Qonunlar 10 bob

1 Yangi tosh lavhalar. 12 Xudoning talablari.

1 Shundan keyin Egamiz menga dedi: “Ikkita tosh lavhani kesib ol. Ular oldingilariga o‘xshagan bo‘lsin. Keyin toqqa Mening oldimga chiq. Yana yog‘ochdan bir sandiq yasa.
2 Men o‘sha tosh lavhalarga sen sindirgan lavhalardagi amrlarni yozaman. Sen lavhalarni sandiqqa solib qo‘yasan.”
3 Shunday qilib, men akas yog‘ochidan sandiq yasadim, oldingisiga o‘xshagan ikkita tosh lavhani kesib oldim. Keyin ikkala toshni ko‘tarib, toqqa chiqdim.
4 Egamiz tosh lavhalarga oldingiday o‘nta amrni yozdi. Sizlar tog‘da yig‘ilganingizda o‘sha amrlar Egamiz olov ichidan sizga aytgan so‘zlarning o‘zginasi edi. Egamiz o‘sha lavhalarni menga berdi.
5 Men tog‘dan qaytib tushdim. Egamizning amriga ko‘ra, lavhalarni sandiqqa soldim. Lavhalar hali ham o‘sha sandiqda turibdi.
6 (Isroil xalqi Yaqon urug‘iga qarashli quduqlardan Mosaraxga yo‘l oldi. Horun o‘sha yerda vafot etib, dafn qilindi. O‘rniga o‘g‘li Elazar ruhoniy bo‘ldi.
7 Isroil xalqi u yerdan Gudgodaxga, Gudgodaxdan oqar suvlar o‘lkasi Yotbotoga borishdi.
8 Egamiz: “Mening ahd sandig‘imni ko‘tarib yursin, Mening huzurimda xizmat qilsin, Mening ismim bilan odamlarni duo qilsin”, deb o‘shanda Levi qabilasini tanlab olgan edi. Ular bugungacha ham shu xizmatni ado etib kelmoqdalar.
9 Shuning uchun Levi qabilasiga birodarlari orasidan ulush ham, mulk ham berilmagan. Zotan Levi qabilasining ulushi Egamizning O‘zidir. Bu gapni Egangiz Xudoning O‘zi aytdi.)
10 Men yana oldingiday tog‘da qirq kechayu qirq kunduz qoldim. Egamiz bu safar ham mening iltijoimni eshitib, sizlarni halok qilmaydigan bo‘ldi.
11 U menga shunday dedi: “Qani, xalqni boshla. Ularni Men ota–bobolariga qasam ichib va’da bergan yurtga olib bor. Ular o‘sha yurtga borib, uni qo‘lga kiritishsin.”
12 Ey Isroil xalqi! Egangiz Xudo sizlardan bitta narsani talab qiladi: Egangiz Xudodan qo‘rqing, Uning yo‘lidan yuring, Egangiz Xudoni seving, butun qalbingiz bilan, jonu dilingiz bilan Unga xizmat qiling.
13 Men bugun sizlarga berayotgan Egamizning amru farmonlariga rioya qiling, shunda baxtiyor bo‘lasiz.
14 Osmon va falak toqi, yer yuzi va undagi hamma narsa Egangiz Xudonikidir.
15 Ammo Egamiz faqatgina ota–bobolaringizga qattiq muhabbat qo‘ydi. Mana bugun ko‘rib turganingizday, ularning avlodini, sizlarni barcha xalqlar orasidan tanlab oldi.
16 Yuraklaringizni sunnat qilinglar, bundan keyin o‘jar bo‘lmanglar.
17 Egangiz Xudo xudolarning Xudosidir, egalarning Egasidir, buyuk qudratli, qo‘rqinchli Xudodir. U tarafkashlik qilmaydi, pora olmaydi.
18 Yetim va bevalarga adolat qiladi, musofirga mehribonlik qiladi, ularga non va kiyim beradi.
19 Sizlar ham musofirlarga mehribon bo‘linglar, o‘zlaringiz ham Misrda musofir edingizlar.
20 Egangiz Xudodan qo‘rqinglar. Yolg‘iz Unga sajda qilinglar, Unga sodiq bo‘lib, Uning nomi bilan qasam ichinglar.
21 Faqat Unga hamdlar aytinglar, chunki U sizlarning Xudoyingizdir. Sizlar o‘z ko‘zingiz bilan Uning buyuk va qo‘rqinchli alomatlarini ko‘rdingiz.
22 Misrga borgan ota–bobolaringiz yetmish kishi edi, xolos. Endi esa Egangiz Xudo sizlarni osmondagi yulduzlar kabi son–sanoqsiz qildi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак