Qonunlar 28 bob

1 Itoatgo‘ylikdan kelgan barakalar. 15 Itoatsizlikning oqibati.

1 Agar Egangiz Xudoga itoat etib, men bugun aytayotgan Uning barcha amrlarini bitta qoldirmay bajarsangiz, U sizlarni yer yuzidagi hamma xalqlardan ustun qiladi.
2 Egangiz Xudoga itoat etsangiz, U sizlarga baraka beradi, baraka sizdan arimaydi.
3 Egangiz sizga shaharda ham, dalada ham baraka beradi.
4 Uvali–juvali bo‘lasizlar, yeringiz hosildor, mol–qo‘yingiz barakali bo‘ladi, sigirlaringiz bolalaydi, qo‘ylaringiz qo‘zilaydi.
5 Suprangiz va bug‘doy solingan savatlaringiz barakali bo‘ladi.
6 Uyda bo‘lganingizda ham, yo‘lga chiqqaningizda ham Egamiz sizga baraka beradi.
7 Sizlarga hujum qilgan dushmanlaringizni mag‘lub qiladi. Ular sizlarga bir tomondan hujum qilib keladi, ammo yetti tomonga tumtaraqay qochadi.
8 Qilgan har bir ishingizni Egangiz Xudo barakali qiladi, omborlaringizni to‘ldiradi. U sizlarga berayotgan yurtda baraka beradi.
9 Egangiz Xudoning amrlariga itoat etsangiz, Uning yo‘lidan yursangiz, Egamiz sizlarga qasam ichib va’da berganiday, sizlarni O‘zining muqaddas xalqi qiladi.
10 Egamizga tegishli ekaningizni ko‘rib, yer yuzidagi barcha xalqlar sizlardan qo‘rqadigan bo‘ladi.
11 Egamiz ota– bobolaringizga qasam ichib, sizlarga beraman, deb va’da qilgan yurtda farovonlik ato qiladi. Uvali– juvali bo‘lasizlar, molingiz ko‘payadi, dalangizning hosili barakali bo‘ladi.
12 Egamiz O‘zining osmondagi boy xazinasini ochib, vaqtida yeringizga yomg‘ir yog‘diradi, qiladigan har bir ishingizga baraka beradi. Ko‘p xalqlarga qarz berasiz–u, o‘zingiz qarz olmaysiz.
13 Bugun Egangiz Xudoning men sizlarga aytayotgan amrlarini bitta qoldirmay bajarsangiz, Egamiz sizlarni dum emas, bosh qiladi. Sizlar pastda emas, balandda bo‘lasiz.
14 Bugun men sizlarga aytayotgan amrlardan o‘ngga yoki chapga chiqmang, boshqa xudolarga ergashmang, ularga xizmat qilmang.
15 Agar Egangiz Xudoga quloq solmasangiz, bugun men sizlarga aytayotgan Egamizning birorta amri yoki farmoniga rioya qilmasangiz, quyidagi la’natlar boshingizga keladi:
16 Shaharda ham, dalada ham la’nati bo‘lasiz.
17 Suprangiz va bug‘doy solingan savatlaringiz la’natlanadi.
18 Farzandga zor bo‘lasiz, yeringiz hosil bermaydi, mol–qo‘yingiz ko‘paymaydi.
19 Uyda bo‘lganingizda ham, yo‘lga chiqqaningizda ham la’nati bo‘lasiz.
20 Egamizni tark etib, qabihliklar qilganingiz uchun, qilgan har bir ishingizda U sizlarni la’natga, balo–qazoga duchor qiladi. Ishingiz o‘ngidan kelmaydi. Oxiri, Egamiz ustingizga kulfat yog‘dirib, bir lahzada yo‘q qiladi.
21 Mulk qilib oladigan yurtingizga Egamiz o‘lat yuborib, sizlarni yo‘q qiladi.
22 U sizlarni isitma va yallig‘lanish bilan kechadigan tuzalmas kasallikka duchor qiladi. Jazirama issiq va qurg‘oqchilik yuborib, hosilingizni qovjiratadi, mog‘orlatadi. O‘lguningizcha bu kulfatlar orqangizdan quvadi.
23 Tepangizdagi osmon bronza kabi qattiq, ostingizdagi yer temir kabi zarang bo‘ladi.
24 Yo‘q bo‘lib ketguningizcha, Egamiz ustingizga yomg‘ir o‘rniga chang–to‘zon yog‘diradi.
25 Egamiz sizlarni dushmanlaringiz oldida tiz cho‘ktiradi. Ularga bir tomondan hujum qilasizlar, ammo yetti tomonga tumtaraqay qochasizlar. Yer yuzidagi barcha shohliklar ahvolingizni ko‘rib, dahshatga tushadi.
26 Murdalaringiz osmondagi qushlarga, yerdagi yirtqich hayvonlarga yem bo‘ladi, ularni haydaydigan kimsa bo‘lmaydi.
27 Egamiz sizlarni Misrliklarga toshtirgan chipqonga, yiring bog‘laydigan yaralarga, qo‘tir va qichimalarga mubtalo qiladi. Bu xastaliklarga davo topolmaysiz.
28 Egamiz sizlarni jinni, ko‘r va ovsar qilib qo‘yadi.
29 Ko‘r odam qorong‘ida paypaslanib yurganday, sizlar kuppa–kunduzi paypaslanib yurasizlar. Ishlaringiz yurishmaydi, xor bo‘lasizlar, sizlarni talon–taroj qiladilar, hech kim sizlarni qutqarmaydi.
30 Bir qiz bilan unashtirilasiz, ammo u bilan boshqasi yotadi. Uy qurasiz–u, uyingizda yashamaysiz, uzumzor ekasiz–u, mevasidan yemaysiz.
31 Molingizni ko‘z oldingizda so‘yishadi, lekin go‘shtini yemaysiz. Eshagingizni ko‘z oldingizdan o‘g‘irlab ketishadi, qaytib berishmaydi. Qo‘ylaringiz dushmanlaringizga beriladi. Sizlarga hech kim yordam bermaydi.
32 O‘g‘illaringiz, qizlaringiz ko‘z oldingizda boshqa xalqlarga beriladi. Ular tomon talpinasiz– u, biror narsa qilishga ojiz bo‘lasiz.
33 Yeringiz hosilidan, mehnatingiz samarasidan begona xalqlar bahramand bo‘ladi. Sizni esa har kuni ezishadi, xor qilishadi.
34 Ko‘zlaringiz bilan ko‘rgan voqealardan jinni bo‘lib qolasiz.
35 Egamiz oyoqlaringizga tuzalmas yaralar toshtiradi. Butun badaningizga boshdan–oyoq chipqon chiqadi.
36 Egamiz sizlarni va ustingizdan qo‘ygan shohni o‘zlaringiz ham, ota–bobolaringiz ham bilmagan xalq oldiga haydab boradi. U yerda yog‘och va toshdan yasalgan boshqa xudolarga xizmat qilasiz.
37 Egamiz sizlarni o‘sha begona xalqlarga olib borganda, ular ahvolingizdan dahshatga tushadi. Sizlar ularga masxara, kulgi bo‘lasiz.
38 Dalaga ko‘p urug‘ ekasiz, lekin kam hosil olasiz. Hosilingizni chigirtkalar yeb bitiradi.
39 Uzumzorlar barpo qilasiz, parvarishlaysiz, lekin sharobidan ichmaysiz, uzumini termaysiz. Ularga qurt tushadi.
40 Yerlaringizda zaytun daraxtlari o‘sadi, lekin ustingizga zaytun moyi surtmaysiz. Zaytun mevalari to‘kilib ketadi.
41 O‘g‘il–qizlar ko‘rasiz, lekin ular o‘zingizga buyurmaydi, ularni asir qilib olib ketishadi.
42 Hamma daraxtlaringizdagi mevalarni va yeringiz hosilini chigirtkalar yeb, nobud qiladi.
43 Orangizdagi musofirlar yanada ko‘tariladi, sizlar esa yanada pasayasiz.
44 Ular sizlarga qarz beradi, sizlar esa ularga qarz berolmaysiz. Ular bosh bo‘ladi, sizlar esa dum bo‘lasiz.
45 Egangiz Xudoga itoat etmaganingiz uchun, U sizlarga aytgan amrlarni va farmonlarni bajarmaganingiz uchun, mana shu la’natlar boshingizga keladi, orqangizdan quvib, sizlarga yetib olib halok qiladi.
46 Bu la’natlar to abad sizlar va avlodlaringiz uchun Xudo bergan jazoning isboti bo‘ladi.
47 Hamma narsa mo‘l–ko‘l bo‘lganda, sizlar Egangiz Xudoga xursandchiligu quvonch bilan xizmat qilmadingiz.
48 Shuning uchun Egamiz yuborgan dushmanlarga xizmat qilasiz, och, tashna, yalang‘och, muhtoj bo‘lib qolasiz. Dushmanlaringiz sizlarga temir bo‘yinturuq soladi, hammangizni nobud qiladi.
49 Egamiz boshingizga uzoqdan, yer yuzining u chetidan burgutday bir xalqni yuboradi. Sizlar bu xalqning tilini tushunmaysiz.
50 Bu xalq qo‘rqinchli, kattalarni hurmat qilmaydi, kichiklarga rahm–shafqat ko‘rsatmaydi.
51 Sizlarni xonavayron qilmaguncha, mollaringizni, yeringizning hosilini yeyishadi. Sizlarga na donni, na sharobni, na zaytun moyini, na podangizdagi buzoqlarni, na suruvingizdagi qo‘zilarni qoldirishadi. Shunda sizlar yo‘q bo‘lib ketasizlar.
52 Egangiz Xudo sizlarga berayotgan yurtdagi hamma shaharlarni ular qamal qilishadi. Siz suyangan baland va mustahkam devorlarni vayron qilishadi.
53 Qamal paytida dushmanlaringiz boshingizga solgan kulfat tufayli o‘z farzandlaringizni, Egangiz Xudo sizlarga bergan o‘g‘il–qizlaringizning etini yeysizlar.
54 Oralaringizdagi eng muloyim, eng diyonatli erkak ham tug‘ishgan akasidan, suyukli xotinidan, sog‘ qolgan bolalaridan etni qizg‘anadi.
55 O‘zi yeyayotgan bolalarining etidan hech kimga bermaydi, bundan boshqa chorasi ham bo‘lmaydi. Chunki dushmanning qurshovi hamma shaharlaringizda sizni shu qadar tang ahvolga solib qo‘yadi.
56 Oralaringizdagi eng muloyim, eng nozik ayol, nozikligidan oyog‘ini yerga qo‘yishni ham istamaydigan ayol, sevikli eridan, o‘g‘li va qizidan etni qizg‘anadi.
57 Ochlikdan u, hatto, oyoqlari orasidan chiqqan yo‘ldoshni va o‘zi tuqqan bolalarni yashirincha yeydi. Dushmanning qurshovi hamma shaharlaringizda sizni shu qadar tang ahvolga solib qo‘yadi.
58 Egangiz Xudoning buyuk va haybatli nomidan qo‘rqmasangiz, shu kitobda yozilgan qonunning hamma so‘zlarini bajarmasangiz,
59 Egamiz o‘zlaringizni va avlodlaringizni og‘ir va doimiy kulfatlarga, yomon, tuzalmaydigan xastaliklarga giriftor qiladi.
60 Sizlarni vahimaga tushiradigan barcha Misr xastaliklarini boshingizga soladi, ulardan hech qachon shifo topmaysiz.
61 Sizlar yo‘q bo‘lguningizcha, Egamiz mana shu qonun kitobida yozilmagan boshqa xastaligu ofatlarni ham boshingizga keltiraveradi.
62 Sizlar osmondagi yulduzlar kabi ko‘p edingizlar, ammo Egangiz Xudoga quloq solmaganingiz uchun sanoqli bo‘lib qolasizlar.
63 Egamiz sizlarga yaxshilik qilib, sizlarni ko‘paytirgandan qanchalik mamnun bo‘lgan bo‘lsa, sizlarni halok qilib yo‘q qilgandan ham shunchalik mamnun bo‘ladi. Mulk qilib oladigan yurtingizdan sizlarni sug‘urib, uloqtirib tashlaydi.
64 Egamiz sizlarni dunyoning u chetidan bu chetigacha hamma xalqlar orasiga tarqatib yuboradi. U yerda o‘zlaringiz ham, ota– bobolaringiz ham bilmagan, tosh va yog‘ochdan yasalgan boshqa xudolarga xizmat qilasizlar.
65 Lekin bu xalqlar orasida orom topolmaysizlar, oyoq uzatib dam olishingiz uchun joy bo‘lmaydi. Egamiz sizlarga titroq yurak, xira ko‘z, umidsiz ruh beradi.
66 Hayotingiz qil ustida turgandek bo‘ladi, kechasiyu kunduzi o‘limdan qo‘rqib yashaysiz.
67 Yuragingizdagi qo‘rquv va ko‘zlaringiz ko‘rayotgan voqealar tufayli ertalab: “Qaniydi, kechqurun bo‘lsa”, kechqurun esa: “Qaniydi, ertalab bo‘lsa”, deysizlar.
68 Egamiz sizlarga, Misrga qaytib bormaysizlar, deb aytgan bo‘lsa–da, U sizlarni kemalarda Misrga qaytarib jo‘natib yuboradi. O‘sha yerda, dushmanlarimizga qul va cho‘ri bo‘lib sotilsaydik, deb harakat qilasizlar, lekin sizlarni sotib oladigan xaridorlar bo‘lmaydi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак