Qonunlar 7 bob

1 Xudoning xalqi. 12 Itoatgo‘ylikdan kelgan baraka.

1 Egangiz Xudo sizlarni egalik qiladigan yurtingizga olib kiradi. O‘shanda U oldingizdan Xet, Girgosh, Amor, Kan’on, Pariz, Xiv, Yobus kabi yettita xalqni haydaydi. Ular sizlardan ko‘ra, ko‘proq va kudratliroqdir.
2 Egangiz Xudo bu xalqlarni sizlarning qo‘lingizga topshirganda, sizlar ularni mag‘lub etasizlar. Shunda ularning hammasini tamomila qirib bitiringlar. Ular bilan ittifoq tuzmanglar, ularga rahm–shafqat qilmanglar.
3 Ular bilan quda–andachilik qilmanglar, ularga qiz uzatmanglar, o‘g‘illaringizga ularning qizlaridan olib bermanglar.
4 Aks holda ular farzandlaringizni Egamizdan qaytaradi. Farzandlaringiz boshqa xudolarga xizmat qiladigan bo‘ladi. O‘shanda Egamiz g‘azablanib, sizlarni bir lahzada halok qiladi.
5 Aksincha, o‘sha xalqlarni sizlar shunday qilinglar: ularning qurbongohlarini buzinglar, butsimon toshlarini parchalab tashlanglar, Asheraga atalgan ustunlarni kesinglar, butlarini yondiringlar.
6 Sizlar Egangiz Xudoning muqaddas xalqisiz. U sizlarni yer yuzidagi jamiki xalqlar orasidan O‘z xalqi, O‘z xazinasi qilib tanlab oldi.
7 Egamiz sizlarni boshqa xalqlardan ko‘p bo‘lganingiz uchun sevib, tanlamadi. Sizlar boshqa hamma xalqlardan oz edingiz.
8 Egamiz sizlarni sevgani uchun va ota–bobolaringizga bergan va’dasini ado etish uchun sizlarni tanladi. Shu bois U sizlarni Misr fir’avni hukmronligidan, Misrdagi qullikdan O‘z qudrati bilan olib chiqib, ozod qildi.
9 Shunday qilib, Egangiz Xudo haqiqiy Xudo ekanini bilib qo‘yinglar. U sodiq Xudodir! Uni sevadigan, Uning amrlarini bajaradiganlarning minginchi avlodigacha ahdini sodiq saqlaydi.
10 Xudodan nafratganlarning esa qilmishlariga yarasha boshlariga kulfat yog‘diradi. Ha, Egamiz Undan nafratlanganlarga javob berishda kechikmaydi.
11 Shuning uchun bugun men sizlarga berayotgan amrlarni, farmonlar va qonun– qoidalarni bitta qoldirmay bajaringlar.
12 Agar mana shu qonun–qoidalarga itoat etib, ularni bitta qoldirmay bajarsangiz, Egangiz Xudo ham ota–bobolaringizga ont ichib, va’da qilgan ahdini sizlar bilan sodiq saqlaydi.
13 U sizlarni sevadi, ota–bobolaringizga beraman, deb ont ichgan yurtda sizlarni barakali qilib ko‘paytiradi. Avlodingizga, yeringiz hosiliga, doningizga, sharobingizga, moyingizga, podangizu suruvlaringizga baraka beradi.
14 Sizlar barcha xalqlar orasida eng barakalisi bo‘lasizlar, orangizda farzandsiz erkak ham, ayol ham bo‘lmaydi, mollaringiz orasida qisiri bo‘lmaydi.
15 Egamiz sizlarni har qanday kasallikdan saqlaydi. Misrda o‘zlaringiz ko‘rgan har xil qo‘rqinchli xastaliklar sizlarning boshingizga kelmaydi. O‘sha xastaliklarni Egamiz sizlarning g‘animlaringizga yuqtiradi.
16 Egangiz Xudo sizlarning qo‘lingizga topshiradigan barcha xalqlarni qirib yuboringlar, ularga rahm qilmanglar, ularning xudolariga sig‘inmanglar. Aks holda ularning xudolari sizlarga tuzoq bo‘ladi.
17 Xayolingizda: “Bu xalqlar bizdan juda kuchli– ku, qanday qilib ularni haydaymiz?”, deb o‘ylashingiz mumkin,
18 ammo ulardan qo‘rqmanglar. Egangiz Xudo fir’avnni, butun Misrni nima qilganini esingizda tutinglar.
19 Egangiz Xudo O‘z qudrati va ajoyibotlari bilan sizlarni u yerdan olib chiqdi, buyuk sinovlar, alomatu mo‘jizalar ko‘rsatdi. Bularni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rdingiz. Siz qo‘rqayotgan hamma xalqlarni Egangiz Xudo xuddi o‘sha ahvolga soladi.
20 Hatto sizlardan yashirinib tirik qolganlarni U vahimaga solib, arilar galasi singari quvadi.
21 Ulardan qo‘rqmanglar. Orangizdagi Egangiz Xudo buyuk va haybatli Xudodir.
22 U o‘sha xalqlarni sizlarning oldingizdan oz–ozdan haydaydi. Sizlar ularni birdaniga halok qilolmaysizlar. Bo‘lmasa atrofingizda yovvoyi hayvonlar ko‘payib ketadi.
23 Egangiz Xudo o‘sha xalqlarni sizlarning qo‘lingizga beradi, ularning hammasini qattiq sarosimaga solib, halok qiladi.
24 Shohlarini ham sizlarning qo‘lingizga beradi. Sizlar ularning nomlarini yer yuzidan o‘chirasizlar. Hech kim sizlarga bas kelolmaydi, ularning hammasini halok qilasizlar.
25 Xudolarining tasvirlarini olovda yondiringlar, ularni qoplagan oltinu kumushlarga ko‘z olaytirmanglar, o‘sha narsalarni olmanglar, toki ular sizlarga tuzoq bo‘lmasin. Bu butlar Egangiz Xudoga jirkanchdir.
26 Bu jirkanchli narsalarni uyingizga olib kirmang, aks holda o‘shalar singari yo‘q qilinasiz. O‘sha narsalardan nafratlaninglar, jirkaninglar, chunki ular la’natlangandir.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак