Qonunlar 5 bob

1 O‘nta amr. 23 Xalq Xudodan qo‘rqadi.

1 Muso jamiki Isroil xalqini bir joyga yig‘ib, ularga aytgan nutqini dovom ettirdi. Ey Isroil xalqi, eshitinglar! Bugun men sizlarga aytayotgan farmonlar va qonun–qoidalarga quloq solinglar. Bularni yod olib, bitta qoldirmay bajaringlar.
2 Egamiz Xudo biz bilan Sinay tog‘ida ahd qildi.
3 U nafaqat ota–bobolarimiz bilan, balki shu yerda turgan har bir odam bilan ahd qildi.
4 Egamiz o‘sha tog‘da olov ichidan sizlar bilan yuzma–yuz gaplashdi.
5 Men o‘shanda Egamiz bilan sizlarning orangizda turib, Uning gapini sizlarga aytib turdim. Chunki sizlar olovdan qo‘rqib, toqqa chiqmadingizlar. Egamiz shunday deb aytdi:
6 “Men sizlarni Misrdagi qullikdan olib chiqqan Egangiz Xudoman.
7 Mendan boshqa xudolarga sajda qilmang.
8 O‘zlaringizga hech qanday butni yasamang. Osmonda yo yerda yo yer ostidagi suvda mavjud bo‘lgan biror narsaning shaklini yasamang.
9 O‘sha xudolar yoki butlarga sajda qilmang, xizmat qilmang. Men, Egangiz Xudo, sizlarning sevgingizni boshqa xudolar bilan baham ko‘rmaydigan Xudoman. Mendan nafratlanadiganlarni jazolayman, ularning gunohlari oqibatlarini bolalariga, nabiralariga va chevaralariga olib kelaman.
10 Lekin Meni sevib, amrlarimga rioya qiladiganlarning ming–ming avlodlariga sodiq sevgimni ko‘rsataman.
11 Men, Egangiz Xudoning ismini suiiste’mol qilmang. Kim Mening ismimni suiiste’mol qilsa, o‘shani jazosiz qoldirmayman.
12 Men, Egangiz Xudoning amriga ko‘ra, Shabbat kuninimuqaddas deb biling, bu kunga rioya qilib yuring.
13 Hamma ishlaringizni bajarishingiz uchun olti kun bor.
14 Yettinchi kun esa Men, Egangiz Xudoga atalgan Shabbat kunidir. O‘sha kuni hech qanday ish qilmanglar. O‘g‘illaringiz, qizlaringiz, qullaringiz, cho‘rilaringiz, molingiz, eshagingiz, birorta hayvoningiz, shahringizdagi musofirlar ham hech qanday ish qilishmasin. Qulu cho‘rilaringiz sizday dam olsin.
15 Yodingizda tuting: sizlar Misrda qul edingiz, Men qudratim va ajoyibotlarim bilan sizlarni u yerdan olib chiqdim. Shuning uchun, Shabbat kuniga rioya qilinglar, deb amr etdim.
16 Men, Egangiz Xudo amr etganimdek, ota– onangizni hurmat qiling. O‘shanda Men sizlarga berayotgan yurtda umringiz uzoq bo‘lib, baxtiyor yashaysiz.
17 Qotillik qilmang.
18 Zino qilmang.
19 O‘g‘irlik qilmang.
20 Qo‘shningizga qarshi yolg‘on guvohlik bermang.
21 Qo‘shningizning xotiniga ko‘z olaytirmang. Qo‘shningizning uyi, dalasi, quli yoki cho‘risi, moli yoxud eshagi, unga qarashli biror narsasiga ko‘z olaytirmang.”
22 Egangiz bu amrlarni hammangizga o‘sha tog‘da olov, bulut va qorong‘ilik ichidan baland ovoz bilan aytdi, boshqa biron so‘z qo‘shmadi. So‘ngra U bu amrlarni ikkita tosh lavhaga yozib, menga berdi.
23 Tog‘ olov bo‘lib yonayotganda, qorong‘ilik ichidan ovoz eshitdingiz. Shunda qabilalaringiz boshliqlari va oqsoqollari mening oldimga kelib,
24 shunday deyishdi: “Mana, Egamiz Xudo ulug‘vorligini, buyukligini bizga ko‘rsatdi. Uning ovozini biz olov ichidan eshitdik. Bugun biz Xudoning inson zotiga gapirganini, ammo inson tirik qolganini ko‘rdik.
25 Nima qilamiz endi jonimizni xavf ostiga qo‘yib?! Mana bu buyuk olov bizni yondirib tashlaydi–ku. Agar biz Egamiz Xudoning ovozini yana eshitsak, aniq o‘lamiz.
26 Axir, olov ichidan gapiradigan barhayot Xudoning ovozini biz kabi eshitib, tirik qolgan inson bormi?!
27 Endi sen bor, Egamiz Xudoning hamma so‘zlarini eshit. Keyin Uning har bir so‘zini bizga ayt. Biz quloq solib, bajaramiz.”
28 Sizlar menga gapirganlaringizda, Egamiz so‘zlaringizni eshitib, shunday dedi: “Men bu xalqning senga aytgan so‘zlarini eshitdim, hamma aytganlari to‘g‘ri.
29 Qaniydi, ularning yuraklari har doim shunday bo‘lsa, Mendan qo‘rqib, amrlarimni bajarishsa! Shunda o‘zlari ham, farzandlari ham to abad baxtli bo‘lishardi.
30 Endi ularning oldiga borib: ‘Chodirlaringizga qaytinglar’, deb ayt.
31 Sen esa shu yerda Mening yonimda qolasan. Men senga amrlar, farmonlar va qonun–qoidalar beraman. Sen bularni xalqqa o‘rgatasan. Men ularga mulk qilib beradigan yurtda hammasiga rioya qilishsin.”
32 Endi o‘ngga ham, chapga ham og‘may, Egangiz Xudo sizlarga buyurgan amrlarga bitta qoldirmay rioya qilinglar.
33 Egangiz Xudo amr etgan yo‘ldan yuringlar. Shunda yashaysizlar, baxtli bo‘lasizlar, mulk qilib oladigan yurtda uzoq umr ko‘rasizlar.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак