Qonunlar 31 bob

1 Musoning davomchisi Yoshua. 9 Har yetti yilda qonun o‘qiladi. 14 Musoga berilgan oxirgi yo‘l– yo‘riqlar.  30 Musoning qo‘shig‘i

1 Muso butun Isroil xalqiga yuqoridagi so‘zlarni aytib bo‘lgandan keyin,
2 shunday dedi: — Hozir 120 yoshdaman, men sizlarni janglarga boshlab bora olmayman. Egamiz menga: “Sen Iordanning narigi tomoniga o‘tmaysan”, deb aytgan.
3 Sizlar Egangiz Xudoning boshchiligida Iordanning narigi tomoniga o‘tasizlar. Egangiz u yerda yashaydigan xalqlarni yo‘q qiladi. Sizlar ularning yurtiga egalik qilasizlar. Egamizning va’dasiga ko‘ra, Yoshua sizlarning yo‘lboshchingiz bo‘ladi.
4 Egamiz Amor xalqining shohlari O‘g bilan Sixo‘nni mag‘lub qilib, ularning yurtini yo‘q qilganday, bu xalqlarni ham xuddi shunday yo‘q qiladi.
5 Egamiz bu xalqlarni sizlarning qo‘lingizga topshiradi. Ularni xuddi men buyurganimday qilishingiz shart.
6 Dadil va botir bo‘linglar, ulardan qo‘rqmanglar, vahimaga tushmanglar. Egangiz Xudoning O‘zi sizlar bilan birga boradi, sizlarni tashlab ketmaydi, sizlarni tark etmaydi.
7 Muso Yoshuani chaqirib, butun Isroil xalqi oldida unga shunday dedi: — Dadil va botir bo‘l. Egamiz, bu yurtni ota– bobolaringizga, avlodlaringizga beraman, deb qasam ichib va’da qilgan. Bu xalq bilan o‘sha yurtga sen kirasan. Sen orqali ular o‘sha yurtni mulk qilib olishadi.
8 Egamiz sening oldingda boradi, O‘zi sen bilan birga bo‘ladi, seni tashlab ketmaydi, tark etmaydi. Qo‘rqma, vahimaga tushma.
9 Muso mana shu qonunni yozib, uni Egamizning ahd sandig‘ini olib yuradigan Levi avlodidan bo‘lgan ruhoniylarga va Isroilning hamma oqsoqollariga berdi.
10 So‘ngra Muso ularga shunday amr qildi: — Har yettinchi yilning oxirida, qarzlaringizdan kechish yili Chayla bayramini nishonlaganingizda mana shu qonunni o‘qinglar.
11 Egangiz Xudoning tanlagan joyiga, Uning huzuriga yig‘iladigan jamiki Isroil xalqiga bu qonunni baland ovoz bilan o‘qib beringlar.
12 Buning uchun erkagu ayolni, bola– chaqani, shahringizdagi musofirlarni, boringki, butun xalqni yig‘inglar. Ular eshitib o‘rganishsin, Egangiz Xudodan qo‘rqishsin. Mana shu qonunning barcha so‘zlarini bitta qoldirmay bajarishsin.
13 Sizlar Iordanni kechib, mulk qilib oladigan yurtda yashar ekansiz, umringiz davomida shunday qilinglar. Toki qonunni bilmaydigan bolalaringiz qonunni eshitib, Egangiz Xudodan qo‘rqishni o‘rganishsin.
14 Egamiz Musoga dedi: — O‘liming yaqinlashib qoldi, Yoshuani chaqir, ikkovingiz Uchrashuv chodiriga kelinglar. Men unga ko‘rsatmalarimni beraman. Muso bilan Yoshua Uchrashuv chodiriga borib turishdi.
15 Keyin Egamiz chodirning kirish joyida, ustun shaklidagi bulut ichida ko‘rindi.
16 Egamiz Musoga aytdi: “Sening vaqti–soating yaqinlashib qoldi. Bu xalq esa boradigan yurtda Menga bevafolik qiladi, o‘sha yurtning begona xudolariga sajda qiladi. Ular Meni tark etadilar, ular bilan qilgan ahdimni buzadilar.
17 Shunda ularga g‘azabimni sochaman, ularni tark etib, yuzimni o‘giraman. Ular oson olinadigan o‘ljaday bo‘lib qolishadi, ko‘p kulfat va ofatlar boshlariga kelgan kuni: ‘Xudoyimiz oramizda bo‘lmagani uchun shu kulfatlar boshimizga tushmadimikin?!’ deyishadi.
18 Ular boshqa xudolarga ergashib, qilgan qabihliklari uchun, Men albatta ulardan yuzimni o‘giraman.
19 Endi quyidagi qo‘shiq so‘zlarini yozib ol. Uni butun Isroil xalqiga o‘rgat. Bu qo‘shiq doimo ularning og‘zida bo‘lsin, Isroil xalqiga qarshi Mening guvohim bo‘lsin.
20 Men ularni, ota– bobolariga qasam ichib va’da berganimday, sut va asal oqib yotgan yurtga olib kiraman. Ular yeb to‘yib semiradilar, keyin boshqa xudolarga yuz buradilar, o‘sha xudolarga xizmat qiladilar. Mendan yuz o‘girib, ahdimni buzadilar.
21 Boshlariga ko‘p kulfat va ofatlar kelganda, bu qo‘shiq ularga qarshi guvoh bo‘ladi. Chunki ularning avlodlari bu qo‘shiqni og‘zilaridan tushirmaydi. Men qasam ichib, va’da bergan yurtga ularni olib kirmasimdan oldin, hozirdanoq niyatlarini bilib turibman.”
22 Muso o‘sha kuni qo‘shiqni yozib, Isroil xalqiga o‘rgatdi.
23 Egamiz Nun o‘g‘li Yoshuaga shunday amr qildi: — Dadil va botir bo‘l. Sen Isroil xalqini Men ularga va’da qilgan yurtga olib kirasan. Men sen bilan birga bo‘laman.
24 Muso qonunning hamma so‘zlarini oxirigacha yozib bo‘lgach,
25 Egamizning ahd sandig‘ini olib yuradigan levilarga shunday buyruq berdi:
26 — Bu Tavrot kitobini Egangiz Xudoning ahd sandig‘iga solib qo‘yinglar. Bu qonun o‘sha yerda sizlarga qarshi guvoh bo‘lib tursin.
27 Men sizlarning itoatsizligingizni, o‘jarligingizni yaxshi bilaman. Borligimda Egamizga bo‘ysunmaysizlar– u men o‘lganimdan keyin battar bo‘lasizlar!
28 Qani, barcha qabila oqsoqollaringizni va nazoratchilaringizni oldimga yig‘ib kelinglar. Men ularga shu so‘zlarni aytayin. Yer va osmon ularga qarshi guvoh bo‘lsin.
29 O‘limimdan keyin sizlar buzilib ketishingizni, men ko‘rsatgan yo‘ldan chiqib ketishingizni bilaman. Boshingizga kulfatlar tushadi, chunki Egamizning oldida qabihliklar qilasizlar. Qilgan ishlaringiz bilan Uni g‘azablantirasizlar.
30 Muso jamiki Isroil jamoasi oldida quyidagi qo‘shiqni boshdan oxirgacha aytdi:


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак