Qonunlar 23 bob

1 Egamizning xalqidan ajratilganlar. 9 Qarorgohni halol saqlash. 15 Har xil qonunlar.

1 Jinsiy a’zosi kesib tashlangan yoki moyagi ezilgan odam Egamiz jamoasiga kirolmaydi.
2 Noqonuniy tug‘ilgan bola Egamiz jamoasiga kirolmaydi, uning o‘ninchi avlodigacha birorta avlodi ham Egamiz jamoasiga kirolmaydi.
3 Ommonliklar va Mo‘abliklar Egamiz jamoasiga kirolmaydi, ularning o‘ninchi avlodigacha birorta avlodi Egamiz jamoasiga aslo kirolmaydi.
4 Chunki Misrdan chiqib kelayotganingizda ular yo‘lda sizlarni non va suv bilan kutib olmadilar. Ular Oram–Naxrayimdagi Pato‘r shahridan Bavo‘r o‘g‘li Balomni sizlarni la’natlash uchun yolladi.
5 Lekin Egangiz Xudo Balomga quloq solishni xohlamadi. Egangiz Xudo sizlarni sevgani uchun, Balomning la’natini barakaga aylantirdi.
6 Tirik ekansiz, ularning tinchligini, farovonligini hech qachon ko‘zlamanglar.
7 Edomliklardan esa hazar qilmanglar, chunki ular sizlarning qarindoshlaringizdir. Misrliklardan ham hazar qilmanglar, chunki sizlar ularning yurtida musofir bo‘lgan edingizlar.
8 Ulardan tug‘ilgan uchinchi avlod bolalari Egamiz jamoasiga kirsa bo‘ladi.
9 Dushmanlaringiz bilan jang qilishga borganingizda, har qanday haromlikdan saqlaning.
10 Agar orangizdan birortasi, kechasi maniy oqqani tufayli harom bo‘lib qolsa, u qarorgohdan chiqib ketsin. U qarorgohda qolishi mumkin emas.
11 Kech kirayotganda yuvinib, quyosh botgandan keyin qarorgohga kirishi mumkin.
12 Qarorgohning tashqarisida hojat chiqarishingiz uchun joy bo‘lsin.
13 Qurol–aslahangiz orasida kurakchangiz ham bo‘lsin, ehtiyojingizni qondirib bo‘lganingizdan keyin kurakchangiz bilan chuqurcha kovlab, ko‘mib qo‘ying.
14 Qarorgohingizni pok saqlang, chunki Egangiz Xudo sizlarga najot berish va dushmanlaringiz ustidan g‘alaba qozonishingiz uchun sizlar bilan qarorgohdadir. Agar U orangizda uyatli ishlarni ko‘rsa, sizlardan yuz o‘giradi.
15 Egasidan qochib, Isroildan panoh so‘rab kelgan qulni yana qaytarib egasiga berib yubormanglar.
16 U sizlarning orangizda, o‘zi yoqtirgan joyda, tanlagan shaharlaringizning birida yashayversin. Unga zulm qilmanglar.
17 Isroil ayollari orasida sajdagoh fohishalari bo‘lmasin. Isroil erkaklari orasida sajdagoh fahshbozlari bo‘lmasin.
18 Egangiz buzuq ayolu erkaklardan jirkanadi. Ularning ish xaqini Egangiz Xudoning uyiga olib kirmanglar. O‘shani atalgan nazr sifatida keltirmanglar.
19 Isroil xalqidan bo‘lgan birodaringizga kumushni, nonni yoki har qanday boshqa narsani qarzga berganingizda, foiz talab qilmanglar.
20 Boshqa xalqdan bo‘lgandan foiz talab qilsangiz bo‘ladi, lekin birodaringizdan foiz talab qilmanglar. Shunda Egangiz Xudo sizga mulk qilib beradigan yurtda har bir ishingizga baraka beradi.
21 Egangiz Xudoga nazr atagan bo‘lsangiz, uni kechiktirmasdan keltiring. Egangiz Xudo va’dangizni bajarishni sizdan talab qiladi. Keltirmasangiz, o‘zingizga gunoh orttirib olasiz.
22 Nazr atamasangiz gunoh bo‘lmaydi.
23 Ammo o‘z xohishingiz bilan Egangiz Xudoga ont ichib nazr atasangiz, og‘zingizdan chiqqan va’dangizni albatta bajaring.
24 Birovning uzumzoriga kirganingizda, to‘yguningizcha uzumdan yesangiz bo‘ladi, lekin idishingizga terib olmang.
25 Birovning dalasiga kirganingizda qo‘lingiz bilan boshoq uzsangiz bo‘ladi, lekin ekiniga o‘roq solmang.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18