Hizqiyo 48 bob

1 Yer qabilalar orasida bo‘linadi. 8 Maxsus ajratilgan yer. 23 Janubdagi qabilalarning yerlari. 30 Quddus darvozalari.

1 Quyida Isroil qabilalarining nomlari va ularning ulush qilib olgan yerlari qayd etilgan. Dan qabilasining hududi Isroil yurtining shimolida joylashgan. Uning chegarasi Xetlon yo‘li bo‘ylab Levo–Xomatga, so‘ng Xazor–Enanga boradi. Xazor–Enan shahri janubdagi Damashq va shimoldagi Xomat hududlari orasida joylashgan. Dan qabilasining hududi Isroil yurtining g‘arbiy chegarasidan sharqiy chegarasigacha cho‘ziladi.
2 Dan hududidan janubda Asher qabilasi joylashadi, uning hududi ham Isroil yurtining g‘arbiy chegarasidan sharqiy chegarasigacha cho‘ziladi.
3 Asher hududidan janubda Naftali qabilasi joylashadi, ularning hududi ham g‘arbdan sharqqacha cho‘ziladi.
4 Naftalidan janubda Manashe qabilasi,
5 Manashedan janubda Efrayim,
6 so‘ng Ruben,
7 so‘ng Yahudo qabilalari joylashadi. Hamma qabilalarning hududlari Isroil yurtining g‘arbiy chegarasidan sharqiy chegarasigacha cho‘ziladi.
8 Yahudo hududidan janubda maxsus ajratilgan yer bo‘ladi. Bu yerning uzunligi har bir qabilaga ajratilgan yerning uzunligi bilan teng, Isroil yurtining g‘arbiy chegarasidan sharqiy chegarasigacha bo‘ladi. Eni esa 25.000 tirsak bo‘ladi. Bu maxsus ajratilgan yerning o‘rtasida Ma’bad joylashadi.
9 Menga ajratilgan bu hududning uzunligi 25.000 tirsak, eni 20.000 tirsak bo‘ladi.
10 Men, Egangiz, muqaddas yerimning yarmini ruhoniylarga beraman. Ularga ajratilgan yerning shimol tomonidagi uzunligi 25.000 tirsak, g‘arb tomondagi eni 10.000 tirsak, sharq tomondagi eni 10.000 tirsak va janub tomondagi uzunligi 25.000 tirsak bo‘ladi. Ruhoniylarga ajratilgan yerning markazida Mening Ma’badim joylashadi.
11 Bu yer faqat Zodo‘x avlodidan tayinlangan ruhoniylarga tegishli bo‘ladi, chunki ular Mening talablarimni bajardilar. Isroil xalqi va boshqa levilar Mendan yuz o‘girganlarida ular Mendan yuz o‘girmadilar.
12 Menga ajratilgan hududning eng muqaddas joyi ruhoniylarning maxsus ulushi bo‘ladi. Ruhoniylarning bu yeri levilarning yerlariga tutashgan bo‘ladi.
13 Men muqaddas yerimning ikkinchi yarmini levilarga beraman. Ularga beradigan yerning uzunligi 25.000 tirsak, eni 10.000 tirsak bo‘ladi. Ruhoniy va levilarga beradigan yerning umumiy uzunligi 25.000 tirsak, eni 20.000 tirsak bo‘ladi.
14 Bu yerni sotish, ayirboshlash yoki birovning nomiga o‘tkazish qat’iyan man etiladi. Axir, bu yer Meniki, u muqaddasdir.
15 Menga ajratilgan yerdan janubda shaharga qarashli yerlar bo‘ladi. Uzunligi 25.000 tirsak, eni 5.000 tirsak bo‘lgan bu yerlarda odamlarning uylari va yaylovlari bo‘ladi. Shahar o‘sha yerning markazida joylashadi.
16 Shaharning eni va uzunligi bir xil 4.500 tirsak bo‘ladi.
17 Shahar har tomondan eni 250 tirsak bo‘lgan yaylovlar bilan o‘ralgan bo‘ladi.
18 Shahardan ortib qolgan g‘arbdagi va sharqdagi 10.000 tirsakka 5.000 tirsak bo‘lgan yer dalalar uchun mo‘ljallangan. U yerda shahardagi ishchilar uchun ozuqa yetishtiriladi.
19 Shaharda yashaydigan har qanday odam, qaysi qabiladan bo‘lmasin, o‘sha dalalarga ekin ekishi mumkin.
20 Demak, maxsus ajratilgan yer to‘rtburchak shaklda, har bir tomoni 25.000 tirsak uzunlikda bo‘ladi. Bu yer muqaddas yerlarni va shahar qaramog‘idagi yerlarni o‘z ichiga oladi.
21 Maxsus ajratilgan yerning g‘arb va sharq tomonidagi ortgan yerlar Isroil hukmdoriga qarashli bo‘ladi. Hukmdorning sharqdagi yerlari Iordan daryosiga, g‘arbdagi yerlari O‘rta yer dengiziga borib taqaladi. G‘arbdagi yerning ham, sharqdagi yerning ham uzunligi 25.000 tirsak bo‘ladi. Ularning o‘rtasida Mening muqaddas ulushim, Ma’badim,
22 Levilarning ulushi va Quddus shahri joylashadi. Hukmdorning yerlari shimolda Yahudo qabilasining yerlariga, janubda Benyamin qabilasining yerlariga chegaradosh bo‘ladi.
23 Qolgan qabilalarga quyidagi yerlar ulush qilib beriladi: maxsus ajratilgan yerdan janubda Benyamin qabilasining hududi bo‘lib, Isroil yurtining sharqiy chegarasidan g‘arbiy chegarasigacha cho‘ziladi.
24 Benyamin hududidan janubda Shimo‘n qabilasining hududi bo‘lib, yurtning sharqiy chegarasidan g‘arbiy chegarasigacha cho‘ziladi.
25 Shimo‘n hududidan janubda Issaxor qabilasining hududi bo‘lib, sharqiy chegaradan g‘arbiy chegaragacha cho‘ziladi.
26 Issaxor hududidan janubda Zabulun qabilasining hududi bo‘lib, sharqiy chegaradan g‘arbiy chegaragacha cho‘ziladi.
27 Zabulun hududidan janubda Gad qabilasining hududi bo‘lib, sharqiy chegaradan g‘arbiy chegaragacha cho‘ziladi.
28 Gad hududining janubiy chegarasi Tamar shahridan to Kadeshdagi Mariva suvlarigacha boradi, keyin Misr soyligi bo‘ylab o‘tib, O‘rta yer dengizigacha yetadi.
29 Shunday qilib, Isroil yurti o‘n ikki qabilaga bo‘lib beriladi, olgan yerlari ularning ulushi bo‘ladi”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
30 Shaharning darvozalari quyidagicha bo‘lsin: shaharning shimoliy devori 4.500 tirsak uzunlikda bo‘lib,
31 uning uchta darvozasi bo‘ladi. Shahar darvozalariga Isroil qabilalarining nomlari beriladi. Bu tomondagi darvozalarning nomlari Ruben, Yahudo va Levi bo‘ladi.
32 Sharqiy devorning uzunligi ham 4.500 tirsak bo‘ladi, uning uchta darvozasi Yusuf, Benyamin va Dan qabilalari nomlari bilan nomlanadi.
33 Janubiy devorning uzunligi ham 4.500 tirsak bo‘ladi, uning uchta darvozasi Shimo‘n, Issaxor va Zabulun, deb nomlanadi.
34 G‘arbiy devorning uzunligi ham 4.500 tirsak bo‘ladi, uning uchta darvozasi Gad, Osher va Naftali deb nomlanadi.
35 Shaharni o‘rab turgan devorning umumiy uzunligi 18.000 tirsak bo‘ladi. O‘sha vaqtdan boshlab shaharning nomi “Egamiz shu yerdadir” bo‘ladi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак