Qonunlar 29 bob

1 Mo‘ab yurtida tuzilgan ahdning shartlari.

1 Egamiz Isroil xalqi bilan Sinay tog‘ida qilgan ahdidan tashqari, Musoga Mo‘abda Isroil xalqi bilan ahd qilishni amr etgan edi.
2 Muso butun Isroil xalqini yig‘ib, o‘sha ahd shartlarini ularga quyidagicha tushuntirdi: Egamiz Misrda fir’avnni, uning a’yonlarini, butun yurtini ko‘z oldingizda nimalar qilganini ko‘rdingizlar.
3 Og‘ir sinovlarning, dahshatli alomatu mo‘jizalarning guvohi bo‘ldingizlar.
4 Lekin shu paytgacha Egamiz sizlarga anglaydigan ong, ko‘radigan ko‘z, eshitadigan quloq bermadi.
5 U sizlarni qirq yil sahroda olib yurdi. Shu davrda kiyimingiz eskirmadi, oyog‘ingizdagi chorig‘ingiz to‘zimadi.
6 Non yemadingiz, sharob, o‘tkir ichimlik ichmadingiz. Bularning hammasini U Egangiz Xudo ekanligini bilishingiz uchun qildi.
7 Mana shu yerga kelganimizda Xashbon shohi Sixo‘n bilan Bashan shohi O‘g bizga hujum qilishdi. Biz jang qilib ularni yengdik.
8 Ularning yerini tortib olib, Ruben va Gad qabilasiga hamda Manashe qabilasining yarmiga mulk qilib berdik.
9 Shunday ekan, qiladigan ishlaringiz o‘ngidan kelishi uchun mana shu ahd shartlarini bitta qoldirmay bajaringlar.
10 Bugun hammangiz — qabila boshliqlari, oqsoqollar, nazoratchilar, barcha Isroil erkaklari,
11 bolalar, xotinlar, orangizdagi musofirlar, o‘tin yoruvchidan tortib, suv tortuvchilargacha Egangiz Xudo oldida turibsizlar.
12 Bugun Egangiz Xudo bilan ahd qilasizlar. Bu ahdni Egangiz Xudo O‘z qasami bilan muhrlaydi,
13 toki bugundan boshlab sizlar Uning xalqi, U esa sizning Xudoyingiz bo‘lsin. U bunday qilishini sizlarga va ota– bobolaringiz Ibrohim, Is’hoq va Yoqubga qasam ichib va’da qilgan edi.
14 Mana, bugun sizlar biz bilan birga Egamiz Xudoning huzurida turibsizlar. Bu ahd va qasamyodni Xudo nafaqat biz bilan,
15 balki hali dunyoga kelmagan avlodlarimiz bilan qilyapti.
16 Misrda qanday turmush kechirganimizni, boshqa xalqlarning hududidan qanday qilib o‘tib kelganimizni sizlar bilasizlar.
17 Ularning toshdan, yog‘ochdan, kumushdan va oltindan yasalgan jirkanch butlarini ko‘rdingizlar.
18 Ehtiyot bo‘ling, oralaringizda Egamiz Xudodan yuragi sovigan, o‘sha xalqlarning xudolariga xizmat qiladigan erkak, ayol, nasl yoki qabila bo‘lmasin. Oralaringizda zaharli, achchiq ildiz o‘smasin.
19 Bordi–yu, orangizdagi biror odam bu ahd shartlarini eshitib, ko‘nglida: “O‘zim xohlagan ishni qilsam ham, menga hech narsa qilmaydi”, deb o‘ylasa, u hammaning boshiga birday kulfat keltiradi.
20 Egamiz bunday odamdan qattiq g‘azablanadi, uni kechirmaydi. Mana shu Tavrot kitobida yozilgan ahdning la’natlari uning boshiga keladi, Egamiz uning nomini yer yuzidan o‘chiradi.
21 Egamiz uni Isroil qabilalari orasidan ajratib oladi–da, mana shu Tavrot kitobida yozilgan ahdning barcha la’natlarini uning ustiga yog‘diradi.
22 Sizlardan keyingi avlod, sizlarning farzandlaringiz, uzoq yurtdan kelgan musofirlar Egamiz shu yurtga keltirgan ofatlar va xastaliklarni ko‘radi.
23 Butun yurtni oltingugurt va tuz kuydirib tashlagan bo‘ladi. U yerga hech nima ekib bo‘lmaydi, hech narsa unmaydi, hech qanday o‘t o‘smaydi. Yurtingiz Egamiz g‘azab ustida yo‘q qilgan Sado‘m, G‘amo‘ra, Adma va Zavo‘yim shaharlariga o‘xshab qoladi.
24 Barcha xalqlar shunday deydi: “Nima uchun bu xalqning Egasi bu yurtni shunday ahvolga soldi ekan–a? Bunday g‘azab sochishning sababi nima ekan–a?”
25 Keyin ular shunday aytishadi: “Eh–ha, bu xalq ota– bobolarining Xudosi bilan qilgan ahdidan kechdi. Egasi ularni Misrdan olib chiqqanda ular bilan bu ahdni tuzgan edi.
26 Ular O‘z Egasidan yuz o‘girib, begona xudolarga xizmat qilishdi. O‘zlari bilmagan, Egasi tayinlamagan xudolarga sajda qilishdi.
27 Shu sababdan Egasi g‘azabini sochdi. Mana shu kitobda yozilgan la’natlarning hammasini bu yurtga yog‘dirdi.
28 U qattiq jahl bilan, kuchli qahr–g‘azab bilan xalqini o‘z yurtidan sug‘urib olib, boshqa yurtga uloqtirib yubordi. Ular bugungacha o‘sha yurtlardadir.”
29 Sirlar Egamiz Xudoga tegishlidir. Ammo U qonunni bizga ayon qildi, toki biz farzandlarimiz bilan bu qonun shartlariga to abad amal qilaylik.


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак