Chiqish 21 bob

1 Qullar to‘g‘risida qonun–qoidalar. 12 Zo‘ravonlik to‘g‘risida qonun– qoidalar. 28 Egalarning mas’uliyati to‘g‘risida qonun–qoidalar.

1 Egamiz yana Musoga aytdi: “Sen ularga yetkazadigan qonun–qoidalar mana shulardir:
2 Ibroniy erkagini qul qilib sotib olsangiz, u sizlarga olti yil xizmat qilsin. Yettinchi yili esa u ozod bo‘lsin, qarzi yo‘q, deb hisoblansin.
3 Uni sotib olganingizda, bo‘ydoq bo‘lsa, bo‘ydoqligicha chiqib ketsin. Agar u uylangan bo‘lsa, xotini ham u bilan birga ketsin.
4 Agar xo‘jayini o‘sha qulni uylantirib qo‘ygan va xotini farzand ko‘rgan bo‘lsa, xotini va bolalari xo‘jayinnikida qolib, bir o‘zi chiqib ketsin.
5 Lekin qul:— Men xo‘jayinimni, xotinimni va bolalarimni yaxshi ko‘raman, ozod bo‘lib chiqib ketmayman, — deb aytsa,
6 xo‘jayini uni hakamlar huzuriga olib kelsin. Xo‘jayin uning qulog‘ini eshikka yoki eshik romiga qo‘yib bigiz bilan teshsin. O‘shanda bu odam umrining oxirigacha xo‘jayiniga qul bo‘lib qoladi.
7 Biror odam o‘z qizini cho‘rilikka sotsa, u qiz, erkaklar singari, olti yil tugamaguncha ozod bo‘lmaydi.
8 Agar qiz birortasiga sotilsa–yu, o‘sha odam unga uylanishni niyat qilgan bo‘lsa, ammo u qizni yoqtirmay qolsa, qiz otasiga qaytarib sotilsin. Xo‘jayin qizni begonalarga sotishi mumkin emas. Aks holda, kelishuvni bekor qilishga olib kelgan bo‘lardi. Xo‘jayin qizni sotib olganda, o‘rtada kelishuv bo‘lgan.
9 Bordi–yu, qizni o‘g‘liga cho‘ri qilib sotib olib bergan bo‘lsa, unga qiziday muomala qilsin.
10 Agar xo‘jayin cho‘riga uylanib, so‘ngra boshqa xotinga uylangan bo‘lsa, cho‘rini oziq–ovqat yoki kiyim–kechakdan, yo xotini sifatida u bilan yotishdan mahrum qilmasin.
11 Agar o‘sha odam ana shu uchta yo‘lni cho‘riga qilmasa, cho‘ri qarz bo‘lmasdan, pul to‘lamay ketaversin.
12 Birortasi boshqasini urib o‘ldirib qo‘ysa, urgan odamning jazosi o‘limdir.
13 Lekin birortasi qasddan qilmay, Men, Xudoyingiz, shunga yo‘l qo‘ygan bo‘lsam, u qochib boradigan joyni Men tayinlayman.
14 Bordi–yu, birortasi birodarini hiyla bilan qasddan o‘ldirsa, jonini saqlash uchun Menga atalgan qurbongohga qochib borsa, uni qurbongohdan olib chiqib o‘limga hukm qilish lozim.
15 O‘z otasi yoki onasiga qo‘l ko‘targanning jazosi o‘limdir.
16 Kimki birortasini o‘g‘irlab, o‘g‘irlagan odamni sotib yuborsa, yoki hali ham ushlab turgan bo‘lsa, o‘shaning jazosi o‘limdir.
17 Kimki otasini yoki onasini xo‘rlasa, o‘sha odamning jazosi o‘limdir.
18 Ikki kishi janjallashib, biri ikkinchisini tosh yoki musht bilan ursa–yu, u o‘lmay, to‘shakka yotib qolsa,
19 lekin u o‘rnidan turib, tayoq bilan uydan chiqa olsa, urgan odam javobgar bo‘lmasin. Faqat jarohatlangan odamga yo‘qotgan vaqti, davolanishi uchun pul to‘lasin.
20 Birortasi o‘z qulini yoki cho‘risini tayoq bilan urib o‘ldirib qo‘ysa, urgan odam uning qo‘lidan o‘lsa, urgan odam jazolanishi lozim.
21 Lekin xo‘jayin qul yoki cho‘rini ursa–yu, u bir–ikki kundan keyin o‘lsa, xo‘jayin jazolanmasin. O‘z mulkidan ayrilgani unga yetarli jazodir.
22 Urishayotgan odamlar homilador ayolni turtib yuborsalar, ayol chala tug‘ib qo‘ysa–yu, boshqa ziyon yetmasa, ziyon yetkazgan odam o‘sha ayolning eri talab qilgan va hakamlar belgilagan miqdordagi zararni to‘lashi lozim.
23 Agar boshqa zarar yetgan bo‘lsa, jon evaziga jon,
24 ko‘z evaziga ko‘z, tish evaziga tish, qo‘l evaziga qo‘l, oyoq evaziga oyoq,
25 kuyuk evaziga kuyuk, yara evaziga yara, lat yeyish evaziga lat yeyish bilan javob bersin.
26 Kimki qul yoki cho‘risining ko‘ziga urib ko‘r qilib qo‘ysa, ko‘zi evaziga uni ozodlikka chiqarsin.
27 Quli yoki cho‘risining tishini sindirsa ham, uni tishi evaziga ozodlikka chiqarsin.
28 Agar erkak yoki ayolni buqa suzib o‘ldirsa, buqa toshbo‘ron qilib o‘ldirilsin. Go‘shti esa tanovul qilinmasin. Lekin buqaning egasi aybdor hisoblanmasin.
29 Biroq buqa ilgari ham suzong‘ich bo‘lsa–yu, egasi buni bila turib, buqasini nazorat qilmagan bo‘lsa, buqa biror erkak yoki ayolni suzib o‘ldirsa, buqa toshbo‘ron qilib o‘ldirilsin. Buqaning egasiga jazo ham o‘limdir.
30 Ammo buqa egasiga o‘z hayotini saqlab qolishi uchun pul to‘lagani ijozat berilsa, u talab qilingan mablag‘ni to‘lashi lozim.
31 O‘g‘il bolani suzsa ham, qiz bolani suzsa ham, shu qonun amal qilsin.
32 Agar buqa qul yoki cho‘rini suzsa, uning xo‘jayiniga buqa egasi o‘ttiz bo‘lak kumush to‘lasin. Buqa esa toshbo‘ron qilinsin.
33 Birortasi chuqur kovlab, ustini yopib qo‘ymasa yoki yopilgan chuqurning ustini ochib qo‘ysa–yu, o‘sha chuqurga mol yoki eshak tushib ketsa,
34 chuqurning egasi o‘lgan hayvonning egasiga tovon to‘lasin. Hayvonning jasadi esa chuqur egasiniki bo‘lsin.
35 Agar birortasining buqasi boshqasining buqasini suzib o‘ldirib qo‘ysa, tirik buqani sotib, pulini teng bo‘lishsin. O‘lgan buqani ham teng bo‘lishsin.
36 Ammo buqa ilgari ham suzong‘ich bo‘lsa–yu, egasi buni bila turib, buqasini nazorat qilmagan bo‘lsa, buqa evaziga buqa bilan tovon to‘lashi kerak. O‘lgan buqani esa o‘ziga olsin.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак