Shohlar (uchinchi kitob) 7 bob

1 Sulaymonning saroyi. 13 Xurom. 15 Bronzadan yasalgan ikkita ustun. 23 Bronzadan yasalgan hovuz. 27 Bronzadan yasalgan aravalar. 41 Egamiz uyi bezaklarining ro‘yxati.

1 Sulaymon o‘ziga ham saroy qurdi. U o‘z saroyini o‘n uch yilda qurib bitkazdi.
2 U dastlab saroydagi “Lubnon o‘rmoni” degan uyini qurdi. Uyning uzunligi 100 tirsak, kengligi 50 tirsak, balandligi 30 tirsak bo‘lib, sadr yog‘ochidan to‘rt qator ustun o‘rnatilgan, ustunlar tepasiga sadr yog‘ochidan qilingan to‘sinlar tashlangan edi.
3 Uyning tomi sadr yog‘ochi bilan qoplangan edi. To‘sinlar qirq beshta bo‘lib, har qatorda o‘n beshtadan edi.
4 Yon devorlardagi derazalar uch qator bo‘lib, bir–biriga ro‘parama– ro‘para edi.
5 Hamma eshiklar va eshiklar kesakisi to‘rt burchakli qilib yasalgan, yon devorlarda uchtadan eshik bo‘lib, bir–biriga ro‘parama–ro‘para edi.
6 Sulaymon saroyning “Ustunli koshona”sini ham qurdi. Koshonaning bo‘yi 50 tirsak, eni 30 tirsak edi. Koshonaning old tomonida ayvon qurdirib, ustun bilan tiradi. Ayvonning tomi yopilgan edi.
7 Yana saroyning taxt turadigan koshonasini qurdirib, tepasidan pastiga qadar sadr yog‘ochi bilan qopladi. Sulaymon bu koshonada o‘tirib, hukm chiqarardi.
8 Bu koshonaning orqa tomonidagi hovlida Sulaymon yashaydigan uy bor edi. Bu uy ham ayni shu tarzda qurilgan edi. Sulaymon xotini — fir’avnning qizi uchun ham xuddi shu koshona kabi bir uy qurib berdi.
9 Binolar poydevoridan tomigacha marmar toshlardan qilingan edi. Marmar toshlarning old va orqa tomoni arralab taroshlangan, belgilangan o‘lchovga ko‘ra tayyorlangan edi. Hovlining devorlari ham shu tarzda qurilgan edi.
10 Poydevorning marmar toshlari yirik, 8 tirsakli, 10 tirsakli edi.
11 Devori ham marmar toshlardan qurilgan edi. Toshlar belgilangan o‘lchovga ko‘ra tayyorlanib, taroshlangan edi. Devor qurilishida sadr yog‘ochidan ham foydalanildi.
12 Katta hovlining chor atrofi devor bilan o‘ralgan bo‘lib, uch qator taroshlangan tosh va bir qator sadr yog‘ochidan qilingan edi. Egamiz uyining ichki hovlisi bilan ayvoni devorlari ham shunday qilingan edi.
13 Shoh Sulaymon Tir shahridan Xurom degan bir odamni chaqirtirib keldi.
14 U Naftali qabilasidan bir beva ayolning o‘g‘li edi. Otasi Tir shahridan bo‘lib, misgar o‘tgan edi. Xurom bor iste’dodi, mahorati va aqlini ishga solib, bronzadan turli buyumlar yasashni o‘rganib olgan edi. U Sulaymon huzuriga kelgach, hamma ishlarni bajarib berdi.
15 Xurom bronzadan ikkita ustun yasadi, har bir ustunning balandligi 18 tirsak, tevaragi 12 tirsak chiqardi.
16 Bronzani eritib yana ikkita ustunqosh yasadi, bu ustunqoshlar ustunlarning tepasiga qo‘yish uchun kerak edi. Ustunqoshlarning balandligi 5 tirsak edi.
17 Ustunqoshlarning har biri yettita to‘rsimon bezaklaru to‘qilgan zanjirlar bilan bezatilgan edi.
18 Ustunqoshlarni qoplash uchun har bir to‘rsimon naqsh atrofidan aylanasiga ikki qator qilib anor surati solingan edi.
19 Har bir ustunning ikkinchi ustunqoshi ham bor edi. Ularning balandligi 4 tirsak bo‘lib, lolagul shaklida edi.
20 Ustunqoshning bo‘rtiq joylariga to‘rsimon bezaklar solingan bo‘lib, bezaklarning tepasi va pastiga aylantirib, 200ta anor surati solingan edi.
21 Xurom ustunlarni uyning ayvoniga o‘rnatdi: janub tomoniga o‘rnatilgan ustunga Yoxin deb, shimol tomoniga o‘rnatilgan ustunga Bo‘az deb nom berdi.
22 Ustunlarning tepasi lolagul shaklida edi. Shunday qilib, ustunlar tayyor bo‘ldi.
23 Keyin Xurom bronzani eritib dumaloq shaklda hovuz yasadi. Hovuzning bir qirg‘og‘idan narigi qirg‘og‘igacha 10 tirsak, balandligi esa 5 tirsak edi. Aylanasi 30 tirsak edi.
24 Hovuzning tashqi tomonida, qirg‘og‘i ostida aylanasiga ikki qator qovoqsimon bo‘rtiq bor edi. Har bir tirsak masofada o‘ntadan shunday shakl qilingan edi. Bronza eritilib, hovuz yasalayotgan paytda, bu qovoqsimon bo‘rtiqlar ham qilingan edi.
25 Hovuz bronzadan qilingan o‘n ikkita buqa ustiga o‘rnashtirilgan edi. Buqalarning uchtasi shimolga, uchtasi g‘arbga, uchtasi janubga va uchtasi sharqqa qaratilgan edi. Buqalarning orqa tomoni hovuzning ichkarisiga qaratilgan edi.
26 Hovuzning qalinligi to‘rt enli bo‘lib, chetlari kosaning chetlariga o‘xshar, shakli lolagulga o‘xshardi. Unga 4000 ko‘za suv sig‘ardi.
27 So‘ng Xurom bronzadan o‘nta arava yasadi. Har bir aravaning uzunligi 4 tirsak, kengligi ham 4 tirsak, balandligi 3 tirsak edi.
28 -
29 Aravalarning tuzilishi quyidagicha edi: aravalarning to‘rtala tomonida bronzadan yasalgan to‘siqlar bo‘lib, bu to‘siqlarga arslon, buqa va karublarning surati solingan edi. Har bir to‘siqning to‘rt tomoniga bo‘rtiq shaklda gulchambarlar ishlangan edi.
30 Har bir aravaning to‘rtta bronza g‘ildiragi va o‘qlari bor edi. Aravaning har to‘rtala burchagida ham tog‘orani ushlab turadigan tirgovuchlar bor edi. Har bir quyma tirgovuchning yonboshida gulchambarlar yasalgan edi.
31 Aravaning tepasida dumaloq shaklda chambarak bo‘lib, aravadan bir tirsak yuqori chiqib turardi. Chambarak ko‘ndalangiga bir yarim tirsak edi. Chambarak og‘zi ham aylanasiga suratlar bilan bezatilgan edi. Aravalarning to‘siqlari esa to‘rtburchak shaklda edi.
32 Aravalarning to‘rtala g‘ildiragi yon to‘siqlarning ostida edi. G‘ildiraklarning o‘qlari aravaga mahkamlangan, har bir g‘ildirakning balandligi bir yarim tirsak edi.
33 G‘ildiraklarning tuzilishi jang aravasi g‘ildiragining tuzilishiga o‘xshardi: g‘ildiraklarning o‘qlari, to‘g‘ini, kegaylari, gupchaklari quyma edi.
34 Har bir aravaning to‘rt burchagida to‘rtta kashak bor edi. Kashaklar aravaga mahkamlangan edi.
35 Aravaning yuqorisidan yarim tirsak balandlikda dumaloq halqa bor edi. Aravaning yuqorisidan tirgovuch va yon to‘siqlari birga qo‘yilgan edi.
36 Shunday qilib, Xurom har bir tirgovuchning va yon to‘siqlarning yuzasiga karublar, arslonlar, palma daraxtlari va gulchambarlar suratini o‘ydi.
37 U o‘nta aravaning hammasini bir xil shakl va hajmda yasadi.
38 Xurom o‘nta aravaning ustiga qo‘yish uchun bronzadan o‘nta tog‘ora yasadi. Har bir tog‘oraga 80 ko‘za suv sig‘ar edi. Har bir tog‘ora ko‘ndalangiga 4 tirsak chiqardi. Har bir aravaga bittadan tog‘ora edi.
39 Aravaning beshtasini Egamiz uyining janub tomoniga, beshtasini shimol tomoniga qo‘ydi. Hovuz shaklini esa uyning janubi–sharq tomoniga o‘rnashtirdi.
40 Xurom qozonlar, kurakchalar va tog‘orachalar ham yasadi. Xurom shoh Sulaymon uchun Egamizning uyiga oid quyidagi ashyolarni yasab berdi:
41 ikkita ustun, ustunlarning tepasidagi ikkita doira shaklidagi ustunqosh, ustunqoshni o‘rab turgan ikkita to‘rsimon bezak,
42 ikkala bezakning yonlarida to‘rt yuzta anor surati, ya’ni ustunlar tepasida doira shaklidagi ikkita ustunqoshni qoplab turish uchun har bir to‘rsimon bezakning ikkala chekkasidagi anor suratlari,
43 o‘nta arava, aravaning ustidagi o‘nta tog‘ora,
44 bitta hovuz, hovuz ostidagi o‘n ikki buqa shakli,
45 qozonlar, kuraklar, tog‘orachalar. Xurom shoh Sulaymon uchun Egamizning uyiga oid ana shu ashyolarni sayqal bronzadan yasab berdi.
46 Shoh bu narsalarni Iordan vodiysi atroflarida — Suxo‘t va Zoraton orasida loydan yasalgan qoliplarda quydirdi.
47 Buyumlar g‘oyat ko‘pligidan Sulaymon bronzani o‘lchamasdan ishlataverdi. Shuning uchun ishlatilgan bronzaning hisobi aniqlanmadi.
48 Sulaymon Egamizning uyi uchun quyidagi hamma buyumlarni ham yasattirdi: oltindan yasalgan tutatqi qurbongohi, ustida muqaddas nonlar turadigan oltin xontaxta,
49 o‘nta toza oltindan ishlangan chiroqpoyalar (bu chiroqpoyalar Eng muqaddas xonaning oldida bo‘lib, beshtasi janub tomonda, beshtasi shimol tomonda turardi), yana oltindan gullar, moychiroqlar, qisqichlar,
50 toza oltindan tog‘oralar, qaychilar, tog‘orachalar, kurakchalar va olovkuraklar, Eng muqaddas xona eshigining oshiq–moshig‘i, asosiy xonaning eshiklari oshiq–moshig‘i.
51 Shunday qilib, shoh Sulaymon Egamizning uyiga oid ishlarni bitirdi. Sulaymon otasi Dovud nazr qilgan narsalarni, kumush, oltin va turli buyumlarni olib keldi. Ularni Egamiz uyining xazinasiga qo‘ydi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак