, qahrimning olovini sizga ufuraman. Sizni shafqatsizlarning qo‘liga beraman, o‘sha mohir qotillarga topshiraman.
32 Sizlar olovga yem bo‘lasiz, qoningiz ona yurtingizda to‘kiladi. Siz haqingizdagi xotira abadiy o‘chadi. Bularni Men, Egangiz aytdim.”


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак