Hizqiyo 28 bob

1 Tir shohi haqida bashorat. 11 Tir shohi haqida marsiya. 20 Sidon shahri haqida bashorat. 24 Isroilning kelajakdagi barakalari.

1 Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2 “Ey inson, Tir shohiga ayt, Egamiz Rabbiy shunday deb aytmoqda: sen mag‘rurlanib ketding. “Men xudoman, dengiz bag‘ridagi xudolar taxtida o‘tiribman”, deb aytding. Sen o‘zingni xudoday dono deb bilasan, axir, sen xudo emas, insonsan– ku!
3 Nahotki Doniyordan ham dono bo‘lsang?! Nahot barcha sirlarni bilsang?!
4 Sen donoliging va aqling bilan o‘zingga davlat orttirding, xazinalaringni oltinu kumushga to‘ldirding.
5 Savdo–sotiqdagi iqtidoring bilan ko‘p davlat yig‘ding. Ammo boyliging tufayli mag‘rurlanib ketding.”
6 EgamizRabbiy shunday demoqda: “Sen o‘zingni xudoday dono deb bilganing uchun,
7 Men ustingga begona xalqni tortib kelaman. Ular o‘taketgan yovuz xalqdir. Ular go‘zalliging va donoligingga qarshi chiqib, qilich yalang‘ochlaydilar. Hashamatingni xor qiladilar.
8 O‘zingni esa tubsiz chuqurlikka uloqtiradilar. Ha, sen dengiz bag‘rida azoblanib jon berasan.
9 Shunda, jallodlaring oldida “men xudoman”, deb aytarmikansan?! Axir, qotillaring qo‘lida sen xudo emas, oddiy bir inson bo‘lasan!
10 Sen musofirlar qo‘lida sunnatsizlar kabi o‘lasan”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
11 Egamiz menga yana shunday dedi:
12 “Ey inson, Tir shohi haqida marsiya kuylab ayt: Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Ey Tir shohi, sen barkamollikning a’lo namunasi bo‘lding. Nihoyatda dono, go‘zallikda barkamol eding.
13 Sen Xudoning bog‘i Adanda yashar eding. Qizil yoqut, xrizolit, olmos, Topaz, aqiq, yashma, Zangori yoqut, firuza va zumrad kabi Qimmatbaho toshlar bilan bezanar eding. Taqinchoqlaring oltindan yasalgan edi. Sen yaralgan kuning bular tayyorlangandi.
14 Men seni soqchi karub qilib tanladim, O‘sha martabaga seni tayinladim. Sen Xudoning tog‘ida yashar eding, Olovday tovlangan toshlar orasida yurar eding.
15 Bino bo‘lganingdan, to qabihlik qilguningga qadar, Sen to‘g‘ri yo‘ldan yurding.
16 Katta tijorating tufayli, Yovuzlikka to‘lib, gunoh qilding. Men seni sharmandalarcha Xudoning tog‘idan haydadim. Ey soqchi karub, Men seni chiqarib yubordim, Olovday tovlangan toshlar orasidan haydadim.
17 Sen go‘zalliging tufayli mag‘rurlanib ketgan eding. Savlating tufayli aql–farosatdan voz kechgan eding. Shuning uchun Men seni yerga uloqtirdim, Shohlar oldida sharmandangni chiqardim.
18 Sen cheksiz gunohlaring bilan, Savdo–sotiqdagi nohaqliklaring bilan, O‘z sajdagohlaringni bulg‘ading. Shuning uchun Men ichingdan olov chiqardim, Seni kuydirib tashladim. Odamlarning ko‘zi oldida kulingni ko‘kga sovurdim.
19 Seni bilgan xalqlar ahvolingni ko‘rib, dong qotdilar. Sening boshingga dahshatli o‘lim keldi, Sen abadiy yo‘q bo‘lasan.”
20 Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
21 “Ey inson, Sidon shahriga yuzlan, unga qarshi bashorat qilib ayt:
22 Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Ey Sidon, Men senga qarshiman! Men sening orangda O‘zimni ulug‘layman. Seni jazolab, sen orqali muqaddasligimni ayon qilaman. O‘shanda Egang Men ekanligimni bilib olasan.
23 Men seni dahshatli o‘latga giriftor qilaman. Ko‘chalaringda qon daryo bo‘lib oqadi. Dushmanlaring senga har tomondan hamla qiladi, odamlarning jasadlari shahar ichida yotadi. O‘shanda Egang Men ekanligimni bilib olasan.”
24 Isroil xalqidan hazar qilib, zulm o‘tkazgan bironta qo‘shni xalq bundan buyon Isroil xalqi uchun tikan va yantoqday bo‘lmaydi. Isroil xalqi Egasi Rabbiy Men ekanligimni bilib oladi.
25 Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Men xalqim Isroilni tarqatib yuborgan uzoq yurtlardan yig‘ib olaman. Ular orqali barcha xalqlarga muqaddasligimni ayon qilaman. Men qulim Yoqubga mulk qilib bergan yerda ularni o‘rnashtiraman.
26 Ular osoyishta hayot kechiradilar. Uylar qurib, uzumzorlar barpo qiladilar. Ulardan hazar qilgan qo‘shni xalqlarni jazolaganim uchun, xalqim bexatar, tinch yashaydi. O‘shanda Egasi Xudo Men ekanligimni bilib oladi.”


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак